Мавзу: Zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda ijobiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda ijtimoish jarayonlarning o‘rni. I kirish zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda



Download 55,11 Kb.
bet1/8
Sana26.02.2022
Hajmi55,11 Kb.
#468572
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Худанова Шахноза



Мавзу: Zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda ijobiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda ijtimoish jarayonlarning o‘rni.

I KIRISH Zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda ijobiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda ijtimoish jarayonlarning o‘rni ritmikaning nazariy asoslari
II Asosiy qism: Intellektual yoshlar qo’ab-quvvatlash davlatning asosiy siyosati
2.1.Intellektual yoshlar salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan davlat siyosati
2.2.Yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish istiqbollari
2.3. Yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish mamlakat taraqqiyotining asosidir
2.4. Talaba-yshlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishda milliy qadriyatlarning ahamiyati
2.5. Yoshlarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish
2.6. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish yo‘llari
UMUMIY XULOSALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


Kirish
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kundanoq, ayniqsa, so‘nggi yillarda ma’naviyat va ma’rifat masalalariga, ta’lim tizimini takomillashtirib, uni jahon andozalariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ibratli ishlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida (1997 yil 29 avgust) «Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunning qabul qilinishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Bu muhim xujjatlar istiqboliy xarakterga ega bo‘lib, ular mamlakatimiz ta’lim tizimini takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Shunday ekan «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inkirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartarof etishning yo‘llari va choralari» va «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarlarini o‘rganish, moliyaviy-iqtisodiy va ma’naviy yuksaklikni O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limida to‘g‘ri tushuntira bilish bo‘lajak bakalavr-pedagog kadrlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ta’lim tizimini isloh qilib, uni jahon ta’lim standartlariga muvofiqlashtirishda yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishga Milliy dasturda alohida e’tibor berilgan. Jumladan: «…yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish, o‘qitishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distansion ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish» haqida so‘z yuritilgan. Kadrlar tayѐrlash milliy dasturidan kelib chiqqan holda pedagogik tizimni takomillashtirish va pedagogik texnologiyani ta’lim tarbiya jaraѐniga muvafaqqiyatli tadbiq etish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini jahon standartlari talablariga muvofiqlashtirish va o‘qitishning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatdiki, ta’lim-tarbiya bilan barcha, ya’ni butun jamiyat a’zolari shug‘ullanishlari zarur. Bu mas’uliyatli va sharafli ishda bog‘cha tarbiyachisi, maktab va oliy o‘quv yurti muallimlari bilan bir qatorda jamiyatning bilimli va obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan a’zolari, oliy ma’lumotli mutaxassis va rahbar xodimlar ham o‘z hissalarini qo‘shishlari kerak. Chunki ular o‘zlarining bilimlari va yuqori malakalari bilan o‘z mehnat jamoalarida katta e’tiborga egadirlar, shu bilan birga hamma joyda o‘z nutqlari bilan insonlarga ta’sir o‘tkaza oladilar. «Ta’lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, — degan edi yurtboshimiz — uning mazmunini lo‘nda qilib ifoda etish mumkin: bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak... Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalanadi»1. Bozor munosabatlari sharoitida bizga mustaqil fikr yurituvchi, erkin, tashabbuskor, tadbirkor va milliy g‘ururga ega bo‘lgan shaxslar kerak. Bunday kishilarni tarbiyalash uchun xalqning tarixiy shakllangan ma’rifiy madaniyatidan kelib chiqib, umuminsoniy pedagogik qadriyatlarga tayanuvchi milliy pedagogika fanini shakllantirish va bu fanni barcha oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish zarur. Ammo shu vaqtgacha xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun mutaxassis tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya berish sirlarini o‘rgatuvchi pedagogika fani o‘qitilmagan edi. Bu ijtimoiy hodisani Prezidentimiz Islom Karimov chuqur his etgan holda jamiyatimiz istiqlolining birinchi yillaridan boshlab nopedagogik oliy o‘quv yurtlarida pedagogikadan bilim berishni tavsiya etdilar. O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dagi yetakchi vazifalaridan biri ta`lim-tarbiya sifatini ko`tarish, ta`lim mazmunini yangilash, yosh avlodni aqliy intellektual taraqqiyotini ta`minlashga yo`naltirilgan uzluksiz ta`lim tarbiyaning yangi modelini ilmiy-pedagogik jihatdan ta`minlangan holda muntazam takomillashtib borishdan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezdenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida ta'lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta'limnin yangi, zamonaviy usullarini jumladan, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimiz kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydilar. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni hamda Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasida ta`kidlanganidek, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatuvchi, ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullarni qo`llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang`ich talimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun esa yangi pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga olib kirish lozim. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang`ich sinf o`quvchisining rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. O'quv jarayonida ta'lim oluvchilar va pedagoglar o'rtasida o'ziga xos munosabatlar o'rgatilib bu jarayon ikki tomonning birgalikdagi faoliyati natijasida boradi. Shuning uchun ham ta'lim jarayoni ikki tomonlama harakterga ega deyiladi. Pedagoglar va talabalarning faollik darajasi ta'lim jarayonining samarasini belgilaydi. Albatta, bu jarayonda pedagog yo'naltiruvchi sifatida maydonga chiqadi. Pedagog aniq maqsadni ko'zlab reja va dastur asosida bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantiradi. Talabalar esa ularni faol o'zlashtirib olishlari kerak. Darslarda yangi materialn i bayon etishda o‘qituvchi go‘yo eshittirib fikrlaydi, bunda u o‘quvchilarga bilim beribgina kolmasdan, ularga mantikan fikrlash, fan muammolarini hal qilishga ijodiy yondoshish uquvlarini singdiradi. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun bilimlar manbai va o‘quv jarayonini raxbarigina emas, balki taklid qilish uchun namuna xamdir. O‘qituvchini o‘qitishning texnika vositalari bilan almashtirish o‘quv jarayonida juda muhim narsani – o‘quvchiga pedagog shaxsning ta’sirini chikarib tashlaydi, bu esa o‘quv jarayonini juda kambagallashtirib yuboradi. Barcha texnika vositalarining, shu jumladan, o‘qitish mashinalarining ham imkoniyatlari cheklangan – ular faqat o‘qituvchining o‘quvchilarga kursatadigan ta’sirini oshiradigan quroldir.
O'zbekiston Respublikasi Prezdenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida ta'lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta'limnin yangi, zamonaviy usullarini jumladan, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimiz kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydilar. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni hamda Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasida ta`kidlanganidek, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatuvchi, ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullarni qo`llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang`ich talimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun esa yangi pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga olib kirish lozim. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang`ich sinf o`quvchisining rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'limning asosiy vazifalaridan biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan-texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, axborotlar hajmi tobora oshib borayotgan bir davrda ta'lim tizimi talabalarga berishili kerak bo'lgan bilimlar, malaka va ko'nikmalar hajmini belgilash hamda bu jarayonda qaysi omillarni hisobga olish kerak degan masalalarni echimini topish ustida bosh qotirmoqda.

Download 55,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish