Мавзу: Zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda ijobiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda ijtimoish jarayonlarning o‘rni. I kirish zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda


Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish yo‘llari



Download 55,11 Kb.
bet7/8
Sana26.02.2022
Hajmi55,11 Kb.
#468572
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Худанова Шахноза

2.6. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish yo‘llari
O‘zbekistonda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi”ni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bilan ta’limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali modernizatsiya qilingan ta’lim standartlarining to‘liq bajarilishini ta’minlash dolzarb muammolardan biridir. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolotlovchi pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanib, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish orqali ularni o‘z Vatani va xalqiga sadoqatli, mustaqil va ijodiy fikrlovchi, vijdonli va irodali inson bo‘lib yetishishlari uchun pedagogik jarayonni rivojlantirish lozim. Tanqidiy fikrlash bu – XXI asr talablarini muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishimizga imkoniyat yaratuvchi, o‘rganayotgan va bajarayotgan ishimizni yanada chuqur anglashimizga yordam beruvchi ijobiy ko‘nikmadir. Tanqidiy fikrlashga o‘rgatish Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bayon etilgan yuqori kasbiy madaniyatli, ijodiy va ijtimoiy faol hayotda o‘z o‘rnini topa oladigan malakali kadrlarni shakllantirish vazifasini hal qilishga ham mos keladi. Xo‘sh, shunday bo‘lsa, tanqidiy fikrlashning o‘zi nima? Adabiyotlarda bu tushunchaga berilgan turli xil ta’riflarni uchratish mumkin. Bu tushuncha haqida gapirishdan oldin, ayrim aqliy faoliyat ko‘nikmalarini ko‘rib chiqaylik, lekin ularni tanqidiy fikrlash deb bo‘lmaydi. Esda saqlash – eng muhim fikrlash jarayoni bo‘lib, busiz o‘quv jarayonini amalga oshirib bo‘lmaydi, lekin u tanqidiy fikrlashdan tubdan farq qiladi. Kompyuterning xotirasi har birimiznikidan anchagina yaxshi, lekin esda saqlash tanqidiy fikrlashni bildirmaydi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar har qanday fikrlashdan ko‘ra xotirani rivojlantirishni yuqoriroq qadrlaydilar, nazorat ishlari va imtihonlarda, asosan, talabalar xotirasi ko‘lami tekshiriladi. Lekin tanqidiy fikrlash tarafdorlari esa aqliy faoliyatning murakkabroq turlarini nazarda tutadi. “Tanqidiy fikrlash” atamasidan pedagogik muhitda anchadan beri foydalanib kelinadi va turli pedagoglar buni turlicha tushunadilar. Ko‘pchilik o‘qituvchilar va metodistlar uchun tanqidiy fikrlash “yuqori tartibdagi” fikrlashni bildiradi – yuqori degani shu ma’nodaki, u Benjamin Blum tizimiga ko‘ra, o‘rganish qobiliyatlarining so‘nggi oliy pog‘onasida turadi. Faylasuflar tanqidiy fikrlash deganda, odatda, mantiqiy fikrlash va isbotlash ko‘nikmalarini tushunadilar, uning yordamida talabalar diqqat bilan o‘qish, chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o‘z fikrlarini aniq va o‘ylab ifoda etish imkoniga ega bo‘ldilar. Charlz Templ, Kert Meredist, Djinn Stillarning “O‘qish va yozish orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish” (O‘YOTF) loyihasida quyidagilar ta’kidlanadi: “Odam tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g‘oyalar bilan tanishadi, ularni amalga oshirishdagi mumkin bo‘lgan oqibatlarini ham e’tiborga oladi. Bunda odam bu g‘oyalarni, dastlab, ma’lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va qarama- qarshi nuqtai nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun qo‘shimcha mulohazalar tizimidan foydalanadi va bular asosida o‘z nuqtai nazarini ishlab chiqadi”. Tanqidiy fikrlash – g‘oya va imkoniyatlarning ijodkorlik bilan uyg‘unlashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta qurishdek murakkab jarayondir. Bu faol va interaktiv bilishning bir necha darajalarida bir vaqtda ro‘y beradigan jarayon ham bo‘lib hisoblanadi. Tanqidiy fikr egasiga hiyla-nayranglar kamroq ta’sir qiladi, o‘zining shaxsiy qarashlari tizimi bo‘lgani uchun ular turli xavf-xatardan xoli bo‘ladilar. Tanqidiy fikrlashda g‘oyalar va ularning ahamiyati ko‘p fikrlilik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi hamda ular boshqa g‘oyalar bilan taqqoslanadi. Bu fikrlashning eng yuqori darajasi aqliy faoliyat bo‘lib, unda tahlil, taqqoslash, izohlash, qo‘llash, tortishuv, yangilik, muammolarni hal qilish yoki fikrlash jarayonini baholashga alohida e’tibor beriladi. Tanqidiy fikrlash muloqot va guruh bilan ishlash malakalarini rivojlantiradi. Tanqidiy fikrlash ta’lim jarayoniga jo‘shqinlik baxsh etadi, mashg‘ulotlarni o‘qituvchi va o‘quvchi uchun quvonchga aylantiradi. Tanqidiy fikrlashni paydo qilish uchun quyidagilar bo‘lishi kerak: - o‘quvchida o‘ziga xos nuqtai nazarni paydo qilish; - bir fikrdan boshqasining afzalligini asoslash mahorati; - murakkab muammolarni yechish mahorati; - bahsni dalillab olib borish; - yagona fikrni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlash mahorati; - qarashlar va tasavvurlarga hayotiy tajriba qanday ta’sir qilishini tushunish. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu ma’lum yosh davrida o‘rgatish tugallanishi va unutilishi mumkin bo‘lgan masala ham emas. Tanqidiy fikrlashga olib boradigan aniq-ravshan yo‘llar yo‘q. Biroq o‘qitish shartlarining muayyan to‘plami borki, uning yordamida tanqidiy fikrlashni tarbiyalash mumkin. Jumladan, quyidagi shartlar zarur:
1.Tanqidiy fikrlash tajribasini orttirishga vaqt va imkoniyat berish.
2.O‘quvchilarga fikrlash imkoniyatini berish. 3.Turli g‘oya va fikrlarni qabul qilish. 4.O‘quv jarayonida o‘quvchilarning faol qatnashishlariga imkon berish. 5.O‘quvchilarni ularning ustidan hech kim kulmasligiga ishontirish.
6.Har bir o‘quvchini u tanqidiy mulohaza yuritishga qodir ekanligiga ishontirish. 7.Tanqidiy fikrlash paydo bo‘lishini qadrlash. Shu bilan birga, o‘quvchilar:
1.O‘z-o‘ziga ishonchni rivojlantirib, o‘z g‘oya va fikrlarining ahamiyatini tushunishlari zarur.
2.Ta’lim jarayonida faol qatnashishlari lozim.
3.Turli fikrlarni hurmat bilan eshitishlari kerak.
4.O‘z mulohazalarini shakllantirishga tayyor bo‘lishlari yoki undan o‘zlarini tiyishlari lozim.
Tanqidiy fikrlashning elementlari quyidagilardan iborat: - tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir; - axborot – tanqidiy fikrlashning boshlanishidir; - tanqidiy fikrlash savolning qo‘yilishi va hal qilinishi zarur bo‘lgan muammoni aniqlashdan boshlanadi; - tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi; - tanqidiy fikrlash – ijtimoiy fikrlashdir. Amerikalik faylasuf va pedagog J.Dyuining aytishicha, agar o‘quvchilar muayyan muammo bilan shug‘ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. “O‘quv jarayonining boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga tegishli bo‘lgan eng muhim savol bu hodisa qanday muammoni vujudga keltirishini anglatadigan savoldir”. “Faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan ham fikrlaydi”. Bundan xulosa qilish mumkinki, o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rar ekan, o‘quvchilar to‘qnashishi mumkin bo‘lgan muammolar doirasini aniqlashi, so‘ngra esa, o‘quvchilarni bu muammolarni o‘zlari mustaqil ravishda shakllantirishiga tayyorlashi zarur. Tanqidiy fikrlash tufayli o‘qish ana’naviy ishidan aniq maqsadga yo‘nalgan, mazmunli faoliyatga aylanadi hamda bu faoliyat davomida o‘quvchilar haqiqiy aqliy ish bajarib, haqiqiy hayotiy muammolarni hal qiladilar. Ular dalillar to‘plab, matnlarni tahlil qilib, teng kuchli nuqtai nazarlarni taqqoslab hamda jamoa imkoniyatlaridan foydalanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob izlaydilar va uni topadilar.

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Ijtimoiy tizimlaming bir-biri bilan o‘zaro uzviy aloqada bo'lishi dialektik
xarakterga ega edi. Shuning uchun aynan shu tizimda ishlab chiqarish kuchlari va
ishlab chiqarish munosabatlari, bazis va ustqurma, ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong
kabi falsafiy kategoriyalar ishlatiladi. Siyosiy iqtisod nazariyasining asoschisi A.
Smit jamiyat taraqqiyoti va rivojlanishini quyidagicha ifodalagan edi: «Danyodagi
barcha narsalar mehnatning mahsulidir, mehnat taqsimoti natijasida har bir individ
o‘zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun ishlashga ham majbur boMadi, u boshqalar
uchun ishlaganda. aksincha o‘zi uchun han ishlaydi». Biz sotsnologik nuqtainazardan jamiyat - bu birgalikda yashovchi kishilaming, olzaro bir-biri bilan ijtimoiy aloqada bo‘lib, o‘z faoliyatlarida bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi uyushmasidir. Jamiyat tashkil topishi uchun eng kamida lkki kishi bo‘lishi kerak va bular o‘zaro hamkorlikda bo‘lib turishlari kerak, bu jamiyatning oddiy ko‘rinishi bo‘lib, uning murakkab shakllalarini shakllantirib boradi, ya'ni oilaning qurilishi bu oddiy jamiyat, bu jamiyatda A.Smit ta’rifi bo‘yicha jamiyat a'zosi ham o‘zi uchun, ham o‘zga bir kishilar uchun ishlaydi, murakkab jamiyatni shakllanishiga o‘z oilasi bilan xissa qo‘shadi. Biz bu misollami yana partiyalar tuzilishida, diniy yoki zamonaviy
guruhlaming paydo bo'lishida ko‘rib borishimiz mumkin, qaysidir bir dinning
rivojlanishi natijasida dindorlar jamiyati oddiylikdan murakkablik sari boradi, partiya tashkilotlari va guruhlar tuzilishida ham aynan shunday ijtimoiy tizim
munosabatlarini ko‘rib borishimiz mumkin. Jamiyat tushunchasi va jamiyat to'g‘risidagi fikrlar O.Kontning sotsiologik
nazariyasida ham aks ettirilgan. O.Kont, D Yum, A.Smit, Russo, Sen-Simonlaming
jamiyat to‘g‘risidagi nazariyalarini rivojlantirdi. O.Kont sotsiologiyasida psixologiya, siyosiy iqtisod, etika, falsafa tarixi fanlariniig tushuncha va metodologiyasi, sintezlashtiriladi. Jamiyat, oila, xalq, millat barcha insoniyatning axloqiy xissiyotlarini qamrab olgan axloqiy xissiyotning organik natijasi deyiladi. Jamiyat o'zaro munosabatda bo‘lgan «zarrachalar», «elementlar», «atomlar»ning avtomatik harakatda bo’lgan mexanizmi deb qaraladi. Individ xatti-harakatlari va qiziqishlarini O.Kont abstraksiya deb hisoblaydi. Ijtimoiylikning ajralmas unsuri sifatida inson
emas, oilani olib, oila jamiyatnmg ijtimoiy organizmini birligini tashkil etadi, deydi.
Bu yerda kishilaming o‘zaro aloqadorligi («assotsiatsiya») emas, balki ajralmas
birligi hukmronlik qiladi, deb o‘z fikrlarini Kont davom ettiradi. Jamiyat to‘g‘nsidagi qarashlarini G.Spenser organistik (jamiyatni tabiatning
organizmini analogi deb qarab, ijtimoiy hayotni biologik qonuniyatlaming belgisi
sifatida qarash) ta'limot nuqtai-nazaridan olib qaraydi. Jamiyatning taraqqiyoti
biologiyaning yangi yutuqlan bilan shakllanib, rivojlanib boradi. Jamiyat a'zolari
jamiyat farovonligi uchun emas, balki jamiyat jamiyat a'zolari farovonligi uchun
xizmat qilishi kerak, deb Spenser individualizmi organitsistik konsepsnsiyasiga
yondoshadi, - insonni sotsiologiyaning eng asosiy muammosi sifatida olib qaraydi.
Jamiyat tabiat fenomenining umumlashmasi sifatida, uning taraqqiyoti(evolyutsiya)
differentsial bo‘laklar va funksiyalarning tabiiy jarayoni sifatida qaraladi.
Individualizmning axloqiy-ijtimoiy muammosi yangi muammo boiib,
differensiallashgan jamiyatda individ ham ishtirok etadi, evolyutsiya unga tug‘ulgan
muammoni yechishga ruxsat etib turadi. XIX asrda «jamiyat» tushunchasi yangi
ma'no bilan boyitiladi. Jamiyat taraqqiyotining mexanik strukturasi orgamk
strukturasi bilan birgalikda olib qaraladi. Muammoni yechish yo‘lini sotsiologlar
jamiyatning ikki yo'nalishini tarixiy nuqtai nazardan o‘rganib, ikki qarama-qarshi
tendensiyani: an'anaviy va zamonaviy jamiyat turlarini bir-biri bilan solishtirib
o‘rganadilar. Bunday jamiyat yo’nalishini Tyonnis va Dyurkgeym «status» va
«kontrakt» (shartnoma» dixotomik g‘oyalarini ilgari surgan holda o‘rganib
chiqadilar. Unda gipotetik tabiat» ko'rinish va «ijtimoiy sharmoma» ko‘inishining
ratsional tomonlari aks ettiriladi. Tyonnis o‘zining «jamoa» («gemaynshaft
uyushmasi) va «jamiyat» dixotomiyasida organitsistik metodologiya muammolashtirgan. Unmg konsepsiyasida individning umumiylikka yoki
individlaming ichki umumiylikka munosabatlari to'g risida fikr bormay, balki
individlaming o‘zaro munosabatining anglangan erkinliklanni bildiruvchi ijtimoiy
umumiylik to‘g‘risida so‘z boradi. Erkinlik yoki «mohiyatan» yoki «saylangan»
boMib, «mohiyat erkinligi» birligi (samost), «organizm va organik bo‘laklarga xos»
birlikni tashkil etadi, har bir bo‘lak ushbu birlikni aks ettiradi va jamoa gemaynshaft
uchun yashaydi. Aksincha, har bir ijtimoiy munosabatlar yuqori turuvchi,
qaramog‘ida ma'lum bir kuch va imkoniyatlarga ega bo‘lgan sun'iy mdividni
namoyon qilib, natijada jamiyat ijtimoiy umumiylik nuqtai nazardan fikr yuritadi».
Jamiyatni 2 xil tushunish to'g‘risidagi dihxotomiyada, ya'ai keng ma'noda «jamoa»ni
jamiyat tarkibiga qo‘shib va tor ma'noda «jamoa»ni jamiyat tarkibidan chiqarib,
Tyonnis turli xil ijtimoiy aloqa va ta'limotlarni tahlil qildi. Tyonnis davlat
tushunchasining jamiyat bilan o‘zaro aloqadorlikda ko‘radi, tanxiy taraqqiyot
jarayonida barcha yirik rivojlangan davlatlar «birlik» tendensiyasi sari intilib boradi
deb qaraydi. Bu bashoratni yoki oldindan ko'ra bilishm, har qalay hozirgi kunda
Evropa iqtisodiy ittifoqni tuzish uchun nvojlangan davlatlammg o‘zaro muzokaralar
olib bonb, ba'zi bir muvaffaqqiyatlarga erishganini hisobga oladigan bolsak, bu
nafaqat Tyonnisning, balki sotsiologiya fanining jamiyatm o‘rganishdagi yutug‘i, deb hisoblamoq mumkin.


Download 55,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish