9-mavzu. Halqaro huquq asoslari
Reja:
1. Halqaro huquq-mustaqil huquqlar tizimi
2. Halqaro huquqning tarixiy turlari
3. Halqaro huquq sohalari. Halqaro ommaviy va halqaro xususiy huquq
1. Xalqaro huquq — mustaqil huquqlar tizimi
Xalqaro huquq g’oyat keng va turli tarmoqlarni o’z ichiga oluvchi alohida
huquqlar tizimidir. Shu bilan byrga faqat normalar yig’indisi bo’libgina qolmay,
ularning tizimi hamdir. Zero, bu normalar bir-biri bilan o’zaro uzviy aloqadadir.
Xalqaro huquqning har bir normasi, mazmuni uning butun tizimi sifatida qarab
chiqilmog’i kerak. Barcha milliy huquqiy tizimlarga xos bo’lgan huquqning asosiy
xususiyatlari xalqaro huquqda ham xosdir. U davlat idora xarakteriga èga bo’lib,
muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar tizimidan
iborat. Bu normalarga rioya qilish zarur holatlarda davlat majburiyati orqali
ta’minlanadi.
Shu bilan birga xalqaro huquq milliy huquqda nisbatan o’ziga xos
xususmyatlarga ham èga. Ular xalqaro huquq harakatida bo’lgan xalqaro
sistemaiipg o’ziga xos chegaralari bilan belgilanadi. Bu chegaralar ayni paytda turli
ijtimoiy sistemalarga mansub suveren davlatlarning mavjudligi, o’z sub’ekti uchun
majbur bo’lgan huquq normalarini qabul qilishga qadar qonun chiqaruvchi
organlartning yo’qligi, davlatlarda mavjud ijro va sudlov organlarining mavjud
èmasligi bilan belgilanadi.
Demak, xalkaro huquq ichkm davlat huquqlarndan sub’ektiga, boshqarish
predmetiga, normalarni shakllantirish va bu normalarga rioya qilinishni
ta’minlovchi davlat majburiy organlarining faoliyatini za-
rur sharoitlarda amalga oshirish vositalariga ko’ra farq qiladi.
Ichki davlat huquqi sub’ektlari jismoniy, yuridik shaxslar va davlat
organlaridan iborat. Xalqaro huquq sub’ektlari èsa asosan ustidan hech qanday
hukmronlik bo’lmagan suveren davlatdan, o’z davlatlari (davlatlarning
shakllanish bosqichini barpo ètish uchun kurashayotgan millatlar va xalqaro,
davlatlararo tashkilotlar, ayrim davlatsifat uyushmalar (èrkin shaharlar, vatika va
boshqalar)dan iborat.
Xalqaro huquq ichki dzvlat huquqining boshqarish predmetidan farqli
o’laroq, o’z harakpt predmetigè èga. Bu keng ma’nodagi davlatlararo munosabatlar,
ya’ki xalqaro huquq tizimining barcha sub’ektlari o’rtasi-dagi munosabatlardir.
Xalqaro huquq aksariyat holatlarda davlat ichida yuzaga keluvchi
munosabatlarga bu davlatning milliy huquqlari orqali muayyan ta’sir ko’rsatsada, bu
munosabatlarni boshqarmaydi. Hozirgi paytda ichki davlat huquqining har bir
tarmog’ida shu davlatning xalqaro shartnomalari normalarini ifodalovchi me’yorlar
mavjud. Biroq davlatda ichki munosabatlar uning ichki huquqi bilan boshqariladi.
70
Agar xalqaro huquq normalari davlatnnng ichki daxliga ta’sir o’tkazadigan bo’lsa,
bu shu davlatning huquqi mana shunday ta’sirini ko’zda tutishdan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |