3.O`quvchilar jamoasida ijobiy-psixologik muhitni yaratish usullari.
Ta'lim muassasalarida o'qituvchilarning tarbiyaviy faoliyati yetakchi o'rinni egallasalar ham, ba'zan o'quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta'sir o'tkaza olmaydi, chunki, o'quvchilar ta'lim muassasalarida maium mud-datgina o'qituvchining tarbiyaviy ta'siri va nazorati ostida bo'lib, qolgan bo'sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko'chada, do'stlari davrasida, har xil tashqi muhitda o'tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta'tillar davrida o'quvchilar taiim muassasasi o'qituvchisi ta'siridan chetda qoladilar. Demak, ta'lim muassasasida o'quvchilarni tarbiyalash vaqt jihatdan chegaralangan bo'lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatlardan holi vaqtda ular o'qituvchi yoki tarbiyachining ta'siri hamda nazoratida bo'lishlari kerak.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun reja tuzish va uni bajarish tarbiya samaradorligini ta'min-lashning asosiy yoiidir. O'qituvchining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi - ijodiy jarayon. O'qituvchi tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda asosan «Taiim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyalariga hamda milliy qadriyat, urf-odatlarimizga tayanadi. Uning mazmuni o'quvchilarni o'qishga, ilm olishga, mehnatga ijobiy munosabatni tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaviy ish rejasida mehnat tarbiyrasiga alohida ahamiyat beriladi. O'qituvchi o'quvchilaming mehnat tarbiyasi rejasini tuzar ekan, o'quvchilar mehnatining mashaqqati, charchoq va hordiq haqida aniq tasav-vurlarga ega boiishlarini hisobga olishlari kerak. Ota-onalar bilan ishlash bo'limida oila, maktab tarbiyasini tavsiflaydigan qisqa ma'lumotlar beriladi. Mohir o'qituvchi tarbiyaviy ish rejasiga aniq bir maqsadni qo'yadi. Tarbiyaviy ish amaliyotida xulq me'yorlaridan chetga chiqqan o'quvchilar ham uchraydi. Ular tarbiyasi «qiyin» o'quvchilar. Ular bilan tarbiyaviy faoliyat olib borish - bu alohida e'tiborni, sabr-toqat va mahoratni, qalb sezgirligini talab qiladigan murakkab ishdir. Tarbiyachi bunday o'quvchilarni pedagogik jihatdan o'rganish dasturini tuzishda quyidagi jihatlarga e'tibor berishi lozim: shaxsning ijtimoiy kelib chiqi-shi; oilada umumiy rivojlanish darajasi; axloqan tarbiyalanganlik dara-jasi. Dastur asosida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha alohida tarbiyaviy ishlar rejasi tayyorlanadi:
O'quvchi olamining hayotiy yo'nalishlarini diqqat bilan o'rganish.
Xarakteri va xulqidagi og'ishganlik sabablarini o'rganish.
Ijobiy yo'nalishga, o'zgarishiga ta'sir etuvchi hayotiy ko'rinish-larni tanlash,
Muloqotni o'smiming «psixologik hudud»idan izlash.
O'quvchilar xulqida namoyon boiadigan har xil o'zgarishlar usti-dan doimiy nazorat o'raatish.
Maiumki, tarbiyalanganlik natijalarini hisobga olish o'quvchilar xulqida, ularning o'qish va mehnatga munosabatlaridagi o'zgarishlarni ifodalaydigan pedagogik oichamdir. Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini aniqlash masalasi murakkab masaladir. Hech qachon tarbiya natijalarini o'tkazilgan tadbirlar, ishtirok etgan o'quvchilar soni bilan belgilab bo'l-maydi. Tarbiyaviy ish samaradorligi o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi bilan baholanadi.
Tarbiyachi-o'qituvchi o'quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini chuqur his etgan holda, vaziyatni hisobga olib mavzu taniashi, uni tayyorlash va o'tkazishda o'quvchilarni keng koiamda jalb etishi, yuksak samara-dorlikni ta'minlanishiga e'tibor berish bilan birga, har bir o'quvchiniig xohishini hisobga olishi, keskin rad etmasdan, yana o'ylab ko'rish, qizi-qarliroq, soddaliroq yoilarini topishing mumkin deb umidvor qilish o'rinlidir. Tarbiyachi ijodkor bo'lishi, o'quvchilarni ham ijodiy faoliyat yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o'zini va o'zgalarni hurmat qilishga ishonch hosil qilishi lozim.
Jamоaviy ijоdiy ishning barcha bоsqichlarini tashkil etish usullarini o`zlashtirish. O`quvchilar jamоasida ijоbiy-psiхоlоgik muhitni хоsil qilish usullari.
- o’qituvchilik kasbini va bolalarni sevish;
o’qituvchi o’zi dars beradigan fanni, uni o’qitish nazariyasini va uslubini, pedagogika, psixologiya va mafkuraga doir chuqur bilimga, yuksak ma’naviy madaniyatga ega bo’lishi;
o’qituvchi shaxsining alokiy pokligi;
jamiyat oldidagi burchni pedagogik mas’uliyatini to’g’ri, yuksak darajada anglash, axlokiy e’tikodli bo’lish;
- o’zi bajarayotgan ishining hakligiga va o’z kuchiga;
o’kuvchilarning har biri ulg’ayib jamiyat uchun foydali, yaxshi odam bo’lishiga;
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi «Ta’lim to’g’risida»gi Konuni, Respublika Prezidetining asarlari, ma’ruza va nurqlari;
milliy axlokiy kadriyatlar, an’analar, urf – odatlar;
o’zbek xalk pedagogikasi asarlari, odobnoma va ularga doir ilmiy – pedagogik tadkikotlar.
Mohir tarbiyachi fakat nazariy bilimlar bilan chegaralanmasdan, amaliy malaka va ko’nikmalarni ham egallashi lozim, ya’ni bular pedagogik, psixologik bilimlar asosida o’kuvchilarni ilmiy bilish, malaka va ko’nikmalar bilan kurollantira bilish dars bera bilish, tarbiyaviy ishlarni rejalashtira bilish, tashkilotchilik va uning eng kulay turlarini, shakl – usullarini tanlay bilish, o’kuvchilarning jamoa individual faoliyatlarini tashkil qila bilish, o’kuvchilarning jamoat ishlarni tashkil qila bilish, tashkilotchilik ishlariga pedagogik rahbarlik sinfdan va maktabdan tashkari ishlarni uyushtira bilish va ularga rahbarlik kilish, ota – onalar, jamoatchilik o’rtasidagi ishlarni tashkil qila bilish, sport, ekskursiya va boshka tarbiyaviy ishlarni qila bilish va olib borish kabilardan iboratdir. Bu malaka va ko’nikmalarni o’qituvchilar tizimli ravishda o’z ustida ishlashi, o’zi o’qitadigan fan, pedagogika, psixologiya va boshka sohasidagi bilimlarni, ilg’or o’qituvchilarning tajribalarini o’rganish; analiz kilish, umumlashtirish yo’li bilan ko’paytirib, chuqurlashtirib, o’zlarining mahoratini oshirib boradilar.
Xulosa kilib aytish mumkinki, mohir o’qituvchi hozirgi zamon talablariga mos bilim, malaka ko’nikmalarni egallashi, doimiy izlanishda bo’lishi atrofdagi kishilar bilan yaxshi muomalada bo’lishi lozim. SHundagina har kanday tarbiyachi mahoratli tarbiyachilar safiga ko’shiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |