Mavzu: “yoshlarni giyohvandlik, axloqsizlik, ommaviy madaniyatning illatlari va zararli ta`sirlaridan himoya qilishning psixologik asoslar”


OMMAVIY MADANIYATINING SALBIY TA’SIRINI



Download 0,91 Mb.
bet11/24
Sana01.06.2022
Hajmi0,91 Mb.
#624850
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
2 5420576162973751563

2.2. OMMAVIY MADANIYATINING SALBIY TA’SIRINI
BARTARAF ETISHDA OMMAVIY AXBOROT
VOSITALARINING O’RNI.

Mafkuraviy globallashuv axborot vositalarining rivoji va bu sohada sodir bo’layotgan inqilob bilan bog’liq. Mutaxassislar fikricha, insoniyat bugungi kunda yangi axborot inqilobini boshdan kechirmoqda va u kishilik jamiyati tarixidagi birinchi inqilob emas. Nutqning shakllanishi axborot uzatish imkoniyatlarini kengaytirgan bo’lsa, yozuvning paydo bo’lishi uni uzoq vaqt davomida saqlash va axborotni uning yaratuvchisidan ajratgan holda ulkan masofalarga yetkazish, hatto zamonlararo olib o’tishga yo’l ochdi. Gazeta va jurnallarni nashr etishning yo’lga qo’yilishi yozma axborotni uzatishdagi tezkorlik va qamrovlilikni yanada kengaytirdi. Radio va televidenie axborotni ovoz va tasvir orqali uzatishni ta’minlab, uni yangi sifatiy bosqichga ko’tardi. Internet atalmish yangi mo’jiza esa gazeta va jurnallar hamda radio va televideniening ishini barobariga bajara boshladi. U butun dunyoga keng tarqaldi va har qanday axborotni yer yuzining narigi chekkasiga tez sur’atlarda yetib borishini ta’minlamoqda.


OAV (ochiq axborot vositalari) odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta’sir ko’rsatishda katta imkoniyatlarga ega. OAVning bugungi kundagi rivoji g’oyaviy ta’sir o’tkazishning miqyosi va ko’lamining keskin darajada o’sishiga olib keldi. Shu jihatdan, biz yuqoridagi kabi illatlarning kelib chiqishi va keng tarqalishiga yordam beradigan holat va vositalar sifatida quyidagilarni olishimiz mumkin:54
1. Turli virtual (kompyuter) o’yinlar.
2. Ayrim chet el va o’zbek filmlari (albatta hammasi emas).
3. Turli zamonaviy G’arbona usuldagi saviyasiz qo’shiqlar.
4. Ayrim chet el telekanallari.
5. Internet va undagi turli ijtimoiy tarmoqlar.
6. Uyali aloqa telefonlari.
7. Sariq matbuot.
8. Loqaydlik va beparvolik kabi illatlar.
9. Migratsiya (urbanizatsiya) jarayoni.
10. Millionlar o’yini – futbol va sportning ayrim turlari.
11. Turli bayram tantanalari va to’ylar.
12. Yolg’on axborot hamda ma’lumotlar tarqatuvchi xususiy radiokanallar va boshqalar.
Ana shularni inobatga olgan holda shuni unutmaslik kerakki, “bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda arzimas bo’lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin”. Shunday ekan, biz ana shu ziyonning oldini olishga jiddiy kirishishimiz talab etiladi. Buning uchun “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi va keng tarqalishining sabablarini aniqlab, unga qarshi vositalarni o’ylab topishimiz va amaliyotga joriy qilishimiz lozim. Inson hayoti va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solayotgan va butun jahonda bamisoli balo - qazodek tarqalib borayotgan xurujlarga qarshi kurashish hayotiy-amaliy ahamiyatga egadir.
Ta’kidlash joizki, XX1 asrga kelib mafkuraviy urushlar, axboriy xurujlari mislsiz darajada keng tus oldi. Sir emas, hozirgi kunda insonlar ongini osongina mavh etilishi eng qudratli qurol – turli shaklu shamoyil kasb etayotgan g’oya va mafkuralardan ta’sirlanayotganining oqibatidir.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko’pchilik butun jahonda bamisoli balo - qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanligini anglab bormoqda. Tabiiyki, bunday xurujlarga qarshi kurashda mamlakatimiz jurnalistlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Dunyo yoshlari ongini mavh etayotgan “ommaviy madaniyat” tushunchasi va uning turli ta’sirlarga qarshi mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida olib borilayotgan sa’y - harakatlarning alohida o’rni borligini ta’kidlamoq zarur. Ushbu mavzuda matbuotda yuzdan ortiq maqolalar chop etilgani fikrimizga isbot bo’ladi.
“Ommaviy madaniyat” hodisasining salbiy ko’rinishlarini yoritilgan maqolalar tahlil qilishda, ularning ko’targan muammosi, mavzusi, dolzarbligiga qarab bir necha yo’nalishga bo’lib o’rganishni maqsadga muvofiq deb hisobladik. Shunday qilib bosma OAVda so’nggi yillarda “ommaviy madaniyat”ning salbiy ko’rinishlarini quyidagi yo’nalishlarga bo’lib o’rgandik. Bular:

  • “ommaviy madaniyat” tushunchasining umumiy mohiyati va uning jamiyatga ko’rsatadigan salbiy ta’siriga bag’ishlangan maqolalar;

  • yoshlar o’rtasida kompyuter va internetning “ommaviy madaniyat”ning rivojlanishiga ta’siri va yoshlarning g’ayriaxborot domiga tushib qolayotganiga bag’ishlangan chiqishlar;

  • yoshlar orasida paydo bo’lgan gotlar, exolar, panki, xippi, taqirboshlar kabi oqimlarning yoki “bodi-art” kabi submadaniyatning ommalashishiga bag’ishlangan maqolalar;

  • yoshlarning modaning ketidan ko’r-ko’rona ergashishlari orqali kiyinish odobining izdan chiqishi va buning yoshlar tarbiyasida qanday aks etayotganiga bag’ishlangan maqolalar;

  • “ommaviy madaniyat”ni rivojlanishiga OAV roli va o’rni qanday bo’lishi kerakli xususidagi maqolalar.

Televidenieda “Ommaviy madaniyat”ning yoshlarimiz ma’naviy ahloqiga salbiy ta’sir ko’rsatishi haqida tez-tez ko’rsatuvlar namoyish etib borilishi, radioda shu mazmunda eshittirishlar olib borilishi, gazeta va jurnallarda “Ommaviy madaniyat” illatlari haqida maqolalar chiqarilishi, bundan tashqari, har bir ota-ona, shuningdek, mahalla-kuy, ta’lim-tarbiya maskanlaridagi o’qituvchi-murabbiylar ham yoshlarimizga “Ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari to’g’risida tushuntirish ishlari olib borishlari, “Ommaviy madaniyat”ning zararli illat ekanligi mazmunida uchrashuvlar tashkil qilinishi yoshlarimizni “Ommaviy madaniyat”ning zararli ta’sir va oqibatlaridan himoya qilishi borasidagi muhim omillardan hisoblanadi.55
Ma’lumki, ommaviy axborot vositalari mamlakat va dunyodagi yangilik va xabarlarni uzatish orqali shaxsning dunyoqarashi va bilimini oshirishga xizmat qiladi. OAV kanallari orqali uzatiladigan kichik xabardan tortib, yirik tahliliy materialgacha, hattoki reklama va e’lonlar ham aholiga eng so’nggi yangiliklar, tovarlar va xizmatlar sohasidagi o’zgarishlar haqida ma’lumot berar ekan, aholiga zamonning eng so’nggi yutuqlaridan boxabar bo’lishga, ulardan foydalanib yashashga o’rgatadi. Ta’bir joiz bo’lsa, OAV orqali bunday ta’sir, ya’ni shaxs bilimi, dunyoqarashi va yashash tarziga ta’sir etish insonning butun hayoti davomida uzluksiz tarzda har kuni amalga oshadi.
Kundalik hayotida internet texnologiyalari va mobil telefonlardan faol foydalanayotgan yoshlar uchun esa mazkur jarayonlar yanada faolroq ro’y bermoqda. Hozirga kelib, universitetlar, kasb-hunar kollejlari va litseylarda ma’lum dars mashg’ulotlarida aynan televizion mahsulotlar, videolavhalar, matbuot nashrlari materiallari, internet sahifalarida e’lon qilingan materiallardan unumli foydalanish keng ommalashayotganini e’tiborga olsak, mediata’lim yoshlar turmush tarzining muhim qismlaridan biriga aylanib borayotganini kuzatish qiyin emas.
Xorijiy davlatlar pedagogik olimlarning fikricha, mediata’lim tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarni o’quv bilish jarayonida faol fikrlashga o’rgatadi. Axborot bilan ishlash, axborot qidirish, zarurlarni ajrata bilish, qayta ishlash,tartibga keltirish, axborot mazmunini tushunish mantiqiy yaqinlarini ajratishni o’rganadi. Shular asosida axborot madaniyati shakllanadi. Shuning barobarida axborot - kommunikatsiya vositalari yoshlar ta’lim jarayonining muhim qismiga aylanar ekan, mazkur texnologiyalar va ulardagi ma’lumotlardan foydalanishda uchrayotgan muammoli jihatlarga ham diqqatimizni qaratishimiz zarur.56
Birinchidan, turli OAV materiallari, xususan, xalqaro hayot, boshqa davlatlar aholisining yashash tarzi haqidagi tahliliy axborot materiallari, xalqaro xarakterdagi reklamalarni uzatishda ularning davlatimiz yoshlari dunyoqarashiga qanday ta’sir etishi mumkinligini hisobga olish zarur.
Ikkinchidan, yoshlarning internet tarmog’iga ko’p tashrif buyurishini e’tiborga olib, tarmoqda milliy axborot tizimi va manbalarini yanada boyitishga harakat qilish kerak. Ayni vaqtda “Ziyonet”, “Ziyo.uz” singari internet portallari va saytlarida berilayotgan ma’lumotlardan yoshlarimiz keng foydalanishayotgani hech kimga sir emas. Endilikda O’zbekistonning turli tuzilmalari tomonidan axborotlarni uzatish tarmoqlarida ta’lim va yoshlar bo’yicha yaratilayotgan axborot resurslari yagona “Ziyonet” axborot tarmog’iga birlashtirildi.
Mamlakatimiz maktablari, akademik litseylar, kollejlar, oliy o’quv yurtlari, yoshlar ittifoqi tashkilotlari, xattoki kutubxona va muzeylar ham xalqaro axborot tarmoqlariga, jumladan, internetga ulanish “Ziyonet” orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda virtual makonda tajovuzkor sayt va chatlar kun sayin ko’payib bormoqda. Modomiki shunday ekan, ularga qarshi samarali usullar orqali ishonchli vosita ishlab chiqilishi hayot talabiga aylanayotir. Taklif etilayotgan saytda axborot makonidagi yovuz niyatli tajovuzkorlik, boshqa millat va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilarga nafrat g’oyalariga qarshi o’laroq, o’quv dasturlari, suhbatlar, turkum va doimiy maqolalar tez-tez e’lon qilinib, internetda bag’rikenglik, insonparvarlik, ezgulikka doir virtual davra suhbatlari (forumlar) o’tkazish ham maqsadga muvofiq bo’lar edi, deb o’ylaymiz.
Milliy madaniyatimiz va ma’naviy urf - odatlarimiz, qadriyatlarimiz, mamlakatimiz mustaqilligi va xavfsizligini saqlab qolish uchun turli xil ma’naviy tahdidlardan yoshlarni himoya etish yo’lida millatimiz istiqbolini, farovonligini o’zida ifoda etuvchi milliy g’oya asosida mafkuraviy tarbiyani shakllantirish yoshlarimiz hayotini turli balo - qazolar xurujidan asrab qola oladi. Shu ma’noda, yoshlar global tarmoqdan olinayotgan axborotlarga tanqidiy yondashish va uning foydali manbalari asosida dunyoqarashini kengaytirish,g’arazli g’oyalarni inkor eta bilish idrokini shakllantirish g’oyat muhim sanaladi.
Yoshlarning internetdagi axborot xurujlaridan himoyalashda Xitoy va Frantsiyada shu davrgacha global makonda milliy axborot manbalarini kuchaytirish borasidagi tajribalarini o’rgangan holda o’zbek tilidagi foydali saytlar mazmunini boyitishga intilish zarur bo’ladi. Bu borada til unsurlaridan foydalanish masalasi ham muhimdir.Uchinchidan, dars mashg’ulotlarida OAV mahsulotlaridan foydalanish orqali talabalarda axborotni saralash, tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirishga ham e’tibor berishimiz kerak. Umuman olganda, mediata’lim sohasini rivojlantirish orqali biz milliymadaniyatimizni, o’z tilimizni, o’zimizning ommaviy axborot manbalarimizni himoya qilamiz.
Media ta’limning mukammalligi yoshlarning kelajagi xavfsizligini ta’minlaydi va ommaviy madaniyatni oldini olishga vosita bo’lib xizmat qiladi. O’quvchi - yoshlar auditoriyasiga mo’ljallangan mavzularning yoritilishida yuqorida sanab o’tilgan tashkiliy - pedagogik funktsiyalar teleko’rsatuvlar mazmunida har doim ham o’z aksini topmaydi. Xususan, bolalar ko’rsatuvlarini tayyorlaydigan telejurnalistlar faoliyatida voqea-hodisalarni pedagogik idrok va tahlil qilish qobiliyati sust, natijada ko’rsatuv tayyorlash jarayonida o’quvchi-yoshlarning ma’naviy ehtiyojlari, qiziqishlari, shaxsiy fikri e’tibordan chetda qoladi. O’quvchi-yoshlar auditoriyasiga oid dasturlarni tayyorlovchi jurnalistlarning mediapedagogik bilimlarini oshirish zarur.
O’quvchi-yoshlar auditoriyasiga oid dasturlar, jurnalistlar va pedagoglar hamkorligini yo’lga qo’yish asosida tayyorlanishi lozim. Bizningcha, mediamahsulotlarning tarbiyalovchi xususiyatlarining samaradorligi aynan mazkur hamkorlik asosida tayyorlanishiga bevosita bog’liq. Ushbu tadbirni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining ta’lim muassasasi, oila va mahalla bilan hamkorlikdagi faoliyatini integratsiyalash tizimi yo’lga quyish o’z natijaviyligini ko’rsatadi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish