MAVZUNIND DOZARBLIGI: Ma'lumki, zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda ijobiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda ijtimoish jarayonlarning o‘rni ularning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘z fikrlarini ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi, ana shu jarayon kursishimning mavzusini dolzarbligini ko`rsatadi.
Kurs ishining maqsadi. Zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda ijobiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda ijtimoish jarayonlarning o‘rni tashkil etish yo`llarini o`rganish.
Kurs ishining predmeti. Zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda ijobiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda ijtimoish jarayonlarning o‘rni tashkil etish jarayoni.
Kurs ishining obyekti. Zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda ijobiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda ijtimoish jarayonlarning o‘rnini tashkil etish yo`llarini o`rganish va tashkil etish yo`llari.
Kurs ishining vazifalari:
- Zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda ijobiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda ijtimoish jarayonlarning o‘rnini etish ning metodik asoslari ostirish;
- Zamonaviy O‘zbekistonda yoshlarda ijobiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda ijtimoish jarayonlarni tashkil etish yo`llarini o`rganish texnologiyalardan foydalanish yo`llarini belgilash;
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, Asosiy qism, 6 bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topgan.
II Asosiy qism Intellektual yoshlar qo’ab-quvvatlash davlatning asosiy siyosati
2.1.Intellektual yoshlar salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan davlat siyosati
Yoshlar – bu izlanuvchi, mamlakatimiz taraqqiyotining ishonchli suyanchi. Ularning qanchalik bilimdonlik, o‘z xalqiga, Vataniga sodiqlik bilan faoliyat olib borishi asrlar davomida kutilgan orzu-umidlarimizning ijobiy natijasini beradi. Shunga ko‘ra, yuksak madaniyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va 145 kasb-hunarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalash lozim. Yoshlarimiz qanchalik zaruriy imkoniyatlarga ega bo‘lsa, o‘zini yurti, xalqi jonkuyari deb bilsa, ularda shunchalik yurtimizning barcha sohalarida istiqbolli faoliyat yuzaga keladi. Yoshlarimiz xalqimizning, mamlakatimizning, xalqaro obro‘-e’tiborimizning suyangan imkoniyatidir. Bugun jonajon O‘zbekistonimizning xalqaro miqyosda obro‘ topib, taraqqiyotda yangilanib, tobora rivojlanib borayotganida ham yoshlarimiz kuch-qudratining, ijodkorligining o‘ziga xos ifodasi mujassamdir. Niyati ulug‘ insonning, xalqning hayoti yorug‘, kelajagi farovon bo‘ladi. Mamlakatimizning porloq istiqbollari haqida yuksak maqsad va rejalar belgilangan. Bu yo‘nalishda, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 406-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yil 19 martda ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim besh tashabbus”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F sonli Farmoyishi muhim ahamiyatga ega. Taraqqiyot rejalarining samarali ijrosini ta’minlash maqsadga erishishning aniq mazmuni bo‘ladi. Yoshlarning ta’limtarbiyasiga, unumli faoliyatiga barakali sifat beradigan, ular uchun jonkuyarlik va fidoyilik bilan amaliy munosabatdagi barcha muassasalar, boshqarmalar, korxona-tashkilotlar zimmasida yuksak ma’suliyatlar, qarzdorlik, insonparvarlik burchlari mavjud. Yoshlarning kelajak istiqboli ravshanligini ta’minlashga barcha tarmoq va sohalar mas’uldir. Ba’zisi ta’lim-tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lsa, boshqa biri iqtisodiy barkamollik bo‘yichadir. Ana shunday zaruriy vazifa va burchni amalga oshirish uchun inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bo‘lgan tafakkurini yoshligidanoq sog‘lom boyitmoq lozim, chunki tafakkur – bu voqelikning ongda aks etish jarayoni. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning mamlakatimizda maktabgacha ta’lim yo‘nalishida davlat boshqaruvi siyosati darajasida ish olib borayotganligi bir olam mazmun-mohiyatga ega. Tafakkur orqali fikr yuzaga keladi. Fikr esa inson ongida hukm va tushunchalar shaklini oladi, nihoyat u xulosa bo‘lib yuzaga chiqadi. Farzandning iqtidorli, qobiliyatli, sog‘lom, xalqimiz istiqboli uchun jonkuyar inson bo‘lib voyaga yetishishida uning hayotdan olgan tarbiyasi, ta’limi muhim ahamiyaga ega. Mamlakatimizda belgilangan yuksak istiqbolning ijrosida ta’lim-tarbiya olib boruvchi mutaxassislarning samarali faoliyat yuritishi qattiq nazoratga olingan. Ularning unumli faoliyati uchun davlatimiz tomonidan zaruriy imkoniyatlar, sharoitlar yaratilgan. Shunga ko‘ra, yoshlar tafakkurini boyitishda ular uchun ishlarni har taraflama yangicha mazmunda olib borish talab etiladi. Masalan, ularga alohida istirohat bog‘lari tashkil etish, unda sport, kutubxona, amfiteatr, kitobxonlik, internetdan ijobiy foydalanishni bilish kabi tafakkurni boyitadigan imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ko‘rsatilgan “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Obod qishloq”, va “Obod mahalla” dasturlarining qabul qilinganligi, o‘z o‘rnida, yoshlar ta’lim-tarbiyasida yangi-yangi ijobiy imkoniyatlarni yaratmoqda. Murojaatda yoshlar bilan ishlash masalasi bundan buyon ham eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qolishi belgilangan. Yoshlarning turli zararli g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik asosiy vazifalardan ekanligi ko‘rsatilgan. Chunki yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlatimiz siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Yoshlar faoliyatida davlat siyosatini amalga oshirish – asosiy maqsadlardan biridir. Shunga ko‘ra, davlatimizda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil etildi. Uning huquqlari davlat rahbarligida munosib imkoniyatlarni qamrab oladi. Yoshlar faoliyatida davlat siyosatini amalga oshirish – asosiy maqsadlardan biridir. Yoshlarimiz uchun yaratilayotgan keng qamrovli imkoniyatlardan yana biri bu ularning xorijdagi tengdoshlari bilan har taraflama faol munosabatdosh bo‘lishiga yo‘l ochilgani bo‘ldi. Bunday harakat va uning amaliy natijasi yurtimiz istiqbolini yanada boyitishga xizmat qiladi. Hozir yoshlarimiz bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatiga ega. Bu ularning porloq istiqboli uchun imkoniyatlarning kengayayotganidan dalolatdir. Hozir mamlakatimizda 33 milliondan ortiq aholi mavjud. Tabiiyki, uning soni to‘xtovsiz o‘sib boradi. Aholi soni o‘sib borishi bilan ularning hayotiy ehtiyojlari ham o‘sib boradi. Davlatimizda mana shu qonuniyatlarni e’tiborga olgan holda dasturlar belgilangan va uning ijrosi qattiq nazoratga olingan. Mana shu muhim va zaruriy yo‘nalish bo‘yicha yoshlar istiqbolini o‘ylab ish ko‘ramiz. Yoshlar Vatanning, millatning, xalqning farzandi degan nomni ulug‘lab hayot kechirishini unutmaylik. Hurmatli pedagoglar, professor-o‘qituvchilar, yoshlarning munosib ta’lim-tarbiya olishida barchamizning zimmamizda yuksak va sharafli burch hamda vazifa yuklanganki, uni sharaf bilan uddash bizning qo’limizda.
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalaridan ma’lumki, mamlakat taraqqiyotini taminlashda intellektual salohiyatning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kunlardanoq intellektual salohiyatni oshirishning muhim qismi bo‘lgan kadrlar tayyorlash siyosatiga alohida etibor qaratdi. Ayniqsa, ilm-fan sohasini isloh qilish taraqqiyotimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda ilm-fan sohasida erishilayotgan ulkan kashfiyotlar va ularning ishlab chiqarishga keng miqyosda joriy qilinishi olimlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi rolini kuchaytirib yubordi. Xususan, jamiyat taraqqiyotiga ilmiy-texnika inqilobi o‘z ta’sirini ko‘rsata boshlagan dastlabki yillardan jamiyatning intellektual salohiyati, uning asosi bo‘lgan kadrlar tayyorlash muammolari yanada dolzarblashdi, shu bois u ko‘plab tadqiqotlar ob’ekti bo‘lib kelmoqda. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilmfanning rolini oshirish, innovatsion rivojlantirish, ilmiy kadrlarni qayta tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Mamlakat taraqqiyotini mustahkamlash, istiqbolini belgilashda ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligini ta’minlash bugunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanmoqda. Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmoqlari taraqqiyotida katta o‘rin tutadi. Har qanday davlat bu yo‘lda, avvalo, olimlarga suyanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar tashkil etayotganligi hech kimga sir emas. Shu sabab olimlar orasida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirish, yosh olimlar sonini yanada ko‘paytirish, yoshlar ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2016 yil 30 dekabrda bir guruh ilmiy jamoatchilik vakillari, akademiklar, professor-olimlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda respublikamiz ilmfani, ta’lim tizimining bugungi holati va ertangi kelajagi bilan bog‘liq bir qator masalalar ko‘tarildi. Mamlakatda fundamental va akademik fanni rivojlantirish sohasiga yosh istiqbolli kadrlarni yanada ko‘proq jalb etish borasida bir qator vazifalar belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevralda “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-4958 sonli Farmoniga ko‘ra, mustaqillik yillarida uzluksiz ta’limning noyob tizimi yaratildi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish samaradorligini oshirishga, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Oliy ta’lim va fan integratsiyasini kengaytirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda akademik ilmiy kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligini rivojlantirish, ularning OTM o‘quv jarayonidagi ishtirokini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda o‘quv-ilmiy kompleks va markazlar faoliyatini tashkil etish modeli yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2789-sonli Qarori, 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106 sonli Farmoni va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori kabi normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi va ijtimoiy hayotga tatbiq etilishi bu borada muhim qadam bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli Farmoniga muvofiq, Fan va texnologiyalar qo‘mitasi tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil topishi, O‘zekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 iyuldagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘risida”gi 559-sonli Qarori mamlakatimiz ilm-fani sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozli vaziyatning oldini olish maqsadida quyilgan dadil qadam bo‘ldi. Unda ilm-fan nufuzini yanada oshirish, ilmiy texnologik salohiyatni yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini ta’minlash maqsadiga qaratildi. Qarorda yoshlarni ilm-fan sohasiga ommaviy tarzda jalb qilishga yo‘naltirilgan yaxlit tizim – O‘zR FA tarkibida “Yosh akademiklar” klubini tashkil etish vazifasi belgilab ko‘yilgan. “Yosh akademiklar” klubining asosiy vazifasi – bo‘lajak a’zolarini maxsus sinovlar asosida saralab olish. Albatta, ilmfanni yosh, iqtidorli, malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimdonlik darajasini oshirish, ularning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratish, ilmiy jarayonni jadallashtirish bilimga asoslangan iqtisodiyot modeli hisoblanib, bu jarayonning samaradorligini ta’minlashda yangicha yondashuvlarni izlab topishni taqozo etadi. Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid ishlar oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg‘or amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, undan respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |