2.Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
O`qituvchining o`z хulki, хatti-harakati, fе’l-atvоrini bоshqara оlish qоbiliyati bilan bоg’lik bo`lgan kunikmasi: o`z kiyofasi, хis bo`lgan tuyg’usi va kayfiyatini bоshqara оlish; ijtimоiy-pеrtsеptiv qоbiliyati; Nutq tехnikasi.
Pedagogik texnika o’qituvchiga O`quv faoliyatida ham, o’qishdan tashkari faoliyatda ham zarur bo’lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi. Xo’sh, o’qituvchining pedagogik texnikasi kanday malakalarni o’z ichiga oladi? Ularning pedagogik ta’sir ko’rsatishdagi roli kanday?
Avvalo pedagogik texnikaning tarkibiy kismi sifatida o’qituvchining nurq malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o’z nurqini chiroyli va tushunarli ta’sirchan kilib bayon etish, o’z fikr va his-tuyG’ularini so’zda anik ifodalash malakalarini aytib o’tish mumkin.
Pedagogik texnikaning boshka tarkibiy kismi pedagogning mimik va pantamimik ifodaligidir. Anik imo, ishora, ma’noli karash, raG’batlantiruvchi yoki istexzoli tabassum pedagogik ta’sir ko’rsatishda ko’p so’zli tushuntirish yoki e’tiroz bildirishga karaganda ancha samarali muomala vositalari bo’ladi.
Pedagogik o’zaro ta’sir ko’rsatishda o’qituvchining o’z xissiy (psixik) holatini boshkarish, o’zida eng kulay xissiy (ijodiy) jiddiylik darajasini va umidbaxshlik, xayrixoxlik kayfiyatini saklash, o’zining xissiy dam olishini tashkil kilish mahorati muhim rol o’ynaydi.
Bu mahorat pedagogning kasbiy jihatdan o’z-o’zini nazorat kilishini ta’minlaydi, ko’p yillar davomida soG’lom asab sistemasini saklab kolish, asabiy buzilishlardan, xissiy va akliy zo’rikishdan o’zini tiyishga yordam beradi.
Samarali pedagogik o’zaro ta’sir ko’rsatishni tashkil etish uchun o’qituvchi aktyor va rejissyorlik mahorati tarkibiy kismlarini egallash zarur, ular o’qituvchiga bolalar bilan muomila kilishda tarbiyalanuvchilarning akl-idrokigagina emas, balki ularning xis-tuyG’ulariga ham ta’sir ko’rsatish, ularga olamga bo’lgan xissiy-kadriyatli munosabatda bo’lish tajribasini ancha to’lik bera bilishga yordamlashadi.
SHunday kilib o’qituvchining pedagogik texnikasi-bu shunday bir malakalar yiG’indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko’rib va eshitib turgan narsalar orkali ularga o’z fikrlari va kalbini yetkazish imkonini beradi. Bolalar bilan bevosita muomila kilishda pedagogning xuddi ana shu malakalari (yoki ularning yo’kligi) uning xulk-atvorida namoyon bo’ladi.
Pedagogik texnika o’qituvchi malakalarining xuddi shunday yiG’indisidirki, u o’qituvchining eng yaxshi ijodiy xulk-atvoriga, boshkacha kilib aytganda, har kanday pedagogik vaziyatda tarbiyalanuvchilarga samarali ta’sir ko’rsatishga yordam beradi.
O`qituvchining yakka shaхs va jamоaga ta’sir etishi bilan bоg’lik, kunikmasining shakllanishi pеdagоgik faоliyatini tashkil etishdagi tехnоlоgik jarayon ekanligi. Didaktik tashkilоtchilik, kоnstruktiv va kоmmunikativ qоbiliyatini ifоdalоvchi kunikmalar, pеdagоgik munоsabatni bоshqarish hamda jamоaning ijоdiy ishini tashkil eta оlish qоbiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |