I
Q4.35-shakl
Takrorlash uchun savollar
Rezba qanday parametrlari bilan aniqlanadi?
Amalda rezbali buyumlar qanday asboblar yordamida tayyorlanadi?
Rezba qanday xossalari bo‘yicha tasniflanadi?
Sterjen va teshikda mavjud rezba chizmada qanday tasvirlanadi?
Qanday standart rezbalarni bilasiz? Ular qanday shartli belgilanadi?
Rezbalarni shartli belgilashga uning qaysi parametrlari kiradi.
Chizmada rezbalar qanday belgilanadi? .
Qanday rezbali standart buyumlami bilasiz?
Bolt chizmada qanday tasvirlanadi?
Shpilka nima va u chizmada qanday tasvirlanadi?
Vintlarning qanday turlarini bilasiz?
Vintlar chizmada qanday shartli tasvirlanadi?
Gayka nima va u chizmada qanday shartli belgilanadi?
Trubosilindrik rezbaning asosiy oMchamlari nimalardan iborat?
Duyumli rezba nima va u chizmada qanday belgilanadi?
§. Birikmalar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
Birikmalar ikkiga bo‘linadi: ajraladigan va ajralmaydigan. Birikma tarkibidagi detallarni sindirmasdan, yormasdan, qayirmasdan ya’ni shikast yetkazmasdan boMaklargaajrati Isa, ajraladigan birikma deyiladi. Birik- mani tarkibidagi detallarni shikast yetkazmasdan bo‘laklarga ajratish imko- ni bo‘lmasa, ajralmaydigan birikma deb ataladi. Ajraladigan birikma o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: qo‘zg‘almaydigan birikma va qo‘zg‘aladigan birikma. Qo‘zg‘almaydigan birikmaga barcha rezbali birikmalar (boltli, shpil- kali, vintli, fitingli birikmalar) kiradi. Qo‘zg‘aladigan birikma esa shponkali, shlitsali va shtiftli birikma turlarigabolinadi.
Ajralmaydigan birikmaga payvand birikma, mix parchin birikma va kavsharlash, kleylash yordamida hosil qilingan birikmalar kiradi.
§. Boltli birikma
Boltli birikmada birikuvchi detallar, bolt, shayba, gayka zaruriyat bo‘ lganda shplintdan foydalaniladi. Bolt va gaykalar bosh ko‘rinishda ularning uchta yoklari ko‘rinadigan qilib j oy lashtiri lad i. GOST 2305-96 bo‘yicha bolt, vint, shpilkalar bo‘ylama qirqimda kesilmagan holda tasvirlanadi. Gayka va shaybalar ham yig‘ma chizmada kesilmagan holda tasvirlanadi. Bitta detaining barcha tasvirlardaqirqim shtrixovkasi qiyaligi birtomonga bo‘lishi kerak.
Boltli birikmada mahkamlash detallari 5.1 -shaklda ko‘rsatilgandek shartli o‘zaro bog‘lanishda chiziladi. Bolt uzunligi uning oxirini gaykadan chiqib turgan qismi (K)ni hisobga olgan holda tanlanadi. Boltning uzunligini hiso- blash fonnulasi: | b=m+n+Ss|+H+K;buyerdam van birikuvchi detallar qalinligi; H gaykaning balandligi, Ssh shaybaningqalinligi,hisoblash natijasida kelib chiqqan son qiymati GOST 7798-96 da keltirilgan jadval bilan sol- ishtirilib, jadvaldan ungayaqini tanlab olinadi. Rezbaning uzunligi esa birik- mani mustahkamlik shartidan kelib chiqib tanlanadi. Ehtiyoj chorasi hisobga olingan rezba Ne > 2Ssh. Boltli birikma chizmasiga faqat uchta o‘lcham qo‘yiladi: rezba diametri, bolt uzunligi va birikadigan detallar teshigining diametri.
GOST 2315-96 bo‘yicha yig‘ma chizmada mahkamlash detallari soddalashtirib (5.2-shakl) yoki sterjen diametri 2 mm va un-
Shartli
tasvir
i
Do'stlaringiz bilan baham: |