Bu usul orqali o’quvchi, balki o’qituvchining o’zi ham biz kimlarning avlodi ekanligimizni , tomirimizda kimlarning qoni jo’sh urib oqayotganligini har daqiqada his etib turishi, yosh avlodda faxr, iftixor tuyg’ularining yanada shakllanishi uchun zamin yaratadi. Bundan tashqari o’quvchida o’zligini unutmaslik, Vatanga muhabbat, an’ana va qadriyatlarimizni e’zozlash kabi ezgu g’oyalar shakllanib boradi. Xullas, tavsiya etilgan usullar o’quvchilarda nafaqat mustaqil ishlash va ijodiy fikrlash, balki kommunikativ shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik kabi tayanch hamda nutqiy, lingvistik kompetensiyalarni ham shakllantiradi. - Xullas, tavsiya etilgan usullar o’quvchilarda nafaqat mustaqil ishlash va ijodiy fikrlash, balki kommunikativ shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik kabi tayanch hamda nutqiy, lingvistik kompetensiyalarni ham shakllantiradi.
- Biz ustozlarning vazifamiz, erkin va mustaqil fikrga ega, muloqotga erkin kirishadigan, teran fikrli, iqtidorli shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |