Мавзу: Zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda ijobiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda ijtimoish jarayonlarning o‘rni. I kirish zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda


Yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish istiqbollari



Download 55,11 Kb.
bet3/8
Sana26.02.2022
Hajmi55,11 Kb.
#468572
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Худанова Шахноза

2.2.Yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish istiqbollari
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish hamda ularni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, yoshlarda axbarot telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimizdagi yosh avlod o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalariga jiddiy e’tibor qaratish va ijrosini ta’minlash maqsadida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. “Ommaviy madaniyat” va “Globallashuv” kabi muammolar jadal rivojlanayotgan va jamiyatimizga yopirilib kirib kelayotgan bir paytda, yoshlarimizning ma’naviy immunitetini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini unumli va mazmunli o‘tkazish har qachongidan-da dolzarb masala ekanini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Shu bois yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Buning isboti sifatida birinchi va to’rtinchini ko‘rishimiz mumkin. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishni oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Mazkur beshta tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda, ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalariga jiddiy yondashish maqsadga muvofiqdir.
Yoshlarning ma’nan va jismonan shakllanishiga hozirgi jamiyatda bir qancha omillar jiddiy ta’sir ko‘rsatadi: ilmiy-texnikaviy inqilob, olamni yangicha anglash, ijtimoiy ziddiyatlar, nizolar va h.k. Yoshlar ijtimoiy hayotga kirar ekan, bu jarayonda ular anchayin murakkab muammolarga ro‘baru kelishi, hatto jiddiy xavf-xatarlar markazida bo‘lishi ham mumkin. Bunday vaziyatda o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘z maqsad va xohish-istaklarini aniq bilishi, eng muhimi, kuchli iroda bilan mustaqil fikrga ega bo‘lib, bunday vaziyatlarda kurashish uchun har bir yigit-qiz o‘zida immunitet hosil qila olishi zarur. Yurtimizda aholining oltmish foizdan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil qiladi va bu yoshlarning jamiyatga qo‘shilib borishi, ta’lim-tarbiya jarayoni, ularning muammolarini ilmiy o‘rganish zarur ekanini anglatadi. Chunki XXI asr – axborot-texnologiyalari asri sifatida tarix bitiklaridan o‘rin egallay boshladi. Axborot tarqalishi tezligi rivojlanishining keskin sur’atlari bizning mamlakatimizda ham o‘z aksini topdi. Bu esa barcha sohalarda globallashuv jarayonini vujudga keltiradi. Shu nuqtayi nazardan, “Globallashuv – bu, avvalo, hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir”57 Mazkur jarayonni inobatga olib, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi va jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishiga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Shunday zarurat tufayli yurtimiz taqdirini ishonchli qo‘llarga topshirish uchun yoshlarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish, dunyoga yangicha yondashuv, teran aql va tafakkur kuchi bilan voqea va hodisalarni baholay oladigan, mas’uliyatni anglaydigan, loqaydlik va befarqlikka qarshi tura oladigan yoshlar tarbiyalanishi ushbu muammoni hal etishning muhim omilidir. Hozirgi kunda mamlakatimiz yoshlarida ijodiy tafakkurni rivojlantirish maqsadida yurtimizda faoliyat olib borayotgan tashkilotlar faoliyati sezilarli darajada o‘z samarasini ko‘rsatmoqda va qo‘shimcha sifatida bir qancha takliflar va fikrlarni keltirishimiz mumkin:
- yoshlar ijtimoiy demografik qatlam sifatida siyosatning faol sub’yektiga aylanib borayotgani sababli ularning intellektual qobiliyati, kasbiy malakasi, ma’nan va ruhan barkamolligi kabi ijtimoiy sifatlarini oshirishga yanada e’tibor berishimiz; - davlat kelajagi egalari sifatida yoshlarning konstitutsion huquq va erkinliklarini har tomonlama kafolatlash; - yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘mak berish va zaruriy shart-sharoitlarni yaratish; - yoshlarni tashabbuskorligi, iste’dodi va kamoli uchun ijtimoiy rag‘batlantirish; - yoshlar tashkilotlari faoliyati va tarmoqlanishini qo‘llabquvvatlash lozim. Mustaqil davlatimizning buyuk kelajagi hozirgi kunda, asosan, maktablarda, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan iste’dodli ijodkor va tashabbuskor yoshlar qo‘lida. Chunki bu yoshlar har jabhada o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan iqtisodiyot, ishlab chiqarish va madaniyat sohalarida faoliyat ko‘rsatib, ijod qiladigan kelajagimiz poydevorining yaratuvchilaridir. Shu bois, ulug‘ ajdodlarimiz shaxs tarbiyasida, uning barkamol bo‘lib yetishishida, avvalo, uni aqliy mehnatga o‘rgatish, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e’tibor berishgan. Yosh avlodning intellektual faoliyatining rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan olamni yanada chuqur, to‘la, to‘g‘ri va aniq aks ettirish imkonini yaratadi hamda dunyoning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniq idrok etadi. Ta’lim jarayonida talabalarning aqliy rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta’sir qiluvchi omillar turkumiga quyidagilarni kiritish mumkin: - ta’lim muassasalarini zamonaviy texnik vositalar va asbobuskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi; - turli to‘garak va mashg‘ulotlarga qatnashish imkoniyatining mavjudligi; - turli viktorinalar, bahs-munozaralar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik bo‘yicha musobaqalar uyushtirilishi va ishtirok etish imkoniyatining yaratilishi;
- yoshlar orasida zararli odatlar mavjudligi (ichish, chekish, narkomaniya va boshqalar);
- yoshlarni ro‘zg‘or ishlari bilan band qilib qo‘yish, oila muhitida mehnatning oqilona taqsimlanmasligi va h.k.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunda yoshlar iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tadbirlar bilan band qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashishning ta’sirchan usullarini ishlab chiqish, davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish, qisqa qilib aytganda, har tomonlama sog‘lom hamda barkamol avlodni voyaga yetkazish va ularning manfaatini himoya qilishda jamoatchilikning rolini oshirish yosh avlodni ajdodlarimiz orzu qilgan barkamol avlod darajasiga yetishishini kafolatlaydi.


Download 55,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish