Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana07.11.2022
Hajmi0,64 Mb.
#861367
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-topshiriq

Bahor kelgach, o‘lkamizning hamma еrida gullar 
ochiladi 
gapidagi ergash gap 
(Bahor kelgach) 
bosh gapning kesimi vazifasidagi 
ochilmoq 
fe’lining ma’nosi va valentligiga ko‘ra mavjud bo‘lgan va payt ifodasi 
bilan berilishi lozim bo‘lgan sintaktik o‘rinni berkitadi, ya’ni bosh gapdagi hol 
vazifasidagi predikativ bo‘lak sifatida bevosita kesimga bog’lanadi.
Hatto ergash gapning o‘rnini ham almashtirish mumkin: 
Ulkamizning hamma 
еrida gullar, bahor kelgach, ochiladi. 
Bunday tip ergash gapli qo‘shma gaplarda 
ergash va bosh gaplar bir qadar bir-biridan mustaqilday tuyuladi, «bosh gapdagi 


biror bo‘lak bilan aloqalanadigan ergash gapli qo‘shma gaplar»da esa bunday emas, 
ergash va bosh gaplar ancha zichroq bog’langan. Bu holat ham, ehtimol, oldingi tip 
gaplarda ergash gap yaxlit bosh gap bilan aloqalanadi, degan qarashga olib kelsa 
kerak. Ammo gapdagi sintaktik o‘rinlar orasida hol sintaktik o‘rni o‘zining «nisbiy 
muxtorligi» (avtonomiyasi) bilan alohida ajralib turadi. 
Boshqacha qilib aytganda, gapning hol bo‘lagi, shubhasiz, kesimga tobe 
bo‘lsada, kesim pozitsiyasidagi so‘zning kuchli sintagmatik valentligini mutlaqo 
reallashtira olmaydi. Ta’kidlash lozimki, hol gapning asosiy mazmunini tashkil 
qiluvchi voqea bilan u yoki bu jihatdan bog’laigan voqeani ifodalovchi gap bo‘lagi 
bo‘lib, mazmun tomondan «gap ichida gap ifodalovchisi» sifatida kelishdek o‘ziga 
xoslik bilan xarakterlanadi. Bu, tayinki, predikativ birliklarni bu sintaktik o‘rinni 
egallab, ergash gap bo‘lib kelishlari uchun juda ham qulaydir. Shuning uchun ham 
bu hol sintaktik o‘rnini u sodda gapda bo‘lsa ham, ergash gapli qo‘shma gapda bo‘lsa 
ham, nisbatan erkin deb qarash mantiqiydir. 
Ko‘rinadiki, ergash gaplarning har qanday turi ham u yoki bu tarzda bosh gapda 
muayyan bir bo‘lak bilan aloqalanadi. Tabiiyki, bu aloqalanish usullari xilma-xil. 
Lekin ergash gap yaxlit bosh gap bilan aloqalanadi, deb qarash bosh gapdagi 
kesimning mazmuniy-sintaktik maqomini kamsitishga olib keladi. Shuning uchun 
ham N. A. Baskakov hozirgi turk tilidagi ergash gaplarni quyidagicha guruhlarga 
ajratadi: 
1.Bosh gapdagi substantiv bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash-gaplar. Bu 
guruhga ega va to‘ldiruvchi ergash gaplar kiradi. 
2.Bosh gapdagi atributiv bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar. Bu 
guruhga kesim va aniqlovchi ergash gaplar kiradi. 
3.Bosh gapdagi atributiv—hol bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar. Bu 
guruhga sabab-natija, shart, to‘siqsiz, maqsad, payt, o‘xshatish va chog’ishtirish 
ergash gaplar kiradi. 
O‘zbek tilshunosligida ergash gaplar (boshqa ko‘pgina tilshunos-liklardagi 
kabi) mazmuniy-shakliy jihatdan 14 turga ajratiladi: 1)ega, 2) kesim, 3)


to‘ldiruvchi, 4) aniqlovchi, 5) ravish, 6) o‘lchov daraja, 7) chog’ishtirish-
o‘xshatish, 8) sabab, 9) maqsad, 10) payt 11) o‘rin, 12) shart, 13) to‘siqsiz, 14) 
natija ergash gaplar. Bunday tasnif, umuman, ma’qul bo‘lsa-da, aytish kerakki, ayni 
tasnifda bosh gap xususiyatlari u qadar aks etgan emas. Bu tasnif, aytilganiday, 
ergash gaplarning tasnifi, ergash gapli qo‘shma gaplarniki emas. 
Bizningcha, bosh gaplarning o‘zini ham ikki turga ajratib olish maqsadga 
muvofiqqa o‘xshaydi: 1) havola bo‘lakli bosh gaplar va 2) havola bo‘laksiz bosh 
gaplar. «Havola bo‘lak» deganda umumiy til-shunoslikdagi «deyksis belgilar»ni 
nazarda tutamiz. Deyksis belgi-larning mohiyati shundan iboratki, ular mazmunni 
— voqea, belgi, narsalarni bevosita ifodalamaydi, balki ularga ishora, havola qiladi, 
shunga ko‘ra ularni mazmunan kuchsiz, bo‘sh so‘zlar sifatida qarash mumkin. 
Uzbek tilidagi olmosh va boshqa nisbiy so‘zlar ana shunday deyksis belgilar bo‘lib, 
ular qo‘shma gaplarda havola bo‘laklar sifatida ishtirok etish mumkin. 
Havola bo‘lakning mavjud emasligi bilan bog’liq holatda, bosh gap ham, 
ergash gap ham muayyan mazmuniy va sintaktik xususiyatlar bilan xarakterlanadi. 
Quyidagi gaplarni qiyoslaylik: 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish