Мавзу: Zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda ijobiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda ijtimoish jarayonlarning o‘rni. I kirish zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda


Yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish mamlakat taraqqiyotining asosidir



Download 55,11 Kb.
bet4/8
Sana26.02.2022
Hajmi55,11 Kb.
#468572
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Худанова Шахноза

2.3.Yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish mamlakat taraqqiyotining asosidir
Yoshlar – bu izlanuvchi, mamlakatimiz taraqqiyotining ishonchli suyanchi. Ularning qanchalik bilimdonlik, o‘z xalqiga, Vataniga sodiqlik bilan faoliyat olib borishi asrlar davomida kutilgan orzu-umidlarimizning ijobiy natijasini beradi. Shunga ko‘ra, yuksak madaniyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalash lozim. Yoshlarimiz qanchalik zaruriy imkoniyatlarga ega bo‘lsa, o‘zini yurti, xalqi jonkuyari deb bilsa, ularda shunchalik yurtimizning barcha sohalarida istiqbolli faoliyat yuzaga keladi. Yoshlarimiz xalqimizning, mamlakatimizning, xalqaro obro‘-e’tiborimizning suyangan imkoniyatidir. Bugun jonajon O‘zbekistonimizning xalqaro miqyosda obro‘ topib, taraqqiyotda yangilanib, tobora rivojlanib borayotganida ham yoshlarimiz kuch-qudratining, ijodkorligining o‘ziga xos ifodasi mujassamdir. Niyati ulug‘ insonning, xalqning hayoti yorug‘, kelajagi farovon bo‘ladi. Mamlakatimizning porloq istiqbollari haqida yuksak maqsad va rejalar belgilangan. Bu yo‘nalishda, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 406-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yil 19 martda ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim besh tashabbus”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F sonli Farmoyishi muhim ahamiyatga ega. Taraqqiyot rejalarining samarali ijrosini ta’minlash maqsadga erishishning aniq mazmuni bo‘ladi. Yoshlarning ta’limtarbiyasiga, unumli faoliyatiga barakali sifat beradigan, ular uchun jonkuyarlik va fidoyilik bilan amaliy munosabatdagi barcha muassasalar, boshqarmalar, korxona-tashkilotlar zimmasida yuksak ma’suliyatlar, qarzdorlik, insonparvarlik burchlari mavjud. Yoshlarning kelajak istiqboli ravshanligini ta’minlashga barcha tarmoq va sohalar mas’uldir. Ba’zisi ta’lim-tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lsa, boshqa biri iqtisodiy barkamollik bo‘yichadir. Ana shunday zaruriy vazifa va burchni amalga oshirish uchun inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bo‘lgan tafakkurini yoshligidanoq sog‘lom boyitmoq lozim, chunki tafakkur – bu voqelikning ongda aks etish jarayoni. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning mamlakatimizda maktabgacha ta’lim yo‘nalishida davlat boshqaruvi siyosati darajasida ish olib borayotganligi bir olam mazmun-mohiyatga ega. Tafakkur orqali fikr yuzaga keladi. Fikr esa inson ongida hukm va tushunchalar shaklini oladi, nihoyat u xulosa bo‘lib yuzaga chiqadi. Farzandning iqtidorli, qobiliyatli, sog‘lom, xalqimiz istiqboli uchun jonkuyar inson bo‘lib voyaga yetishishida uning hayotdan olgan tarbiyasi, ta’limi muhim ahamiyaga ega. Mamlakatimizda belgilangan yuksak istiqbolning ijrosida ta’lim-tarbiya olib boruvchi mutaxassislarning samarali faoliyat yuritishi qattiq nazoratga olingan. Ularning unumli faoliyati uchun davlatimiz tomonidan zaruriy imkoniyatlar, sharoitlar yaratilgan. Shunga ko‘ra, yoshlar tafakkurini boyitishda ular uchun ishlarni har taraflama yangicha mazmunda olib borish talab etiladi. Masalan, ularga alohida istirohat bog‘lari tashkil etish, unda sport, kutubxona, amfiteatr, kitobxonlik, internetdan ijobiy foydalanishni bilish kabi tafakkurni boyitadigan imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ko‘rsatilgan “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Obod qishloq”, va “Obod mahalla” dasturlarining qabul qilinganligi, o‘z o‘rnida, yoshlar ta’lim-tarbiyasida yangi-yangi ijobiy imkoniyatlarni yaratmoqda. Murojaatda yoshlar bilan ishlash masalasi bundan buyon ham eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qolishi belgilangan. Yoshlarning turli zararli g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik asosiy vazifalardan ekanligi ko‘rsatilgan. Chunki yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlatimiz siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Yoshlar faoliyatida davlat siyosatini amalga oshirish – asosiy maqsadlardan biridir. Shunga ko‘ra, davlatimizda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil etildi. Uning huquqlari davlat rahbarligida munosib imkoniyatlarni qamrab oladi. Yoshlar faoliyatida davlat siyosatini amalga oshirish – asosiy maqsadlardan biridir. Yoshlarimiz uchun yaratilayotgan keng qamrovli imkoniyatlardan yana biri bu ularning xorijdagi tengdoshlari bilan har taraflama faol munosabatdosh bo‘lishiga yo‘l ochilgani bo‘ldi. Bunday harakat va uning amaliy natijasi yurtimiz istiqbolini yanada boyitishga xizmat qiladi. Hozir yoshlarimiz bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatiga ega. Bu ularning porloq istiqboli uchun imkoniyatlarning kengayayotganidan dalolatdir. Hozir mamlakatimizda 35 million aholi mavjud. Tabiiyki, uning soni to‘xtovsiz o‘sib boradi. Aholi soni o‘sib borishi bilan ularning hayotiy ehtiyojlari ham o‘sib boradi. Davlatimizda mana shu qonuniyatlarni e’tiborga olgan holda dasturlar belgilangan va uning ijrosi qattiq nazoratga olingan. Mana shu muhim va zaruriy yo‘nalish bo‘yicha yoshlar istiqbolini o‘ylab ish ko‘rishmog’imiz, yoshlar Vatanning, millatning, xalqning farzandi degan nomni ulug‘lab hayot kechirishi zarur.

Download 55,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish