2.2 Amarant turlaridan oqilona foydalanish yo’llari
Amarant - serqirra o’simlikdir. Uning biologik xususiyatlariga va yetishtirish sharoitlariga bog’liq holda amarantni yem-xashak, oziq-ovqat, dorivor va manzarali o’simlik sifatida ko’pgina mamlakatlarda ekiladi.
Tarkibida oqsil, aminokislotalar, vitminlar, ozuqa moddalari, makro- va mikroelementlar kabi sifatiy ko’rsatkichlarga ega bo’lgan amarant an’anaviy ozuqabop ekinlardan qolishmaydi va xatto ustun turadi. Amarant muxim afzalliklari quyidagilardan iborat: yashil massasining serhosilligi (600-1800 s/ga) va seroqsil (21 foizgacha) urug’’ hosildorligi (15-65 s/ga ) qurg’oqchilikka chidamliligi (amarantning suvga bo’lgan extiyoji dukkakli va boshoqli ekinlarga qaraganda 2-2,5 marta kamdir).
Nochor va unumdorligi past tuproqlarda xam o’sa oladi. U quyosh radiatsiyasi va namlikdan hamda azotdan unumli foydalanadi. Urug’’ining yuqori ko’payish ko’rsatkichi (200000-500000).
Urug’’larida to’yimlilik qiymati 75 ball bo’lgan yuqori sifatli oqsil mavjud (taqqoslash uchun - sigir sutining oqsili 72 ballda, soyaniki 68 ballda, bug’doyniki 57 ballda, makkajuxori donining oqsili 44 ballda baxolanadi).
Amarantning oqsilida bug’doy oqsiliga qaraganda 2 barobar ko’p, makkajo’xori oqsiliga qaraganda 3 barobar ko’proq lizin bo’ladi.
Poyasi o’rilgandan so’ng yana ko’karish (qayta ko’klash, bachkilash) xususiyatiga ega bo’lganligi sababli, xar gektardan mavsumda 2000 sentnergacha yashil massa olish mumkin. yashil massasini chorvaning barcha turi yaxshi iste’mol qiladi. U ko’k o’t sifatida yedirishga, o’t uni va granula tayyorlash, silos, pichan va boshqa turdagi ozuqalar tayyorlash uchun yaroqlidir.
Amarantning turiga qarab yer ustki qismidagi massasining 29-45 foizi barglardan, 30-35 foizi poyadan va 18-25 foizi ruvak(to’pgul)lardan tashkil topadi. Amarantning yaproqlarida quruq massa xisobida 30 foizgacha yuqori sifatli oqsil to’lanishi mumkin.
Amarantning ayrim turlari sabzavot sifatida ishlatilishi ham mumkin. Amarant o’simligining buyi 25-30sm bulguncha yashil yaproklari xul holda, konservalangan, tuzlangan va kaynatilgan xolatda ko’p ishlatiladi. Rivojlanishning keyingi bosqichlarida (ayniqsa azotli o’gitlar me’yoridan ko’p ishlatilganida) amarantning barglarida nitrat xolatidagi azot birikmalari ko’payib, oziq-ovqat sifatida ularni ishlatishga tavsiya qilinmaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi komissiyasining ekspertlari amarantni yuqori baxolab, ta’kidlashganki, ekin to’yimlilik qiymati 75 ball bo’lgan yukori sifatli oqsilga ega ekan (taqqoslash uchun: sutning oqsili 72 ball, bug’doyniki 57 ball, makkajo’xori donining oqsili 44 ballda baxolangan). Amarantning oqsilida bug’doy oqsiliga qaraganda 2 baravar ko’p, makkajo’xori oqsiliga qaraganda 3 baravar ko’prok lizin buladi.
Amarantning donida 16-21 foiz oqsil bor, bu ko’pchilik an’anaviy don ekinlaridan ancha yuqoridir. Donida achishga yo’l qo’ymaydigan oziqa tolalarining (-15%) bulishi oshqozon va ichaklarning xarakatini yaxshilaydi, qon tarkibidagi xolesterin miqdorini kamaytirishga imkon beradi.
Amarantning doni oqsil va tolalardan tashqari 50-60% kraxmal va 6- 9% yog’ga egadir.
AKD tarkibida amarant bo’lgan 80 dan ortiq oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarilmokda. Ular orasida non va qandolat maxsulotlari, pechenyelar, bo’tqalar va boshqa maxsulotlar bor (7, 8, 9, 10- rasmlar).
Ayrim mamlakatlarda amarantdan tibbiy maqsadlarda foydalanilmoqda.
Amarant yog’i tarkibida muxim ingridiyent - skvalen bulib, u kosmetikada va dori darmon sifatida hamda kompyuter texnikasida ko’p ishlatiladi. Skvalenning miqdori amarant urug’’idagi yog’lar tarkibida 4,6- 10% gacha yetadi.
Amarantning yog’i ko’p kasalliklarni davolashda ishlatilib kelingan.
Turli yaralar, tana a’zolari kuyganida, sovuq urganida, singa kasalligida, ateroskleroz, paradontoz va ginekologik kasalliklarni davolashda amarant yog’idan foydalanishgan
A.I.G’ofurovning (2003) ma’lumotiga ko’ra, amarant yog’i chakanda (oblepixa) yog’iga nisbatan oshqozon va ichak yaralarini tuzatishda samaralidir. Amarant yog’i xujayra membranalarini ximoya qilib, turli erkin radikalli oksidlanish jarayonlarini pasaytirishi aniqlangan. Shuningdek, amarant yog’ining toksik ta’siri umuman kuzatilmagan.
Rossiya tibbiyot akademiyasi a’zolarining tavsiyasiga ko’ra amarant yog’ini yurak va qon tomirlari kasalliklarini davolashda xam keng qo’llash zarur. Amarant yog’i antioksidantlik va immunitetni kuchaytirish xususiyatlariga ega ekanligi aniqlangan.
Yuqorida qayd qilingan komponentlardan tashqari amarant o’simligida turli biologik faol moddalarning mavjudligi, ularning turli ilmiy-amaliy soxalarda ishlatilishining istiqbollari tadqiq qilingan.
Amarant o’simligidan uglevod bog’lovchi antimikrob oqsili (As-AMR2) ajratib olingan va tavsiflangan. As-AMR2 tarkibida 30 ta aminokislota tutib, 2 lektinsimon oqsil bo’lib, xitin - [3-1,4-M-atsetil O-glyukozamin - bilan spetsifik (o’ziga xos) bog’lanadi . Molekulyar modellash metodlari asosida bu oqsilning suvdagi konformatsiyasi aniqlangan. Uning molekulasidagi 3 ta disulfid bog’lari aniqlangan. As-AMR2 molekulasi o’zining strukturasi bilan bug’doy agglyutenini va xevein strukturasiga o’xshashligi kuzatilgan.
1977 yilda 54 xil amarant barglarida o’simlik fenollari o’rganilib, ularda 3 xil flavonoid moddalari borligi aniqlangan. Ulardan biri - rutin - tarkibida katta miqdorda mavjudligi (1,9% gacha) aniqlangan (Kononkov va b., 1999).
16 xil amarant yashil massasidan uch xil flavonoidlar (kvarsetin, trifolin va rutin) ajratib olingan (Kadoshnikov, 1995). Ruginning miqdori amarant turiga va rivojlanish fazasiga bog’liq ravishda o’zgaradi.
Amarantning gullash davrida eng ko’p bo’lib, meva hosil qilish fazasida keskin kamayadi. O’simliklarda rutin barglarida va tupgulida ko’p bulib, poyasida juda kam miqdorda uchraydi.
Amarant o’simtalaridan uchta fenilkarbon kislotalari (kofeynaya, kumarovaya va ferulovaya) ajratib olingan. Turli amarant o’simliklarining barglarida taninlar mavjudligi aniqlangan, ammo ularning xossalari va kimyoviy tarkibi xaligacha o’rganilmagan.
Turli amarant o’simliklarining yashil massasidan turli alkaloidlar ajratib olingan. Amarantning o’ziga xos alkaloidi - amarantin betalain pigmentlari guruxiga kiradi.
Amarantning xossalari, uning miqdoriga fotosintezning ta’siri, ontogenezning turli davrlarida amarantinning o’zgarishi va o’simliklardagi turli jarayonlar bilan bog’liqligi kabi muammolar Rossiya sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug’’chiligi instituti (VNIISSOK), Biologiyaning fundamental muammolari instituti, Moskva Davlat universiteta, Biokimyo instituti, O’simlikshunoslik instituti(VIR), «Polyus» ITI va
«Fitoekologiya» TOO ilmiy xodimlari va yetakchi olimlari tomonidan tadqiq qilinmoqda.
Amarant kolleksiyasidagi Leningrad va Moskva oblastlarida ekilib, o’simliklarning turli organlarida (barglari, poyasi va to’pgullarida) amarantinning miqdori o’rganilgan.
Amarantning sabzavot sifatida ishlatiladigan shakllarida, ayniqsa Atagapksh M turida, katta miqdorda yashil pigmentlar (xlorofill), sariq (karotinoidlar) va qizil-binafsha (amarantin) pigmentlar mavjudligi aniqlangan (Kononkov, Gins, Gins, 1999).
Amarantning xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng qo’llanilishi uning tarkibida turli biologik faol moddalarning mavjudligidan darak beradi. Keyingi yillarda zamonaviy metodlarni qo’llash natijasida amarantdan turli fiziologik jarayonlarning jadalligiga ta’sir qiluvchi biologik faol moddalarni ajratildi va ularning xossalari o’rganilmoqda.
Masalan, lektinlar. glikoproteidlar bulib, o’sish jarayonlariga salbiy ta’sir qiladi. Ular tuqimalarda oqsillar parchalanishini tezlatishi va azot almashinuvini buzishi mumkin. Lektinlar inson va xayvon organizmida eritrotsitlar bilan o’ziga xos bog’lanadi. Lektinlarning oqsil birikmalari bilan tanlab bog’lanish xususiyatidan o’smalarni turli rivojlanish davrida aniqlash uchun biomarker sifatida foydalanish imkoniyatini yaratadi. Atagakt avlodiga kiruvchi o’simliklarning urug’’larida lektinlar 2% gacha (quruk massaga nisbatan) bo’lib, boshqa organlarida uchramaydi (Kononkov va b., 1999).
Amarantning barglari, yosh novdalari va to’pgullaridan tayyorlangan qaynatmalar turli shamollash kasalliklarini davolashda keng qo’llaniladi (ular kuchli antibakterial xususiyatlarga ega). Xindistonda go’sht aynimasligi uchun unga amarant urug’’lari sepib qo’yiladi. Amarant urug’’larida bakteriya va zamburug’’larga qarshi past molekulali oqsil borligi aniqlangan. Endi unib chiqqan amarant urug’’laridan 86 aminokislotadan iborat antibakterial xususiyatga ega oqsil ajratib olingan.
Amarant urug’’idan xasharotlar lichinkalarining rivojlanishini tuxtatadigan (amilaza faolligini sekinlashtirish orkali) 32 aminokislotadan tashkil topgan peptid ajratib olingan (Kononkov va b., 1999).
Amarant barglaridan olingan 0,01% ekstrakt ko’payishini butunlay to’xtatishi aniqlangan (Voyno va b., 2001).
Amarant o’simligi respublikamiz sharoitlari uchun yangi noan’aviy ekin bo’lganligi bois uni yetishtirish agrotexnologiyasi ishlab chiqish muxim masaladir. Amarant urug’’larini ekish muddati, ekish chuqirligi, me’yorlari, yerni yumshatish (kultivatsiya), sug’orish va o’gitlar solish kabi masalalar xali yaxshi yechilmagan (tadqiq etilmagan). Respublikamizning turli xududlarida tuproq va iqlim sharoitlari o’zaro keskin farqlanadi. Shu bois xar bir mintaqa uchun o’ziga mos agrotexnik tadbirlar tizimini ishlab chiqish muxim ahamiyat kasb etadi.
Amarant o’zidan oldin ekilgan ekinga maxsus talablar qo’ymaydi. Asosiy sharti – o’zidan oldin ekilgan ekin ertaroq yig’ishtirib olingan va tuproqni sifatli tayyorlash uchun yetarli vaqt bulishi kerak. Eng yaxshi o’zidan oldin ekilgan ekinlar bo’lib, bir yillik aralash o’tlar, ko’p yillik dukkakli va dukkak - boshoqli o’tlar hamda donli ekinlarning tezpishar navlari xisoblanadi. Tuproqni kuzgi tayyorlash o’zidan oldin ekilgan ekinni yig’ishtirib olgandan keyin boshlanadi va chala shudgor tipida utkaziladi. Amarantni ekish uchun tuproqni tayyorlashdagi asosiy masala: begona o’tlarga qarshi kurash, tekislash, o’gitlar bilan to’ldirish va tuproqni yumshatishda mayda mayda donli strukturani ta’minlashdir. Erta kuzgi shudgor, kultivatsiya, 2 marta erta kuzgi va 2-3 marta erta ko’klamda begona yo’qotishda boronalashni o’tkazish majburiy xisoblanadi. Ekishdan oldin tuproq tekislanadi, boronalanadi va yengil molalar bilan molalanadi. Agar tuproq yomon molalangan bo’lsa, mayda urug’’lar tuproqning chuquriga tushadi va maysalar unib chiqmaydi. Tuproqni o’z vaqtida va sifatli tayyorlash, urug’’larni bir tekisda ko’mib, tekislashni o’tkazishga yordam beradi, maysalarning kiyg’os unib chiqishini ta’minlaydi.
Amarant o’g’itga sezgirdir. U oson o’zlashtiriladigan, to’yimli moddalardan jadal foydalanuvchi ekinlar qatoriga kiradi va ulardan yuqori darajada foydalanish bilan xarakterlanadi. Amarantning ozuqa elementlarini o’zlashtirish 100 sentner yashil massasi xisobiga makkajo’xori yashil massasi chiqaradigan to’yimli moddalardan deyarli 2 marta oshadi. Ayniqsa kaliy, kalsiy va magniy ko’p o’zlashtiriladi. 100 kg quruq modda xisobida o’rtacha o’zlashtirilish azot bo’yicha 150-170 kg, fosfor 90-100 kg, R205, kaliy 450-450 kg K20, kalьsiy 210-250 kg SaO va magniy bo’yicha 60-100 kg ni MS0 tashkil etadi.
Unchalik yuqori darajada unumdor bo’lmagan tuproqlarda amarantning yashil massasidan yuqori va barqaror hosilni olishda xal qiluvchi o’gitlarga tegishlidir. O’gitlar xisobiga umumiy qo’shimcha o’ish 40-60 foizni tashkil etadi.
Amarantga solinadigan o’gitlar sistemasiga sifatli go’ngni va to’liq mineral o’g’itlarni kiritish zarur. Tavsiya etiladigan organik o’gitlarning miqdori gektariga 40-60 tonna. Agar tuproq yuqori chiqindilarga gumus ega bo’lsa va o’zidan oldin ekilgan ekin uchun organik o’gitlar solingan bo’lsa, u holda t amarantni ekishda ularning bevosita qullanilishi shart emas.
Mineral o’gitlar miqdori rejalashtirilgan hosilga ozuqa elementlarini tejab - tergab tuprokning to’yimli moddalari bilan ta’minlanganligidan va ulardan foydalanish ko’rastkichidan kelib chiqgan xolda xisoblanadi. Tuproqning o’rtacha va yaxshi unimdorligida ular gektariga 100-120 kg azotli, 60-80 kg fosforli va 120- 140 6 kg kaliyli ta’sir qiluvchi moddalarni tashkil qiladi. Kam unumli yerlarda organik va mineral o’gitlarning mos Ravshda 20-25 foyzga ko’paytiriladi.
Yashil massaning hosilga azotli o’gitlar eng samarali ta’sir qilishi aniqlangan. Ammo, shuning bilan birga yashil massa tarkibida nitratlar miqdori oshib ketadi. X,ali bu masala yaxshi o’rganilmagani uchun yuqori miqdorda azotli o’g’itlarni qullash tavsiya etilmaydi.
Urug’’lik maydonlarini ug’itlantirishning xususiyati azot miqdorini 2-3 marta kamaytirishdir. Bu usul o’sish davrini qisqartiradi va urug’’lar yetilishini tezlashtiradi.
Azotdan tashkari hamma o’gitlar tuproqni asosiy tayyorlashda solinadi. Azotni 2 muddatda: ekindan oldin gektariga 80 kg gacha ta’sir qiluvchi modda xisobiga va oziqlantirishda gektariga 40 kg gacha solish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, tuproqning yaxshi unumdorligi va o’simlikni to’yimli modalarga bo’lgan extiyojini to’la qondiradigan mineral o’gitlarni solish amarant urug’’i va yashil massasidan yuqori hosil olish garovi xisoblanadi.
Amarantni ekishni barqaror iliq ob-xavo tuproqning urug’’ tushgan chuqurligi 10-12°S gacha isigan paytda o’tkazish tavsiya etiladi. xar qaysi xujalikda ekish muddati tuproqning mexanik tarkibi, namlashtirishning xususiyatlari va ob-xavo sharoitlariga qarab belgilanadi. shuni yoddan chikarmaslik kerakki, erta muddatlarda sovuq tuproqqa ekilsa, ekinlar siyraklashib va begona o’tlarning bosib ketishiga olib keladi. Amarant issiqsevar va yukori jadallikda o’sish bilan ajralib turuvchi o’simlik bo’lganligi uchun, yozda ekilgan amarant yaxshi natijalar beradi, uni iyun oyi mobaynida albatta namlashtirilgan tuprokda utkazish mumkin. Yozgi paytda ekilgan o’simlik yashil massasidan yetarlicha yukori hosil to’plab gektaridan 500-800 sentner sentyabrning boshidagullash pallasiga kiradi.
Ekishda sharoit va muddatlarni tugri tanlash urug’’larning kiyg’os unib chiqishini ta’minlovchi omil bo’lib xisoblanadi. shuni ko’zda tutish lozimki, urug’’ tushgan joyda uning unib chiqishi uchun issiqlikdan tashqari yetarli miqdorda namlik bo’lishi kerak.
Buning sababi shuki, amarantning urug’i kam o’tkazuvchan parda bilan qoplangan va yetarli miqdorda suv talab kilinadi. Shuning uchun, agar erta ekish muddatlari boy berilgan bulsa va tuproqning 4 sm gacha yuza katlami qurib qolgan bo’lsa, unda quruq iklimli mintaqalarda maysalarning unib chiqishi kafolatlanmaydi, amarantni yetishtirish esa tavakkallik bilan bog’liq bo’ladi. Ekish usulini tanlash hosil miqdoriga, uning sifatiga ta’sir etuvchi va o’simliklarni parvarishlashda mexanizatsiyadan foydalanishdagi muxim bulgan shart xisoblanadi. Amarantni qator oralari yumshatiladigan ekin kabi qator oralari 30, 45 va 60 sm li egatlarga, urug’’lik uchastkalarda esa qator orasi 70 sm bulgan egatlarga ekiladi. Ekishni eng yaxshi (optimal) qalinlikta tashkillashtirishning muxim sharti bulib, urug’’ ekish normasi xisoblanadi va u urug’’ning vazniga, sifatiga, ekishning usuli va qaysi maqsadga belgilanganligiga bog’liqdir (yashil, ozuqa, silos uchun yaxshi massa, urug’’chilik maydoni).
Qator orasi 60 sm kenglikda bo’lganda, popukli va duragay amarantni gektariga 0,70,8 kg unib chikuvchi urug’i, ekishdani eng yaxshi miqdor xisoblanadi / ularning 1000 ta urug’ining massasi 0,8-0,9 grammni tashkil etadi/. qator orasi 45 sm bulganda xdmma turdagi amarantning ekish normasi 10-15 doyzga ko’payadi. Ekishdan oldinroq urug’’larning ekishga yaroqliligi tekshiriladi va baxolanadi: 1000 ta urug’’ning tozaligi, vazni va ularning unib chiquvchanligi aniqdanadi. Unib chiqishi 90 foyzdan kam bulmagan, birinchi navdagi silliqlangan, ekishga yaroqli urug’’lardan foydalanish yaxshiroqdir. Ayrim holda, xar bir dalada va xar bir xo’jalikda ekish miqdori urug’’larning massasi va tozaligi, ularning dalada unib chiqishi, shuningdek tuproq va ob-xavo sharoitlarini xisobga olib beliglanadi.
Xar bir metrda 25-35 ta yaxshi rivojlangan maysalarning mavjudligi ekishdagi eng yaxshi qalinlik xisoblanadi. Maysalarning bunday qalinligi va parvarishlash paytda ob-xavo sharoitining noqulay kelishida ularning mumkin qadar nobud bo’lishini xisobga olsak, o’rim-yig’im davriga kelib xar 1 metr uzunlikda 10-12 ta yaxshi rivojlangan o’simlik qoladi. Tuproq unumdorligiga bog’liq holda gektaridan 600-1000 sentner yashil massa olish uchun bunday qalinlik yetarlidir. Urug’’likka ekilgano’simlikning qalinligi 15-20 foyzga kam bulishi mumkin.
Eng ma’suliyatli ish - bu ekishdir. Ekishning kam miqdori va urug’’larning yuqori to’ldiruvchi sifatida inert moddalardan foydalanishni so’zsiz talab qiladi, bu - seleksiyalarni ekish normasiga tog’rilab o’rnatishda qulayliklarni ta’miynlaydi va urug’’larni ekishning bir tekisligiga kafillik beradi. To’ldiruvchi sifatida xar qanday unib chiqish xususiyatni yuqotgan urug’’lar (raps, perko, gorchitsa), kaliyli o’gitlar, donalangan superfosfat, yengil namlangan, g’alvirdan o’tkazilgan qum va boshqalardan foydalanish mumkin. Amarantning urug’’i to’ldiruvchiga 1:15 nisbatda bo’lishi kerak.
Tayyorlangan ishchi aralashmadan foydalanib, seyalkani ekish normasiga tug’rilanadi. Tekshirish natijalari shuni kursatadiki, eng yaxshi to’ldiruvchi bo’lib, yaxshi g’alvirlangan nitrofosfat yoki donalangan superfosfat xisoblanadi, ularni ekishdan oldin tuproqqa solish, o’simlikning dastlabki rivojlanishida qo’shimcha ozuqani ta’miynlaydi. To’ldiruvchi sifatida donador o’gitlardan foydalanilganda, xaydalgan qatlamdan o’g’it massasining 5-7 foyzini tashkil qiluvchi tuproqni qo’shish kerak. Tuproq dala namlik sig’imining 60-70 foyzi atrofida namlikka ega bo’lishi kerak. Tuproqning qo’shilishi amarant urug’ining unimsizligini istisno qiladi va ularni o’gitlar bilan siftali aralashishiga kafillik beradi.
Amarantni ekish uchun sabzavot ekiladigan SON -2,8, SKON-4,2 yoki SO-4,2 seyalkalaridan foydalaniladi. ular bir vaqtda qator orasining kengligi 60 sm li sug’oriladigan egatlarni oladi, ammo xo’jalikda texnikaning mavjudligiga qarab 70 sm li qator oralariga ham ekish mumkin. Ekib bo’lgandan keyin yengil molalar bilan molalanadi. Tuproqning yuza qismiga ekish yo’li qo’yilmaydi, tuproqqa yaxshi kirmagan urug’’lar yomon unib chiqadi. Namlikning ortiqcha bo’lishi, urug’’larning 4 sm dan pastga tushishi, urug’’larning unib chiqishini 40-50 foyzga kamaytirishga olib keladi. Tuproqni qulay namlantirganda, urug’’ni bekitishda eng yaxshi - chukurlik 2,0 2,5 sm, namlik yetmaganda 3-4 sm xisoblanadi.
Amarantni makkajuxori bilan aralashtirib, ekidagan apparati 2 ta bulgan kombinirlangan seyalkadan - bittasi makkajuxori urug’i uchun bo’lib, ularni 5-6 sm chuqurlikka va boshqa amarant urug’i uchun bo’lib, ularni 2 sm chuqurlikka ekish mumkin. Boshokli o’simliklar bilan birgalikdagi va aralash ekinlari, ayniksa 9 makkajuxori bilan muofiqlashgan, sifatli ozuqa olishga yordam beradi. Bu ekinlar o’sim-yig’imdan keyin, amarantning yashil massasini aralashtirishdagi zaruriyatni istisno qiladi va ishlarning yuqori texnologiyaligini ta’miylaydi.
Amarantni parvarishlash murakab emas. U tuproqning qatqalog’ini yumshatish va ekinlarni begona o’tlardan ximoya qilishdan iborat. Ekishdan keyin sog’ tuproqda qatqalok bo’lishi mumkin va maysalarning paydo bulishini va ularning rivojlanishi qiyinlashtiradi. shuning uchun qatqaloqni ekishdan keyingi 4-6 kundan yengil yumshatgichlar bilan yumshatish kerak. Dastlabki 3-4 xaftada asosiy e’tibor begona utlar bilan kurashga qaratiladi. Begona o’tlar bilan kurashda qator oralarini yumshatish qo’llaniladi, u yaxshi ko’rinib qolgan maysalarda begona o’tlarning paydo bo’lishiga qarab o’tkaziladi. Dastlabki yumshatish muddatlarini utkazib yubormaslik juda muximdir. Keyinchalik qator oralariga ishlov berish begona o’tlar paydo bo’lishiga qarab o’tkaziladi.
O’simliklar buyi 10-15 sm ga yetganda, qator oralarida 8-10 sm chuqurlikda kulьtivatsiya utkaziladi. Egatlar buylab birinchi sugorish tuprok namlik sigimining 65-70 foyzligida utkaziladi. Ikkinchi marta qator oralari 16-18 sm chukurlikda yumshatiladi. O’simliklar balandligi 70- 80 sm ga yetganda, oziqlantirish sugoriladigan egatlar olish bilan utkaziladi va gektariga 2,0-2,5 sentner mochevina va 1 sentner superfosfat solinadi. Ishlov berish kunning 2 chi yarmida utkazgan yaxshirokdir, bu paytda o’simliklardaturgor kuchsizlanib qoladi va ular kamrok sinuvchan buladi. keyingi sug’orishlar egatlar buylab tuproq qorayguncha o’tkaziladi. O’sish davri davomida gektariga miqdori 700-900 m3 bulgan 4-5 marta sug’orish utkaziladi.
Mamlakatimizda amarant uchun begona o’tlar bilan kurashda kimyoviy vositalar xozircha ishlab chiqarilmagan. Shuning uchun mexanik ishlov berish maxorati va o’z vaqtidaligi juda muximdir. Amarant uchun ekishdan keyingi 4-5 xafta, ayniksa birincha xaftalari kritik davr xisoblanadi. Bu vaqtda amarantning kukatlari quvvatsiz, yomon o’sadigan va shuning uchun u begona o’tlar ta’siriga va ob-xavo injikligiga tez duchor buladi. Keyinchalik amarantning tez o’sish begona utlarga muvaffaqiyatli karshilik kursatishga imkon beradi va endi parvarishlashga muxtoj bulmay koladi. Amarant dimiqish, ildiz chirishi va ildiz buyinchasi chirishi, oq zang kasaliga chalinadi, unga (tunlam, shira uzuntumshuq va boshqalar) zararkunda xasharotlar ziyon keltiradi. Xozircha kasalliklar va xasharotlar ziyon yetkazishdan yashil massaning va urug’larning hosili sezilarli darajada pasayishi aniqlanmagan, shuning uchun amarantni xozirgi bosqichda joriy etish nisbatan bardoshli ekin kabi xarakterlanadi.
Yashil massani o’rib-yig’ib olish muddatlari, uning kelgusida ishlatilishiga qarab belgilanadi. Yashil oziqlantirish uchun o’simlikni popuklarini tashlab, gullay boshlagan davrida yig’ib-terib olish ma’qulroqdir. Bu davrda o’rib-yig’ib olingan massada oqsil ko’proq bo’ladi va mollar yaxshi xazm qiladi.
Amarantning yashil massasida katta miqdorda namlik va protein mavjud, shuning uchun silosning sifatini va silos buladigan massaning texnologligini oshirishda 20 foyz yaxshi maydalangan bahorgi galla ekinlarining somonini yoki 50 foyzgacha makkajuxorining yashil massasini kushish maksadiga muvofikdir. Bunday aralashma muvofiklashgan ozuqa olishni ta’miynlaydigan va yem-xashak ekinlari maydonlarining samarodorligini oshiradi.
Amarant - urug’ining yetilishi va gullash davri chuzilgan o’simliklar, shuning uchun yigishtirib, olish eng yaxshi muddatini tanlash xar doim mushkuldir. Amarantning xar xil turlari urug’larning yetilishida, poyasining pastki barglarining kuriy boshlashi va tuqilib ketishi, poyasining rangi yashildan och-yashilgacha va ochik ranggacha uzgarishi, poyasining okarishi, ruvaklarini ishkalaganda urug’larning yengil tuqilishi asosiy beligilar xisoblanadi. Bu davr urug’larni yigishtirishni boshlash muddati xisoblanadi. To’liq yetilgandan urug’larning to’kilib ketishi kuzatiladi. 1
Urug’larning bir tekisda yetilmasligi munosabati bilan to’pgullarni yigishtirib olish aloxida usulda o’tkaziladi. To’pgullarni aloxida qirqib yig’ishtirib olish qishda o’tkaziladi, ular yaxshi zich yopilgan transport vositasiga joylashtiriladi. Undan keyin to’pgullar bug’doy uyadigan yerning ayvoniga yoki kuritkichga yetkaziladi, u yerda yupka katlam qilib yoyib tashlanadi. Bu yerda bir-ikki xafta mobaynida urug’larning yetilib pishishi va to’pgullarning kuritilishi utkaziladi, to’pgullarni yanchib olish statsionarda kombaynida utkaziladi. Katta maydondagi donni yigishtirib olishni Ye514 kombaynida tugridan-tugri utkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |