2.2. ,,Boburnoma”da toponimlar talqini
O'zbek adabiy tilining muhim yodgorligi bo'lmish Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari ma'naviy qadriyatlarimizning bir bo'lagi hisoblanmish toponimlar va ularning tarixini o'rganishda noyob manbadir. Unda mingdan ortiq geografik nom, mamlakat, shahar, qishloq, qal'a, dasht, tog', dovon, dara, daryo, ko'prik, kechuv, ko'l, chashma, bog', yaylov, o'tloq va boshqa
joylarning nomlari tilga olib o'tilgan.
«Boburnoma»da uchraydigan toponimlar ular ifodalagan ob'ektlarning turiga ko'ra bir necha guruhga bo'linadi. Bularning bir qismini aholi maskanlari nomlari –oykonimlar tashkil etadi.
Oykonimlar:
1) mamlakatlar nomlari — Afg'oniston, Hindiston, Arabiston, Mo'g'uliston, Iroq, Ozarbayjon,
Misr, Xitoy, Xuroson;
2) shaharlar nom¬lari — Dehli, G'azna, Qobul, Mashhad, Banoras, Jlohyp, Urganch, Toshkand,
Andijon, Kesh, Sayram, Xo'jand, Qarshi, Buxoro;
3) qishloq va kentlar nom¬lari — Muhammad og'a kenti, Xudak kenti, Beshkent, Qulba kenti,
Archakent, Yorkand, Navkand, Dehi G'ulomon, Yettikent, Dehi Afg'on;
4) qal'a va qo'rg'onlar nomlari Qal'ai Dabusi, Qal'ai Zafar, Olaqo'rg'on, Toshqo'rg'on, Asfidak qo'rg'oni;
5) rabotlar nomlari — Raboti Sarhang, Raboti Zavrak, Surhrabot, Raboti Ro'zak kabilarni o'z tarkibiga birlashtiradi.
Bobur asaridagi toponimlarning bir guruhi gidronimlar — suv havzalari nomlaridan iboratdir. Gidronimlar qanday suv ob'ektlarining atoqli otini anglatishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
Daryolar nomi: Gang daryosi, Amu daryosi, Oqsuv daryosi, Jun daryosi, Sayhun daryosi, Saru daryosi, Satluj daryosi, Ilamish daryosi, Sind daryosi, Daryoyi Xo'r kabilar. Asarda daryolar nomi tarkibida ba'zan «suyi» so'zi ham ishlatilgan: Axsi suyi, Andijon suyi, Bajur suyi, Balxob suyi, Baxat suyi, Bora suyi, Tus suyi, Butxak suyi, Gambir suyi, Gandak suyi, Gulbaxor suyi, Dargam suyi, Kavoriy suyi, Karmnos suyi, Kishm suyi, Kobul suyi, Kuxak suyi, Xujand
suyi, Chir suyi, Suon suyi singarilar buning misolidir. Shuningdek, «rud» suzi ham daryolar nomi tarkibida qo'llanilgan: Jamrud, Kamrud, Surxrud, Chandoval rudi kabilar. Bulok-chashma nomlari: Yonbuloq;, Qarga- bulon;, No'rabulok;, Boboqaro chashmasi, Bodomchashma, Garmchashma, Halvochashma, Chashmai Para singarilar. Ariq, hovuz va soylar nomlari: Kirqarik;, Xoqon arig'i, Havzi Mohiyon, Malluxon havzi, Kuruqsoy, Alasoy va boshqalar. «Boburnoma»da ariq nomlarining ayrimlari tojikcha «juy» so'zi orqali ifodalangan: Juyi Injil, Juyi Shoxiy. Guzar (kechuv)lar nomi: Balva guzari, Kanor guzari, Kilif guzari, Nilob guzari, Oxor guzari, Chupora guzari, Yassikechit guzari kabilar.
Ko'llar nomi: Qorako'l, Ko'ligil, Ko'li Ma¬lik, Ko'li Mag'ok singarilar.
Ko'priklar nomi: Mirzo ko'prigi, Mul¬la bobo ko'prigi, Muxammad Chab ko'prigi, Cho'pon ko'prik, Qutlug' qadam ko'prigi. Ba'zi ko'prik nomla¬ri tarkibida forscha-tojikcha «pul» so'zi ishtirok etgan: Puli Mag'oq, Pulikoh Puli Molon, Puli Ravon, Puli Solor, Pulchirog' kabilar. Bobur o'z asarida o'rni kelib qolganda gidronimlarning ba'zilariga mufassal to'xtaladi, ularni atroflicha izohlaydi. Xususan, hozirgi Sirdaryo xaqida quyidagilarni qayd etadi:
«Sayxun daryosikim, Ho'jand suyiga mashhurdur, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla o'tub, g'arb sori oqar, Xo'jandning shimoli Fanokatning janubi tarafidinkim, holo Shoxruxiyaga mashxurdur, o'tub yana shimolga mayl qilib, Turkiston sori borur. Turkistondin xili quyirok, bu daryo tamom xumga singar, hech daryoga qotilmas». Ko'hak suyi xususida mana bu ma'lumotlarni keltiradi: «Ko'xak suyi shimolidin oqar, Samarqanddin ikki qurux bo'lgay. Bu suv bila Samarqand orasida bir pushta tushubtur, Ko'xak derlar. Bu rud muning
tubidin oqar uchun Ko'xak suyi derlar. Bu suvdin bir ulug' rud ayiribturlar, balki daryochadur,
Darg'am suyi derlar. Samarqandning janubidin oqar. Samarqanddin bir shar'iy bulg'oy. Samarqandning bog'ot va mahalloti va yana necha tumonoti bu suv bila ma'murdur».
«Boburnoma»da qayd etilgan toponimlar tizimida yer satxidan balandda turuvchi ob'ektlarni atoqli otlar-oronimlar alohida o'rinni egallaydi. Oronimlarni qanday ob'ekt nomini bildirib kelishiga ko'ra bir necha guruhga tasnif etib o'rganish mumkin.
Tog' nomlari: Olatog', Capemog', Olg'tog'i, Mehtar Sulaymon togi, Murgon togi, Shov- dor togi, Shuntsorxona togi, Kirmosh togi, Xoja Ismoil togi singarilar. Ba'zan bu xil nomlar tarkibida «tog» ma'nosini ifodalovchi to- jikcha «kux» .suzi katnashg|1r Anbarkuh Barokux Domankuh Kuxi Jud, Kuxi Safid, Kuxisof, Kuxpor kabilar. Kutal nomlari Anbaxor kutali, Bodi` kutali, Gunbazak kutali, Kutali Zarrin, Otskutag. Sangdoki kutali, Karokuba kutali.
Dara nomlari SHDarai Boy, Darai Bot. Darai Gaz, Darai Zang, Darai Zindon, Darai Hyp Darai Suf, Darai Xush, Kamrud darasi, Pashgroi darasi, Puromin darasi, Tutumdara, Obdara. Dovon nomlari — Itmak dovoni, Kandis- lik dovoni, Muxammad pix dovoni
Bobur «Boburnoma»da oronimlar xshida tuxtalganda usha tog, dara, kutallarning joylashgan o’rni, foydali kazilmalari, usimliklar va x;ayvonot olami, yullari, iklimi, gidrografiyasiga oid muxim ma'lumotlarni keltirib utadi. Chunonchi, Xujand yatsinida joylashgan tog’ xususida shunday deb yozadi:, «…daryoning shimol tarafida bir tog tushubtur, Munugip otlik,, derlarkim, bu togda firuza koni va ba'zi konlar topilur. Bu togda bisyor yilon bor».
Qayd etish lozimki, «Boburnoma»da kullanilgan toponimlarning kulami ancha keng. Ular sirasiga yana bog nomlari — Bogi Binafsha, Bogi Bexisht, Bogi Buldu, Bogi Vafo, Bog’i Dilkusho, Bogi Zubay- da, Bogi Kalon, Bogi Maydon, Bogi Safo, Bogi Sha- mol, Bogi Shaxr; darvoza nomlari — Shayxzoda dar- vozasi, Shayxulislom darvozasi, Charmgaron darvo- zasi, Chorraxa
darvozasi, Darvozai Irots, Darvozai Malik, Darvozai Firuzobod, Darvozai Xush, Darvozai Qipchon;, Mirzo darvozasi, Oshanin darvoza; sa- roy va kushk nomlari — Bustonsaroy, Jigonsaroy, Kuksaroy, Otssaroy, Saroy Mando; masjid nomla¬ri — Xoja Xizr masjidi, Masjidi Javzo, Masjidi Muatta,
ulangi, Yer yaylots, Burka yaylotsi, Budana k;urigi kabilarni kiritish mumkin.
XULOSA
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek mumtoz adabiyotining XV asrda
yashab ijod etgan buyuk namoyondalaridan biridir. Bobur qalamiga mansub
“Boburnoma” asari XVI asr o‘zbek nasrining eng qimmatli namunasidir.
Bu asar mazmun e’tibori bilan qomusiydir unda Markaziy Osiyo, O‘rta
Osiyo, O‘rta Sharq va Hindiston o‘lkalarining tarixi, etnografiyasi, adabiyoti va
etnik qatlamlari tabiati, o‘simliklar va hayvonot dunyosi tili adabiyotiga oid
qimmatli va ishonarli ma’lumotlar jamlangan. Bu shoh asarda adib Boburning
yuksak badiiy mahorati, sodda va tushunarli til uslubi, uning o‘ziga xos betakror
go‘zalligi o‘z aksini topgan. Asarning bosh qaharamoni Zahiriddin Muhammad
Boburning o‘zi. Uning hatti-harakati, amalga oshirgan ishlari, maqsad va
intilishlari, ularni amalga oshirishdagi qat’iyat va mahorati asar qahramonini ideal
qahramon darajasiga ko‘taradi.
“Boburnoma”dagi geografik nomlar, tarixiy sanalar va voqealarning
ko‘pligiga qaramay, u oson va qiziqib o‘qiladi. Bobur asarda Movarounnahr,
Afg‘oniston, Xuroson, Eron va Hindistonning ko‘plab shaharlarini tilga olgan.
Andijon, Samarqand, Buxoro, Kobul, G‘azna, Balx, Badaxshon, Dehli, Delavpur,
Lohur shaharlarining geografik joylashishi, o‘sha davr xo‘jaligida tutgan o‘rni
haqida ma'lumotlar qoldirgan.
U tilshunoslikka doir maxsus asar yozmagan bo‘lsa ham, lekin o‘zining
qomusiy asari bo‘lgan «Boburnoma»da tilshunoslikka doir bir qator qimmatli
fikrlarni bayon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |