§. Xrapovikli (to‘sqichIi) mexanizm
Xrapovikli mexanizm aylanma harakatni uzib-uzib (to‘xtab-to‘xtab) bir yo‘nalishga berish va yuk koMaradigan mashina hamda boshqa yuk koMaradigan moslama va ayrim asboblarda barabanni teskari tomonga aylanishini oldini olish uchun qoMlaniladi. Bu mexanizm xrapo- vik gMldiragi va sobachka (tish)dan tashkil topgan (7.35-shakl). Xrapo- vikgMldiragi o‘ziga xos shaklda tish chiqarilgan gMldirak boMib, uning tish profili tishli gMldirakning tish profilidan farq qiladi.
Sobachkaning uchi xrapovik g‘ ildiragining tishlari orasidagi chuqur- chaga kirib, valni teskari yo‘nalishga harakat qilishiga to‘sqinlik qiladi. Xrapovik gMldiragi, shaklda ko‘rsatilgan strelka yo‘nalishda aylangan- da sobachka uning tishlari orasidan chiqib, tishlar cho‘qqisi sirtida sir- panibturaveradi.
Sobachkaning ilmoq shaklidagi qismi tiralib turadigan xrapovik gMldiragi tishin- ing ishchi qismiyo‘nalishi, xrapovik gMldiraginingradiusi bilan ustma-ust turmaydi,
ular orasidagi burchak (3 (12 ^ 15°) ni tashkil qiiadi. Shu sababli xrapovik gMldirak shaklda ko‘rsatilgan strelkayo‘nalishigateskariburalganda, sobachka o‘zining og‘ irligi yoki pruj inaning ta’siri ostida xrapovik g‘ ildiragi tishining sirti ustiga, so- bachkaningtayanch sirti sirpanib borib tishning ishchi qismi sirtiga tiraladi va nati- jada, xrapovik g‘ ildiragi to‘xtaydi. Sobachka o‘z-o‘zidan chuqurchadan chiqib ket-
maydi. ф burchak 55-^60°oralig‘idabo‘ladi.
§. Xrapovikli mexanizm chizmasi
Tishli ilashmalardagi g'ildirak kabi xrapovik g‘ildiragi uchun ham modul (m) asosiy hisoblash parametri hisoblanadi. Xrapovik gMldiraginmg parametrlarini belgilash tishli ilashmalardagi g‘ildirakning parametrlarini belgilashdek boMadi.
Xrapovik gMldiragi tishlarining qadami (t) tishlar cho‘qqisi aylanasi bo‘yicha oMchanadi: t= 71 m.
Xrapovik gMldiragi tishlari balandligi h=0,75m.
Cho‘qqilar aylanasi diametri
da = mZ, bu yerda Z-tishlar soni.
Tubi aylanasi diametri df =m(Zrl,5).
Xrapovikli mexanizm chizmasini chizishda (7.35-shakl):
cho‘qqilar aylanasi asosiy tutash chiziq bilan chiziladi;
-tublar aylanasi ko‘rinishda gMldirak o‘qiga perpendikular tekislikdagi proek- siyada ingichka tutash chiziq bilan, qirqimda esa asosiy tutash chiziq bilan chiziladi;
qirqimda sobachka tishi xrapovik gMldiragi tishi oldida tasvirlanadi;
chizmada xranovikning bittayoki ikkita tishi profili ko‘rsatiladi.
Takrorlash uchun savollar
Uzatmalar nima? Ularning qanday turlarini bilasiz?
Friksion uzatmalaming qanday xillarini bilasiz?
Tasmali uzatmalarni qanday turlari mavjud?
Z anjirli uzatmalar qaysi sohalardaqo‘llaniladi?
Tishli uzatmalaming qanday turlari mavjud?
Silindrik tishli gMldirakning asosiy parametrlari nimalardan iborat?
Tishli gMldirakning moduli nima?
Tishli gMldirakning qaysi parametrlariga asosan moduli aniqlanadi?
Silindr tishli ilashma chizmasi qanday tartibda bajariladi?
Konussimon tishli gMldirakning asosiy parametrlari nimalardan iborat?
Konussimon tishli g‘ ildirakning moduli qaysi parametrlariga asosan aniqlanadi?
Chizmada yetaklovchi va yetaklanuvchi g‘ ildiraklar qanday aniqlanadi?
Chervyak va chervyakli gMldirak nima?
Chervyak tishli uzatma chizmada qanday tartibda bajariladi?
Xrapovikli mexanizm nima? Uning chizmasi qanday tartibda bajariladi?
Qaysi vaqtda reykali uzatmalardan foydalaniladi?
bob. YIG‘ISH CHIZMALARI
§. Buyum va uning tarkibiy qismlari
Mashinasozlik sanoatida ishlab chiqarish buyumlarini loyihalash jarayon- ida chizmalami bajarishga va hujjatlami tayyorlashda GOST talablariga amal qilinadi. Barcha sanoat tarmoqlarida buyum turlarining konstruktorlik huj- jatlarini bajarish GOST 2101-96 da belgilangan. Korxonada tayyorlangan predmetyoki predmetlar komplektiga buyum deb aytiladi. Masalan, bolt, elektrodvigatel, avtomobil vahokazo.
Amalda ikki xil buyum tayyorlanadi: asosiy vayordamchi ishlab chiqarish buyumlari. Asosiy ishlab chiqarish buyumlarigarealizatsiya qilish (sotish)ga moMjallangan buyumlar kiradi. Masalan, avtomobil zavodi ishlab chiqaradi- gan avtomobil, stanoksozlik zavodi ishlab chiqaradigan parmalash stanogi, asbobsozlik zavodi ishlab chiqaradigan parma va hokazo. Yordamchi ishlab chiqaradigan buyumlariga korxonaning o‘zini ehtiyoj i uchun ishlab chiqaril- adigan buyum; asbob, moslama, qolip, shablon (andoza)lar va shunga o‘xshashlar korxonaning o‘zida tayyorlanib, asosiy ishlab chiqarish buyum- lari tayyorlashga mo‘ljallangan boMadi.
GOST 2101 -96 da quyidagi buyumlar belgilangan: detal, yig‘ma birlik, kompleks va komplektlar.
Tarkibiy qismi bo‘lmagan ya’ni yig‘ish operatsiyalardan foydalanmasdan tayyorlangan buyum detal deyiladi. Detal bir xil markali materialdan tayyorlanadi.
Yig‘ma birlik, kompleks va komplektlar ikki va undan ortiq tarkibiy qism- dan iborat bo‘ladi. Tarkibiy qismlami tayyorlovchi korxona yig‘ish operatsi- yasini (rezba yordamida burab, payvandlab, kavsharlab, yelimlab va shunga o‘xshashlami) bajarib hosil qilishi lozim boMgan buyum yig‘ma birlik deb aytiladi.
Ikki va undan ortiq yig‘ma birlikdan iborat bo‘lib, tayyorlovchi korxona yig‘ish operatsiyasini bajarib biriktirmaydigan, lekin o‘zaro bog‘liq holda ekspluatatsiya qilish funksiyalarini bajarish uchun moMjallangan buyum kompleks deyiladi. Masalan, stanoklarning potok liniyalari, to‘qimachilik fabrikasida paxtani transport yordamida tashish uchun ventilyatsiya mosla- masi, avtomatik telefon stansiyasi va hokazo.
Tayyorlovchi korxonada ikki va undan ortiq buyumlar yigMsh operatsiy-
alari bilan biriktirilmagan, lekin qo‘shimcha xarakterdagi umumiy vazifaga ega bo‘ lgan buyumlar to‘plamiga komplekt deyiladi. Masalan, avtomobil uchun jihozlar vaasboblar komplekti, silliqlash (shlifovka qilish) stanogining ehtiyot qismlari komplekti.
Do'stlaringiz bilan baham: |