2-mavzu. Raqamli iqtisodiyot: elektron biznesni boshqarish asoslari Elektron biznesning mohiyati va rivojlanish xususiyatlari.
Innovatsion texnologiyalarning raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi o‘rni.
Internet tarmog‘ida biznesning yaratilish xususiyatlari.
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish xususiyatlari, huquqiy asoslari.
Hozirgi kunda hizmat ko'rsatish biznesida barqarorlikka erishish ilgarigidan ko'ra misli ko‘rilmagan darajada juda qiyin bo‘lib ketgan. Mustahkam raqobatli ustunlikka erishish, eng yuqori cho‘qqiga chiqash hamda bu maqomni saqlab qolish oson ish emas. Xususan, amerika statistika ma'lumotlariga ko‘ra, 2000 yil Fortune 500dan o‘rin olgan kompaniyalarning 52%dan ko'prog'i hozirgi kunga kelib mavjud emas. Yana bir muhim ko‘rsatkich: Standard & Poor's 500ga kiradigan kompaniyalarning o‘rtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 12 yilga qisqargan. Yetakchilik muddatining bunday besh karra qisqarishining sababi - butun biznesning, jumladan, servis biznesining raqamli asoslarga o‘tishi sanalib, biz ozirgi kunda bu hodisaning guvohi va qatnashchisi bo‘lib turibmiz. «Raqamli inqilob» (Digital Disruption) - fenomeni tahlilchilar orasida ham, kompaniyalar direktorlar kengashilarida ham dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Servis biznesi qaysi bir ma'noda «default» maqomidagi raqamli biznesga aylanmoqda. Bir tomondan, hech bir kompaniya ham foto biznesda bir paytlar plenkadan «raqam»ga sakrab o‘tish vaqtini sezib-sezmay o‘tkazib yuborgan Kodakqismatini takrorlashni istamaydi. Boshqa tomondan, Amazon, Uber, Airbnb va boshqalar raqamli inqilobdan qanday qilib foydalanish hamda biznes yuritishning tamomila yangicha sxemalari o‘ylab topish va amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatadilar. Internet dastlab onlayn-vitrina kabi, keyinroq esa onlayn-magazin rolida oflayn-biznesga qo‘shimcha sifatida ko‘rib chiqilgan vaqtlar o‘tib ketdi. Hayot sahnasiga yangi avlodlar - internet tarmog‘ida «yashaydigan» yoshlar kiqib kelishi biznesni onlayn («raqamli») bo‘lishga olib keldi. Insoniyat global o‘zgarishlar davriga qadam qo‘ydi. Yaqin vaqtlarda inson hayot faoliyatining asosiy sohalari - iqtisodiyot va boshqaruv, fan va xavfsizlik bo'lgan bo'lsa, endi yangicha shakl va mazmunga ega bo‘la boshladi.
Dunyoning eng yirik kompaniyalari allaqachondan buyon turli axborot texnologiyalaridan foydalanib kelishmoqda. Biroq qandaydir platforma joriy qilish hali biznesni raqamli qilib qo‘ymaydi. Oddiy texnologik platformaning raqamli iqtisodiyot platformasidan farqi nimada? Birinchidan, raqamli iqtisodiyot platformalari tarmoq yoki sanoatning ko‘plab qatnashchilari uchun maksimal darajada qulay o‘zaro aloqalar
yaratishi ko‘zda tutgan. Hozirgi kunda to‘laligicha qaror topgan ommaviy platformalarga misol keltirish qiyin, lekin kelajak aynan shunday yechimlar ortidadir. Google, Facebook, Apple, Amazon va Alibaba Group kompaniyalari ushbu g‘oyani to'laligicha amalga oshirishga eng yaqin holatdalar, ko‘plab yirik kompaniyalar bunday platformalarni yaqin vaqtlarda yaratishni rejalashtirishgan.Ikkinchidan, yanada muhimrog‘i, raqamli iqtisodiyot platformalari to‘laqonli (end-to-end) biznesjarayonlarni avtomatlashtirishi lozim.Raqamli iqtisodiyot to‘liqplatformasiuch qismdan iborat bo'lishi kerak: bular iste'molchi ekotizimlari, ishlab chiqaruvchi ekotizimlari va kommunikativ o‘zak. Iste'molchi ekotizimifunksiyasi - platformadan foydalanuvchining barcha ehtiyojalri va muhtojliklarini qondirish, uning qulayligini va funksionalligini ta'minlashdir. Ishlab chiqaruvchining ekotizim funksiyasi - biznes yuritishni yengillashtirgan va unga kirish bo‘sag‘asini pasaytirgan holda yordamchi funksiyalar bajarishini ta'minlashi lozim. Platforma o‘zagiiste'molchilar va ishlab chiqaruvchilarning o‘zaro aloqalari bo‘yicha funksionalni ham amalga oshirib, zaruriy texnologik bazis va infratuzilma ehtiyojlarini ta'minlaydi.Uchala tarkibiy qismbirbiridan mustaqil ravishda mavjud bo‘lishi mumkin va bunga muvaffaqiyatli misollarni keltirib o‘tish mumkin: iste'molchi ekotizimi sifatida ijtimoiy tarmoqlar, Alibaba Group - birinchi navbatda,ishlab chiqaruvchi ekotizimi hisoblanadi (qolgan ikkita tarkibiy qism unchalik rivojlanmagan), Uber - ekotizimlarsiz platforma o‘zagining kommunikativ o‘zagiga yorqin misoldir. Biroquchala tarkibiy qismni bitta model doirasida birlashtirish sezilarli darajada sinergetik samara olishga imkon beradi.
Raqamli iqtisodiyot tayanadigan asosiy texnologiyalardan yana biri bu - buyumlar internetidir. Ya'ni, ko‘plab maishiy uskunalar elektr tarmog‘iga ulanganligi odatiy, lekin bular ikkinchi darajali hisoblanadi. Moddiy dunyoning tobora ko‘plab obyektlari internetga ulanmoqda, bu esaaxborot to‘plash va hatto bu obyektlarni masofadan turib boshqarishni ham ta'minlamoqda. Amalda internetda tashqi dunyo va obyektning turli ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lgan moddiy obyektning virtual nusxasi paydo bo‘lib, ushbu obyektni internet orqali boshqarishga mikon bermoqda. Buyumlar internetiga misol qilib, masalan, texnik yordam hizmatida aniqlangan buzilishlar va rejadan tashqari ta'mirlash doirasida almashtirish lozim bo‘lgan ehtiyot qismlar ro‘yxatini yuboradigan vitual ma'lumotlar uzatish tizimini keltirib o‘tish mumkin. Buyumlar interneti sohasi rivojlanishining keyingi bosqichida buyumlarning nafaqat odam bilan, balki o‘zaro aloqa qilishi mumkinligi ham hisoblanadi, bu konveyerli liniyalarda, texnik ta'mirlash tizimlarida, logistika va boshqa ko‘plab biznes sohalarida avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqalarga erishish imkonini beradi. Lekin hali yechimini kutib turgan masalalar ham bor, chunonchi: elektr energiyasini minimal tarzda iste'mol qiladigan elektronika, shuningdek, buyumlarning o‘zaro aloqa qilishi uchun yangi aloqa standartlarini yaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli
“Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini2ijro etish borasida, shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo‘yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O‘zbekiston