Mavzuning o‘rganilish darajasi: Mazkur kurs ishi Oybek ijodiy merosining katta qismini tashkil etgan prozaik asarlarining tili va uslubi xususiyatlarini umumfilologik nuqtai nazardan baholab, yozuvchi materialining o‘ziga xos qirralarini til materiali asosida ochib berishga qaratilgan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishimizning asosiy maqsadi Oybek prozasi lingvistik materialining tanlanishini, o‘ziga xos jihatlarini uning uslubi nuqtai nazaridan, ayrim zamondoshlari ijodi bilan qisman qiyoslagan holda talqin etishdan iborat. Bundan quyidagi vazifalar kelib chiqadi:
1.Oybek ijod qilgan davr hamda adibning o‘z uslubiga xos bo‘lgan lingvistik
materialini aniqlash.
2.Badiiy asar uchun tanlangan mavzu, unda aks etgan davr va voqea hodisalarning yozuvchi ijodiy uslubi shakllanishiga ta’sirini belgilash.
3.Yozuvchi prozaik asarlari matni tuzilishida muhim o‘rin egallagan til birliklarining vazifaviy va ma’no xususiyatlarini o‘rganish.
4.Matnning badiiylik va estetik jihatdan shakllanishida qo‘llanilgan lug‘aviy birliklar guruhlarning o‘rnini aniqlash va shu yo‘sinda yozuvchi ideoliktining
lug‘at qatlamini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |