3.10. "Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan"
Bu belgi yo’l yoqasida qurilish, ta’mirlash ishlari olib boriladigan joylarda piyodalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo’l chetiga, ya’ni trotuarlarga o’rnatiladi va piyodalarning harakatlanishini taqiqlaydi. Bunday vaziyatda, piyoda yo’lning boshqa xavfsiz tomonidan yurishi yoki o’tishi kerak. Yo’l harakati qoidalariga amal qilmagan piyodalar eng kam oylik ish haqining 3 dan 1 qismi miqdorida jarimaga tortiladi.
3.11. "Vazn cheklangan"
Bu belgi ko’tarish imkoniyati cheklangan ko’prik, estakadalar va boshqa sun’iy inshootlar oldida o’rnatiladi. Belgi haqiqiy umumiy vazni yo’l belgisida ko’rsatilganidan ortiq bo’lgan barcha transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi. Aks holda, bu ko’ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Eslatib o’tamiz, yo’l belgilari qoidalariga amal qilmaganlik uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida jarima belgilangan.
3.12. "O’qqa tushadigan og’irlik cheklangan"
Bu belgi avtomobilь yo’llarining qoplamasi yupqa bo’lgan qismlari oldida o’rnatiladi. Yo’l qoplamasiga og’ir transport vositalari zarar yetkazmasligi uchun, birorta o’qiga tushadigan haqiqiy og’irligi yo’l belgisida ko’rsatilganidan yuqori bo’lgan barcha transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi. Bu belgiga rioya qilishda haydovchilar transport vositalarining tasnifiga ko’ra, yengil avtomobillarda haqiqiy og’irligi ikki o’qqa shartli ravishda teng taqsimlanishini, ikki o’qli yuk avtomobillarda esa, haqiqiy og’irligini oldingi o’qqa 1/3, orqa o’qqa 2/3 qismi tushishini va uch o’qli avtomobillarda esa, haqiqiy og’irlik uchala o’qqa teng taqsimlanishini bilishlari kerak. Unutmang, yo’llarga va yo’l inshootlariga shikast yetkazgan haydovchi eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.3.13. "CHeklangan balandlik"
Ushbu belgi balandligi cheklangan tonnelь, ko’prik, estakadalar, yuqori kuchlanishli elektr toki o’tkazgichlari va turli kommunikatsion qurilmalar ostidan o’tgan yo’llar oldida o’rnatiladi. Gabarit balandligi belgida ko’rsatilgandan ortiq bo’lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi. Eslatib o’tamiz, belgi bo’lmagan taqdirda, yo’l harakati qoidasiga ko’ra, transport vositalarining ruxsat etilgan gabarit balandligi 4 metr qilib belgilangan. Transport vositasining gabarit balandligini hisobga olmay, taqiqlangan yo’ldan harakatlanishi yo’l inshootlariga shikast yetkazishi, yuqori kuchlanishli elektr toki o’tkazgichlarini uzib yuborishi va boshqa qator ko’ngilsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o’lchamlari belgilangan normadan ortiq bo’lgan transport vositalari bilan ruxsatnomada ko’rsatilgan harakat yo’nalishidan chetga chiqilsa, eng kam oylik ish haqining 10 –15 baravari miqdorida jarima belgilanadi yoki 6 oygacha muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |