Mavzu: Yosh mutaxassislarni kasbiy yo’naltirish va mehnatga moslashtirishni tashkil etish. Mundarija


Kasbga yo‘naltirish - tizim sifatida



Download 33,82 Kb.
bet2/5
Sana29.03.2022
Hajmi33,82 Kb.
#515466
1   2   3   4   5
Bog'liq
мустакил иш Хасан

Kasbga yo‘naltirish - tizim sifatida

Korxona va tashkilotlarni zarur kasb va malakaga ega bo’lgan kadrlar bilan samarali va sifatli ta’minlash asoslari umumta’lim o’quvchilari o’rtasida kasbga yo’naltirilgan ishlarni olish borish hisoblanadi, ular o’z navbatida zamonaviy ishchi kuchini takror ishlab chiqarish sharoitlarida qurilish va sanoat ishlab chiqarishini mehnat resurslari bilan to’ldirish eng muhim manbasi hisoblanadi.
Ko’p tarmoqli xo’jalik sharoitlarida maktab bitiruvchilari ishlab chiqarishning u yoki bu kasbdagi kadrlarga bo’lgan ehtiyojini, ish bilan ta’minlash bo’yicha real imkoniyatlar yoki o’qishni davom ettirish, turli kasblaming xususiyatlarini tasawur qilish va o’zining moyillik va qobiliyatlarini to’g’ri baholay olishi qiyin. Har yili 500 tadan ortiq yangi kasblar yaratiladi, shuni ta’kidlash kerakki, eski kasblaming tabiiy yo’q bo’lishi yangilaming paydo bo’lishiga qaraganda sustroq sodir bo’ladi. Bir vaqtning o’zida ko’p sonli tadqiqotlaming natijalari o’zining qobiliyatlari bilan kasbning talablariga mos keluvchi ishchilarning mehnat unumdorligi ushbu talablarga mos kelmaydigan qobiliyatlarga ega bo’lgan ishchilarga nisbatan o’rtacha 20 foizga yuqori, ishlash joyini almashtirib turgan ishchilarning qariyb 40 foizi ishni qobiliyat bo’yicha tanlamagan ishchilar ekanligidan dalolat bermoqda. Shu bois yoshlarni kasbga yo’naltirishni tashkil etish korxona va tashkilotning samarali faoliyatini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Kasbga yo’naltirish deb kadrlarning moyilligi, qobiliyati va insonning boshqa individual fazilatlarini ob’yektiv baholash va hisobga olish asosida ish joyi bo’yicha biriktirishga ko’maklashuvchi ularga ta’sir ko’rsatish shakllari, usullari va vositalarning ilmiy asoslangan tizimiga aytiladi.
Kadrlami kasbga yo’naltirishni tashkil etish o’zaro bog’liq bir nechta bosqichlardan iborat:
kasbiy axborot,
kasbiy masalahat,
kasbiy tanlab olish
kasbga moslashtirish.
Kasbiy axborot (kengroq ma’noda - kasbiy maorif) umumta’lim maktab o’quvchilarini, ulaming o’qituvchi va ota-onalarini doimiy va bir
98
me’yorda kasbiy xabardor bo’lishni ta’minlash; etakchi va ommaviy kasblami kasbiy targ’ibot qilishni tashkil etish; korxona, tashkilot, kasb- hunar kollejlari va umumta’lim maktab jamoalari o’rtasida doimiy aloqalarni o’rnatish va mustahkamlashga qaratilgan.
Kasbiy masalahatning vazifalari: yoshlarga jamoat ishlab chiqarish sohasida turli mehnat faoliyatiga o’z qobiliyatlarini baholashda yordam berish; kasbni tanlash va uni o’zlashtirishning mumkin bo’lgan yo’llari (oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlarida o’qish, bevosita ishlab chiqarishda tayyorlanish va h.k.) bo’yicha aniq tavsiyalarni berish. Kasbiy maslahatlami yoshlarni kasbga yo’naltirish bo’yicha bo’linma shtatlar tarkibiga kirgan yuqori toifali psixolog-maslahatchilar olib boradi. Maslahatlar tibbiyot xulosasi, tafsiloti, maxsus psixofiziologik tadqiqotlar natijalari asosida olib boriladi.
Kasbiy tanlab olishning eng asosiy vazifasi har bir o’spirin uning qobiliyati va moyilligini hamda ishlab chiqarishga bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda aniq bir turdagi mehnat faoliyatiga kasbiy jihatdan yaroqliligini ilmiy asoslangan holda aniqlash hisoblanadi. Kasbga yo’naltirishni tashkil etish ishlari ishchilami mehnat jamoasiga ishlab chiqarish va ijtimoiy jihatdan moslashtirish bo’yicha ehora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan tugatiladi.
Hozirgi kunda amal qiluvchi kasbga yo’naltirishni boshqarish mexanizmining tarkibiy qismlari quyidagilar hisoblanadi:
umumta’lim maktab va kasb-hunar kollejlaridagi kasbga yo’naltirilgan xonalar va laboratoriyalar;
korxona va tashkilotlardagi kasbga yo’naltirishga ixtisoslashtirilgan tarmoq xonalari va kasbiy tanlab olish laboratoriyalari;
hududiy idoralararo kasbga yo’naltirilgan markazlar hamda aholini ish bilan ta’minlash markazlari;
mehnat bo’yicha bo’lim va boshqarmalar nomidan ish ko’ruvchi umumdavlat organlari (ular boshqa tashkilotlar bilan birgalikda har yili hududda kasbga yo’naltirish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi ish rejasini ishlab chiqadi, idoraviy bo’ysinishdan qat’iy nazar kasbga yo’naltirilgan bo’linmalaming faoliyati ustidan nazorat olib boradi, ushbu sohada ilg’or tajribani tarqatadi). Bandan tashqari, ushbu organlar hududlaming kadrlarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojining balans hisob-kitobini ishlab chiqadi va o’quvchi, o’qituvchilar jamoasi, ota-onalar va boshqa toifadagi fuqarolami ushbu axborotdan foydalanishini ta’minlaydi, hududlarning kadrlarga bo’lgan ehtiyojiga muvofiq holda maktab o’quvchilarini mehnatga o’qitish ixtisosligi bo’yicha tavsiyanomalar tayyorlaydi.
Kasbga yo’naltirishni boshqarish usullari quyidagilarhisoblanadi:
dasturli-maqsadli (kasbga yo’naltirishning asosiy maqsadini aniqlash, unga erishish dasturlarini ishlab chiqish, dasturlami amalga oshirish bo’yicha boshqaruv mexanizmlarini yaratish);
prognozlashtirish (turli xodimlarga bo’lgan hozirgi va istiqbolli talablami, fan-texnika taraqqiyotining tendenstiyalarinihisobga olish, istiqbol uchun kadrlar siyosatini prognozlashtirish);
modellashtirish (korxona, tashkilot, tarmoq va hududda kasbga yo’naltirishni boshqarish bo’yicha modellami tuzish);
tashkiliy-tartibli (kasbga yo’naltirish ishlari tizimi faoliyat ko’rsatishi ulami bajarish ustidan nazorat qilish qoidalarini tartibga soluvchi tegishli hujjatlar -bo’yruq, farmoyish, qoida, standartlami tayyorlash).
Ishlab chiqarishda kasbga yo’naltirish yagona va barqaror tizimni namoyon etadigan dinamik samarali natijalami berishi mumkin. Bunga ko’proq ushbu tizimni boshqarish bosqichlari, jihatlari, funkstiyalari, usullari hamda asosiy maqsadlarini va yo’nalishlarini aniqlash kabilar ko’maklashadi.
Kasbga yo’naltirish bo’yicha ishlar ikkita yo’nalishlarda olib boriladi:
birinchi yo’nalish - yoshlarda ishlab chiqarish ehtiyojlarini hisobga olgan holda shaxsiy qiziqishlarini shakllantirish;
ikkinchi yo’nalish - yoshlaming shaxsiy qiziqishlarini jamoada amalga oshirish imkoniyatlarini moslashtirish.
Demak, butun kasbga yo’naltirish tizimining maqsadi shaxsiy xohishlaming ijtimoiy ehtiyojlarini optimal holda mos kelish holatini aniqlashdan iborat.



  1. Download 33,82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish