Microsoft vaThe Future Laboratory kompaniyalari tahliliga muvofiq, hozirgi maktab o‘quvchilari va talabalarning 65%i hozircha mavjud bo‘lmagan lavozimlarni egallaydi. Mutaxassislarning bashoratlariga ko‘ra, 2025 yillga kelib, virtual yashash muhiti dizaynerlari, robototexnika bo‘yicha mutaxassislar, advokatlar, frilanserda ishlaydiganlar va bioxakerlarga talab eng yuqori bo‘ladi.
TheFutureLaboratorymuharriri Stiv Tuzning qayd etishicha, kelajak mutaxassislari birdaniga bir nechta ko‘nikmaga ega bo‘lishlari muhim3.
Bandlik sohasidagi o‘zgarishlarga jiddiy ta'sir hamda texnologiya, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, shuningdek, kadrlar tayyorlash zaruriy ta'lim tarmoqlarini yo‘lga qo‘yishda sektorlararo hamkorlikning roli qayd etiladi. Yaqin yillarda bu masalalarni oldinroq ko‘ra bilmaslik va hal qilmaslik juda katta iqtisodiy va ijtimoiy harajatlarga olib kelishi mumkin. Bularning barchasiyangi ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, zamonaviy rivojlanish strategiyalariga va zamonaviy texnologik inqilob trendlariga mos keladigan kadrlar tayyorlash kompleksli strategiyasi haqidagi masalani ko‘ndalang qo‘yadi.Agar barcha asosiy ta'lim pog‘onalari tushunarli va odatiy bo‘lsa, elementar tayyorgarlik talab qiladigan pog‘ona izoh berishni talab qiladi. Taxmin qilinadiki, bu darajada asosiy tayyorgarlik toifasi aholining kam ta'minlangan qismi (pensionerlar va boshqaijtimoiy himoyalanmagan qatlamlar) tashkil qiladi, shu sababli, uni milliy darajada tashkil qilinadigan ijtimoiy rivojlanish va raqamli maorif
Markazlari negizida byudjet asosida tashkil qilish to‘g‘ri bo‘lardi.
Axborot iqtisodiyoti - oddiygina axborot texnologiyalarining rivojlanishi emas, bu ularning samaradorligini vositachilar va optimallashtirish hisobiga oshirilishi mumkin bo‘lgan tamomila yangi biznes- modellar paydo bo‘lishidir. Bundabiznes dinamikasi ortadi va murakkablashadi, bugungi kunda axborot iqtisodiyotidao‘z faoliyatini qanday tashkil qilish lozimligiga bog'liqumumiy bir to‘g‘ri javob yo‘q. Yangi texnologiyalarni rivojlantiradigan va turli xildagi innovatsiyalardan foydalanadigan kompaniyalar biznes-qoidalarni o‘zgartiradi va har qanday to‘siqlarni vayron qiladi. «Raqamli texnologiyalar, chunonchi, buyumlar interneti (IoT), katta ma'lumotlar (big data), mobil qurilmava turli devayslardan foydalanish, ijtimoiy o‘zaro aloqa usullari, iqtisodiy munosabatlar va institutlarni tubdano‘zgartirib yuboradi. Belgilangan vazifalarni birgalikda hal qilish uchun iqtisodiy agentlarni muvofiqlashtiradi va kooperatsiyaning yangi usullari paydo bo‘ladi (sharing economy)». Sinergetika qonunlariga ko‘ra, yangi texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy biznesda barcha ortiqcha narsalar yo'qolib ketadi, bu esa raqobatbardoshlikni oshiradi vau yoki bu mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini pasaytiradi, jumladan,vositachilarni avtomatik tarmoq servislariga almashtirish ro‘y beradi. Biznesni bunday tashkil qilishhizmat qiymatini jiddiy ravishda pasaytirishdan tashqari, to‘liqsiz bandlik va individual ishlab chiqarishning turli shakllari asosiy rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan yangicha iqtisodiyot tuzilmasiga olib keladi. Bu turdagi mehnat bozori siljishlariinson mehnati qanday takomillashtirilishi, qaysi kadrlar resurslariga talab bo‘lishi, qaysi ta'lim modellari raqamli iqtisodiyot uchun kerak bo‘lishi va nihoyat, ijodiy salohiyatga, maxsus ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalarga ega emasligi hamda tez o‘zgarishlar va noaniqlik sharoitlarida ishlay olmaydigan odamlar bilan nima qilish masalasi dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin shunga qaramay, jarayonlar davom etmoqda va tasavvur qilamizki, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish muammosi mamlakatimizda bir qadar muvaffaqiyatli hal etilmoqda, ba'zi tarmoqlarda robototexnikani qo‘llagan holda tamomila yangi ishlab chiqarishlar yaratilmoqda. Bunda ham ishchi, ham o‘rta boshqaruv personalining sezilarli qisqarishi ro‘y bermoqda.
Belgilangan vaziyat o‘ylab chiqarilgan emas, u mutlaqo real asoslarga ega. Ayrim tarmoqlarda vaziyat sekin o‘zgaradi (oliy ta'lim, gaz, kimyo); boshqalarda tezroq (sog‘liqni saqlash,transport, iste'mol tovarlari, davlat sektori/mashinasozlik, energetika), lekin ayrimlarida bu jarayon juda ham tez ro‘y beradi (banking, sug‘urta, yuqori texnologiyalar, telekom, media, riteyl, sport va ko‘ngilochar sohalar, mudofaa). Shubhasizki, yuqorida keltirilgan tarmoq guruhlarida raqamli samaralar tarqalish tezligi bu jarayonga turli omillar ta'siridan kelib chiqib, u tomonga ham, bu tomonga ham o‘zgarishi mumkin, lekin endi ortga yo‘l yo‘q. Yaqin yillarda mehnat bozorida tub o‘zgarishlar ro‘y beradi, xodimlardan yangi ko‘nikmalar talab qiladigan kasblardagi o‘zgarishlar kuzatiladi. Tarmoqlar kesimidaavvalgidek, bandlik kafolatlari bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir paytda, ko‘rinib turibdiki, tashkilotlar va hatto mamlakat raqobatbardoshligi, ularning innovatsion rivojlanish sur'atlari aynan kadrlar salohiyati mavjudligi bilan belgilanadi.Zamonaviy mehnat xarakterini tavsiflar ekan, K.Shvab kasbiy faoliyat «dunyoning istalgan nuqtasida joylashgan tayyor ijrochilar virtual bulutiga chiqariladigan muayyan loyihalar va aniq topshiriqlarga bo‘linishi»ni yorqin tavsiflaydi va «bu internet tarmog‘iga ulangan har bir kishiga yangi imkoniyatlar va mustaqillik hadya etadigan va professionallar taqchilligini bartaraf qilishga qodir bo‘lgan yangi moslashuvchan mehnat inqilobining boshlanishi emasmi?
Yoki bu tartibga solinmaydigan virtual mashaqqatli mehnat olami tubida berahm poyga paydo bo‘lishiga olib keladimi? Agar inqilob natijasiga so‘nggi variant - mehnat huquqlaridan, mehnat shartnomasi tuzish va kafolatlangan bandlik huquqlaridan mahrum bo‘lgan holda buyurtmadan buyurtmagacha pul ishlab topadigan xodimlar ijtimoiy sinfi, siyosiy beqarorlik va ijtimoiy g‘alyonlar manba'siga aylanadimi? 4.
Do'stlaringiz bilan baham: |