1
7- LABORATORIYA MASHG’ULOTI
REDUKTORNI YIG’ISH TEXNOLOGIK JARAYONINI O’RGANISH
1.UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1. Ishdan maqsad.
Reduktorni yig’ish jarayoni bilan tanishish.
1.2. Kerakli jihozlar va asboblar.
1. Bir pog’onali reduktor.
2. Shtangensirkul (bo’linish qiymati 0,1 mm).
3. Yig’ish jarayonini bajarish uchun asboblar to’plami.
4. Reduktorning yig’ma chizmasi.
2. ISHI BAJARISH UCHUN KERAKLI MA’LUMOTLAR
VA KO’RSATMALAR
Mashina va mexanizmlarni yig’ish texnologik jarayoni, texnik talablarga
to’laligicha javob beruvchi tayyor buyumlarni olish maqsadida, muayyan bir
ketma-ketlikda detallarni biriktirish bo’yicha operatsiyalarning yig’indisini
namoyon etadi.
Har qanday yig’ilayotgan mashinaning birlamchi elementi bo’lib detal
hisoblanadi. Hech qanday birikmasi bo’lmagan mashinaning qismi detal deb
yuritiladi.
Mashinaning boshqa elementlaridan alohida mustaqil ravishda yig’ilgan
mashinaning tashkil etuvchi qismiga uzel deyiladi. Ular bir-birlari bilan birikuvchi
detallar, payvandlash yoki boshqa biriktirish turlari orqali bog’langan bir qancha
detallar yoki bir qancha oddiy poduzellardan tuzilgan bo’lishi mumkin.
Yig’ish jarayoni boshlanishining asosiy elementi baza uzeli yoki baza detali
deyiladi. Baza detali unga boshqa birikadigan detallar yoki uzellar xolatini
aniqlaydi.
Zamonaviy mashinasozlikda yig’ish uzelli va umumiy yig’ishga bo’linadi.
Uzelli yig’ish deyilganda gruppali va gruppacha yig’ish ketma-ketligi, umumiy
yig’ishda esa mahsulotni tayyor kurinishga yig’ib keltirishga tushuniladi. Uzelli va
umumiy yig’ish texnologik sxemalar odatda aloxida tuziladi. Ularda uzel va
buyumlarni butunicha komplektlash ketma-ketligi keltiriladi. Bunday yig’ishlar
yig’ish chizmalari asosida o’tkaziladi.
Har bir uzel uchun yig’ish texnologik jarayonining operatsion kartalarini
to’ldirishdan tashqari, shuningdek yig’ish sxemasi xam tuziladi. Detal belgilari
yig’ish sxemasida to’g’ri to’rt burchaklar bilan belgilanadi. Ularning yuqori
qismida detalь yoki uzelning nomi, pastki qismida esa ularning miqdori yoki holat
raqami ko’rsatiladi. Yig’ish sxemasida baza detali to’g’ri to’rt burchakdan
2
boshlanib, to’g’ri chiziq bilan davom etadi. Bu chiziqqa yig’ish ketma-ketligi mos
ravishda yig’ilayotgan detallarning to’rt burchaklari qo’shiladi. Yig’ish sxemasi
yig’ilgan uzelni (yoki yig’ilgan buyum) ifodalovchi to’g’ri to’rt burchak bilan
tugallanadi. Kerakli paytlarda detal to’g’ri to’rt burchaklarini yig’ish chizig’i bilan
biriktiruvchi chiziqlarda qo’shimcha texnik ko’rsatmalar tushiriladi. Misol o’ralsin,
presslansin, muvozanatlansin, parmalansin, razverkalansin, birgalikda shiftlansin,
kompensator moslansin va boshqalar (9.1-rasm).
Mashina detallari uzellarining va mexanizmlarining o’zaro joylashishi va
aniqligi saqlanishi kerak. Yig’ish aniqligi kompensatorsiz va turli xil turdagi
kompensatorlar yordamida bajarilishi mumkin. Kompensatorsiz detalni yig’ishda
asosiy yuzalar qo’shimcha moslashlar va zo’rlashlarsiz o’sha xolatiga
joylashtiriladi. Bunga detal o’lchamlari dopusklariga yuqori talalablar qo’yilganligi
tufayli erishiladi.
Kompensatorlarni qo’llash bilan ishlov berilgan detalning mexanik ishlov
berishga dopusklar keng chegarada bo’lishi mumkin. Bu esa detallarni tayyorlash
tannarxini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |