Mavzu: Yuzlik kontsentrida massa o'lchov birligiga doir masalalar yechishga o'rgatish.
Mundarija
Kirish
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish
metodikasining umumiy masalalari.
2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga asosiy miqdorlar haqida tushunchalar berish. Massa oʻlchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi.
3. Massa haqida bilim va konikmalarni hosil qilish, olchov birliklari bilan tanishtirish.
4. 3- sinf matematika darsligidagi "Massa oʻlchov birliklari" mavzusini tahlil qilish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Oʻzbekiston Respublikasida yosh avlodlarning oʻqish faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqoza etmoqda. Buning ahamiyatini Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Xalqimizning manaviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasi eng yaxshi yutuqlarini oʻzida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir” degan dasturiy fikrlaridan ham bilib olish mumkin. Ushbu vazifaning samaradorligi masallar ularning bilim egallashdagi faolligini, mustaqil bilish faoliyatini shakllantirishga taqaladi. Bunda oʻquvchilarning matematik tayyorgarligi jarayonini shakllantirishni 1-sinf oʻquvchilarida dolzarbligi yaqqol namoyon boʻladi.
Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitish metodikasini takomillashtirishga bagʻishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitish samaradorligini oshirishning ilmiy tahlili birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali talim mazmunini oʻzgartirish, didaktik elementlarni qatnashtirib oʻzlashtirish, (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy gʻoyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov, A.K. Markova, J. Ikromov, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva, E.Yangibayeva, M.Axmedov) yoʻnalishlarida amalga oshirilgan.
Boshlangʻich sinf uchun darslik va oʻquv qollanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.SH. Levenberg), oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va oʻquvchilar uchun, tajriba-sinov qoʻllanmalari (M.Ahmedov, N.Abduraxmonova, R.Ibragimov, Y.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar toʻplami (oʻquv materiallari) orqali boshlangʻich maktab oʻquvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga toʻxtalib oʻtishgan. Didaktika va talim metodikasiga bagʻishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.SH. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda koʻzda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan.
Shuningdek, boshlangʻich sinflarda masalalar yechishni tashkil etish vositasi sifatida talim texnologiyasi, mustaqil ishlash, oʻyin elementlaridan foydalanish yetarli darajada oʻrganilmagan. Boshlangʻich talim nazariyasida kichik yoshdagi oʻquvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati masallar yechish texnologiyasining ilmiy asoslangani bilan birga boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitish metodikasini maʼlum darajada takomillashtirib borishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |