KO‘MAKCHINING SHAKLIGA KO‘RA TURLARI - So‘z ko‘makchilar boshqa sozlardan ajratib yoziladigan ko‘makchilar: kabi, tortib, so‘ng.
2. Yarim ko‘makchi boshqa sozlardan ajratib yoki chiziqcha bilan ajratib yoziladigan ko‘makchilar : -la(bilan), -chun(uchun). 2. Qo‘shimcha ko‘makchilar boshqa so‘zlarga qo‘shib yoziladigan ko‘makchilar : -dek(-day). Gap bo`laklarini yoki qo`shma gapning qismlarini bog`laydigan yordamchi so`zlar bog`lovchi deb ataladi. - So‘z va gaplarni teng yoki tobe qilib bog‘laydi.
2. So‘zlar va sodda gaplar o‘rtasidagi munosabatlarni ham anglatadi. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur») BOG‘LOVCHILARNING KELIB CHIQISHIGA KO‘RA TURLARI 1. Sof bog‘lovchilar faqat bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar: va, biroq, ammo, yoki… 2. Nisbiy bog‘lovchilar gapda o‘rni bilan mustaqil so’z, o‘rni bilan bog‘lovchi bo’lib kеladigan so‘zlardir: ba’zan, bir, vaqtida, natijada… BOG‘LOVCHILARNING SHAKLIGA KO‘RA TURLARI 1. So‘z bog‘lovchilar: lekin, chunki… 2. Qo‘shimcha bog‘lovchilar: -ki(kim)… BOG‘LOVCHILARNING VAZIFASIGA KO‘RA TURLARI 1.Teng bog‘lovchilar. 2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar. TENG BOG‘LOVCHILARNING TURLARI - Biriktiruvchi bog‘lovchilar.
2. Zidlovchi bog‘lovchilar. 3.Ayiruvchi bog‘lovchilar. 4. Inkor bog‘lochisi. ERGASHTIRUVCHI BOG‘LOVCHILAR 1.Aniqlov bog‘lovchilar. 2. Sabab bog‘lovchilar. 3. Shart bog‘lovchilar. 4.Chog‘ishtiruv bog‘lovchilar. YUKLAMANING TA’RIFI VA XUSUSIYATLARI Mustaqil so‘z va gaplarga qo‘shimcha ma’no bеradigan yordamchilar yuklama dеb ataladi. - So‘z va gaplarga qo‘shimcha ma’no kiritadi.
2.Bog‘lash belgisi bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. O‘ldi dеmoq mumkin emas, axir uning o‘zi-ku, Tug‘ilgandir inson uchun hayotning o‘zi bo‘lib. (S.Z.) Yuklamaning shakliga ko‘ra turlari 1.So‘z yuklamalar. 2. Qo‘shimcha yuklamalar. Yuklamaning ma’no turlari 1. So‘roq-taajjub yuklamalari. 2. Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari . 3. Ayiruv-chegaralov yuklamalari . 4. O‘xshatish-qiyoslash yuklamalari . 5. Gumon yuklamasi. 1) -mi, -oq(-yoq), -gina (-kina,-qina), -dir yuklamalari o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yеtib bormaydimi? 2) -chi,-ku,-u(-yu), -da, -a(-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo‘yiladi: Sеn-chi? Kеldi-ku! 3) faqat, ham, hatto, axir kabi so‘z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog‘larda hatto yoz oylarida ham yomg‘ir yog‘adi.
UYGA VAZIFA
- Tegishli adabiyotlardan mavzuni konspektlashtirish.
- “Ona tilidan mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish.
- LTQdagi mavzuga tegishli qoliplarni to’ldirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |