1. Axlok va axlokiy tarbiya xakida tushuncha. Axlokiy tarbiyaning mazmuni. Estetik tarbiya va uning mazmuni



Download 73 Kb.
bet1/3
Sana13.06.2022
Hajmi73 Kb.
#661755
  1   2   3
Bog'liq
Oilada tarbiya


Oilada axlokiy va estetik tarbiya
Reja:


1. Axlok va axlokiy tarbiya xakida tushuncha.
2. Axlokiy tarbiyaning mazmuni.
3. Estetik tarbiya va uning mazmuni.
4. Oilada estetik tarbiya berish vositalari.

O`zbekiston Respublikasining uziga xos tarakkiyot yuli oliy ukuv yurtlaridan yukori malakali muxandislar tayyorlashning yangicha tamoyillarini takazo etmokda. Bu esa pedagogika kursini yangi konsepsiya asosida ishlab chikishni va ukitishni dolzarb muammo kilib kuydi.


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida» bozor iktisodiyoti va yangicha texnologiya sharoitida ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash kuzda tutilgan. Ukuv yurtlarida ta’lim tarbiya jarayonlarini jaxon andozalari darajasiga kutarish, yangi ta’lim usullari, pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etish, yoshlar ta’lim tarbiyasini milliy mafkura, umuminsoniy kadriyatlarni bilish, Vatanga muxabbat, istiklol goyalariga sadokatlilik ruxini tarkib toptirish asos kilib olinishi lozim.
Tavsiya etilgan ma’ruza matnlari uz oldiga bulajak mutaxassislarni xalkimizning uziga xos maxnaviyatini ruxiga mos tushadigan pedagogik bilim, kunikma va malakalar bilan mukammal kurollantirish orkali ularda milliy tafakkur, odob-axlok, tarbiyani tarkib toptirishni maksad kilib kuyadi. Ushbu ma’ruzalar Respublikamizda bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida talab va extiyojlarni, jamiyatimiz istikboli, xalkimizning boy pedagogik kadriyatlarini, rivojlangan mamlakatlarni ta’lim-tarbiyaga oid ilgor tajribalarini xamda xozirgi zamon pedagogikasi, psixlogiyasi fanlari nazariyasi va amaliyoti yutuklarini xisobga olgan xalkimizning farzandlaridan bulajak Muso Xorazmiy, Axmad Fargoniy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Ulugbek kabi imonli, eotikodli, bilimdon, kasb-xunarli, kelajagi buyuk davlatimizning sadokatli fukorolarini shakllantirishning ilmiy uslubiy asoslari bilan talabalarni kurollantiradi. Pedagogika shaxs ta’limi xakidagi fan ekanligidan kelib chikib, uni urganishda kuyidagi masalalarga eotibor beriladi:

  • Ta’lim ijtimoiy, tarakkiyotning ustuvor yunalishi bulib jamiyatning maonaviy jixatdan takomillashtirishning eng ishonchli omili;

  • Jamiyatni demokratiyalashtirish va inson parvarlashtirish goyasidan kelib chikib ta’lim-tarbiya markazida shaxs, uning talab extiyojlari, kizikishi, intilishlari xamda ularning kobiliyati va isteododlarini ustirish turadi;

  • Xozirgi zamon ta’lim-tarbiya muammolarini xal etishda xalkimizning kup asrlik boy pedagogik tajribasi xamda jamiyat tarakkiyotining istikbollari va ilgor mamlakatlarning tajribalari xam xisobga olinadi.

Oliy ta’lim tizimida ukitish talabalarni axlokiy mukammallashtirish bilan boglab olib boriladi. Ularning ong bilan xulk birligi tarbiyalanadi. SHaxsning jamiyat va Vatanga, mexnatga, kishilarga, uz xulkiga kuyidagicha tekshirish mumkin:
a) Jamiyatga, Vatanga muxabbat va sadokatni tarbiyalash,
Bu xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fukaro etukligi, baynalmilallik fazilatlarida aks etadi, uning maksadlarida, Vatan boyliklarini kupaytirish, mustaxkamlash va ximoya kilishga karatilgan amaliy ishlarda namoyon buladi.
Vatanparvarlik va baynalmilallik axlokiy tarbiyada aloxida urin tutadi. Xadisi SHarifda Vatanni sevmok iymondandir, deb bejiz aytilmagan.
b) Mexnatga axlokiy munosabatni tarbiyalash-shaxsning butun maonaviy yunalishini belgilaydi, chunki ishlay, kurashmay yashash mumkin emas.
Bu axlokiy munosabat shaxsning mexnat jarayonida namoyon buladigan yuksak ongida, mexnatning xayotdagi rolini anglashida, xususiy va jamoa mexnatiga tayyorlik, mexnatni xurmat kilish va mexnatsevarlikda namoyon buladi.
Talabalar mexnat jabxalarida ishtirok etishlari orkali uzaro yordam, muvaffakiyatdan kuvonish, uzi va urtogi mexnatini adolatli baxolash fazilatlarini shakllantiradi.
v) Atrofdagi kishilarga axlokiy munosabat-shaxsning jamoatchilik, kupchilik manfaatini uz manfaatidan ustun kuyishdir.
Jamoatchilik ukuvchida insonparvarlik, mexnatga munosabat, ongli intizomni shakllantirishda yordam beradi.
g) SHaxsning uziga, uz xulkiga axlokiy munosabatni tarbiyalash-bu ukuvchini uz-uzini ongli intizom ruxida tarbiyalashga urgatishdan iboratdir. Intizom axlokiy norma bulib, shaxsning fukarolik kiyofasini belgilaydi.
Intizom asosida ong yotadi, uni iroda boshkaradi. Ongli intizomni taxminlaydigan katxiylik, tashabbuskorlik, mustakillik, uz-uzini tuta bilish, uyushkoklik irodaviy sifatlardir. Ongli intizom vijdon va rostguylik bilan boglik.
Axlokiy munosabatlar dastavval oilada, sung yasli va bolalar bogchasida, sung maktab va oliy ukuv yurtlarida, jamoa joylarida takomillashadi.
«... tarbiyani,-deydi Abdulla Avloniy,-tugilgan kundan boshlamak, vujudimizni kuvvatlandurmak, fikrimizni nurlandur-mak, axlokimizni guzallandurmak, zexnimizni ravshanlandurmak lozim ekan. Tarbiyani kim kilur? Kayda kilur? Bu savolga birinchi uy tarbiyasi javob bermak lozim». Demak, adib xam oila tarbiyasiga axamiyat bermokda.
Estetik tarbiya talabalarda estetik bilim, kunikma va malakalarni shakllantirishni xamda, estetik xis-tuygu, kizikish, extiyoj, baxo berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalasini uz ichiga oladi.
Abdulla Avloniy. «Turkiy guliston yoxud axlok» Toshkent «Ukituvchi» nashriyoti. 1992 yil. 13-bet
Estetik tarbiya yordamida talabalar tevarak-atrof, xayot, tabiat manzaralari, xar xil janrdagi sanat asarlari bilan tanishish bilan birga guzallik va xunuklik, kutarinkilik va tubanlilik, fojialilik va kulgulilikning asosiy mezonlarini anglab etishlari, estetik malaka va kunikmalaridan xayotda foydalana olishga urganishlari lozim.
Estetik tarbiya vositalari-talabalarning estetik rivojlanishlarini taxminlash maksadida tevarvak atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, sanxat estetikasi va yoshlarning badiiy faoliyati, ta’lim jarayoni xisoblanadi.
Oila guzallikning birinchi maktabi. Oila aozolarining uzaro munosabatlari, uyning jixozlari, usha narsalarning yagona birligi, uygunligi, tartibli joylashtirishi va saramjon-sarishtalik bevosita bolalarning estetikasiga taosir kiladi.
Tabiat-eng muxim estetik tarbiya vositasidir. Tabiat turlicha estetik kechinmalarning asosi bulib, bu asos tabiatda taosirlanishga, uni kura bilishga, eshitish kobiliyatiga boglikdir.
Bundan tashkari estetik tarbiya berishda sanxat turlarining, ashulla va musikaning va badiiy adabiyotning vosita bulib xizmat kilishi xam katta axamiyatga egadir. Bu vositalar yordamida talabalarning rang tasvir, kalam tasvir, xaykaltaroshlikka, doir kunikmalarini shakllanadi, musika yordamida esa musikiy kobiliyat, musikiy xotira rivojlanadi, estetik did usadi. Badiiy adabiyot esa xayotni chukurrok anglashni, xayotga tugri nazar bilan karashni urgatadi, shuningdek adabiyot darslarida estetik idrok, estetik kechinmalar yorkinlashib boradi va albatta badiiy nutk kobiliyatini ustiradi.
Oila jamiyatning bir bo‘lagi. Shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axlokiy, mafkuraviy va ruxiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. Shu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi.
Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Buni biz 1998 yil mamlakatimizda “Oila yili” deb e’lon kilinishi misolida ko‘rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan xukumatimiz ishlab chikkan tadbirlar oilani ijtimoiy muxofaza kilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, oilaning huquqiy tamoyillarini kengaytirish va boshka oilani mustaxkamlash bilan boglik masalalarga karatildi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: ”Xalkimiz kadim-kadimdan oilani mukaddas deb bilgan. Oila axil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjixatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barkarorlik xukm suradi. Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir”.
Shuni unutmaslik lozimki, farzandlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun kulay sharoitlar yaratilsagina oila tarbiyasi muvaffakiyatli bo‘lishi mumkin. Yosh avlod xayotining ko‘p kismi oilada o‘tadi. Shu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada tanishadilar. Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-kizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosimlar tarbiyaning kudratli kuroliga aylanadi.
Kelajagimizning kanday bo‘lishi xozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga boglik.Bu konuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga ham boglik. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o‘ziga xos bir olam. U tarbiya ishida ham o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon kiladi.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy alokada bo‘lsagina, o‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlash mumkin. Oila tarbiyasidagi yutuklar ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajribalar almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga kizgin jalb kilishga ham boglikdir.
Har bir ota-ona o‘z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chukur anglashlariga boglikdir. Bundan tashkari normal oilaviy muxit, ota-onaning obro‘si, to‘gri kundalik rejim, bolani kitobga va o‘kishga, mexnat kilishga o‘z vaktida jalb kilishlari ham muvaffakiyat garovidir.
Ko‘rinib turibdiki, kadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aklli, farosatli, tafakkuri chukur - bir so‘z bilan aytganda kamolotli farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir. Xalk bunday fazilatli insonlarni sevadilar, e’zozlaydilar va xurmat kiladilar.

Har bir ota-ona o‘z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chukur anglashlariga boglikdir. Bundan tashkari normal oilaviy muxit, ota-onaning obro‘si, to‘gri kundalik rejim, bolani kitobga va o‘kishga, mexnat kilishga o‘z vaktida jalb kilishlari ham muvaffakiyat garovidir.


Ko‘rinib turibdiki, kadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aklli, farosatli, tafakkuri chukur - bir so‘z bilan aytganda kamolotli farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir. Xalk bunday fazilatli insonlarni sevadilar, e’zozlaydilar va xurmat kiladilar.
Bunday tafakkurga boy kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. Oila ana shunday tabarruk kal’adir. U kanday kurilishi lozim? Oila o‘zi nima va uning maksad, vazifalari nimalardan iborat?
Oila – voyaga yetgan ikki jinsning sevish, ardoklash, xurmat kilish asosida, ixtiyoriy ravishda, kalb xohishi bilan tuzilgan konuniy ittifokidir.
Mo‘’jazgina bir kal’a kurildi. Endi bu kal’ada bekinmachok o‘ynalmaydi. Yoshlikdagi o‘yinkaroklik, beboshlik, erkalik, beparvolik o‘rnini sezgirlik, mas’uliyat, andisha, javobgarlik kabi fazilatlar egallay boshlaydi. Bunga har bir yosh tayyorlanib, mas’uliyat ko‘nikmasini his kilib, oila maksad va vazifalarini tushunib, ukib bormogi lozim.
Oila maksadi – ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.
Oila vazifasi – er-xotinning birgalikda xo‘jalik yuritish asosida oilani ham ma’naviy, ham iktisodiy jixatdan ta’minlash hamda jamiyatga soglom, aklli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash.
2. Ota-onaning farzand oldidagi va aksincha farzandning ota-ona oldidagi burchlari
Komil farzandli bo‘laman, baxtli oila kuraman degan maksad bilan oila kurdingiz. Ammo bu maksadga erishish farzand tarbiyalashdagi muxim omillarni, farzand oldidagi burchlarni bilib ish ko‘rishni takozo etadi.

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish