Mavzu: Yo’l belgilarining o’rnatilishi Reja: Yo’l belgilarining guruhlari



Download 1,98 Mb.
bet40/75
Sana31.03.2022
Hajmi1,98 Mb.
#520147
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Bog'liq
Mavzular

Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan ta’lim oluvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
2. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.

Avtomagistrallarda harakatlanish.


18.1

Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:
piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o'zi yurar mashinalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi;
ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga birinchi va ikkinchi bo'laklardan boshqa bo'laklarda harakatlanishi;
5.15 yoki 6.11 belgilar bilan belgilangan maxsus to'xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to'xtash,
ajratuvchi bo'lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish;
orqaga harakatlanish;
transport vositasini o'rganish uchun boshqarish.

18.2

Qatnov qismida majburiy to'xtaganda haydovchi transport vositasini Qoidalarning 9-bobi talablariga muvofik belgilashi va bunday holatlar uchun mo'ljallangan bo'lakka (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o'ng tomonga) olib chiqishning barcha choralarini ko'rishi kerak.


Mavzu: Avtomagistrallarda qatnov qismida qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqlar

Yoʻlning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar


1. YOTIQ CHIZIQLAR

Yoʻlning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar, yoʻnaltirgichlar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish tartibi va aniq rejimini belgilaydi.

Yotiq chiziqlar oq rangda boʻladi (1.4, 1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda boʻladi) shuningdek, 1.24 belgisi (2x2 metr oʻlchamdagi koʻk asosda sariq rangda nogironligi boʻlgan shaxsning tasviri tushirilgan boʻladi).

1.1 — qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi;


1.2 (enli sidirgʻa chiziq) — avtomagistrallarda harakatlanish qismi chegarasini bildiradi;
1.3 — toʻrt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi;
1.4 — toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 "Toʻxtash taqiqlangan" yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi;
1.5 — ikki yoki uch boʻlakli yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan ikki yoki undan koʻproq boʻlakli yoʻllarda boʻlaklarning chegaralarini bildiradi;
1.6 (yaqinlashish chizigʻi — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi;
1.7 (har bir chizigʻi qisqa va oralari shu chiziqlar boʻyiga teng boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — chorrahadagi harakatlanish boʻlaklarini bildiradi;
1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) — tezlashish yoki sekinlashish boʻlagi bilan yoʻlning qatnov qismidagi asosiy boʻlagi oʻrtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yoʻlning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar toʻxtaydigan joylarda va h. k.);
1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan boʻlaklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofori oʻchirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi;
1.10 — toʻxtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi va yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi;
1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi;
1.12 (toʻxtash chizigʻi) — 2.5 belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi toʻxtash kerak boʻlgan joyni koʻrsatadi;
1.13 — kesishayotgan yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berish uchun toʻxtash zarur boʻlganda, haydovchiga transport vositasini toʻxtatish joyini koʻrsatadi;
1.14.1, 1.14.2 (zebra) — tartibga solinmagan va solingan piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi;
1.14.2 yotiq chiziqning yoʻnaltirgichlari piyodalarning harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi;
1.14.3 — svetofor bilan tartibga solingan piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi;
1.15 — yoʻlning velosiped yoʻlkasi kesib oʻtgan joyini bildiradi;
1.16.1 — 1.16.3 — transport vositalari oqimi ajraladigan yoki qoʻshiladigan joylardagi yoʻnaltiruvchi orolchalarni bildiradi;
1.17 — yoʻnalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning toʻxtab turish joylarini bildiradi;
1.18 — chorrahada boʻlaklar boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan birgalikda qoʻllanilishi mumkin; oxiri berk yoʻl tasvirlangan chiziq shu yoʻnalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini koʻrsatish uchun chiziladi; chetki chap boʻlakdan chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich shu boʻlakdan qayrilishga ham ruxsat beradi;
1.19 — qatnov qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish boʻlaklarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 — 1.18.3 belgilari bilan qoʻllanilishi mumkin;
1.20 — haydovchini 1.13 chizigʻiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi;
1.21 ("STOP" — Toʻxtang! yozuvi) — 2.5 belgisi bilan birga qoʻllanilganda haydovchini 1.12 chizigʻiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi;
1.22 — yoʻl (harakatlanish yoʻnalishi) raqamini koʻrsatadi;
1.23 — yoʻlning faqat yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlagini bildiradi.
1.24 — nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun toʻxtab turish joyi;
1.25 — piyodalar yoʻlkasini yoki piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanishi moʻljallangan yoʻlkaning piyodalar uchun moʻljallangan qismini bildiradi;
1.26 — velosiped yoʻlkasini yoki velosiped harakatlanishi uchun moʻljallangan tasmani bildiradi;
1.27 — ogohlantiruvchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizigʻi;
1.28 — taqiqlovchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizigʻi;
1.29 — sunʼiy yoʻl notekisligini bildiradi;
1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.

1.2, 1.5 — 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.

Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda, 1.9 chizigʻini faqat u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa, bosib oʻtishga ruxsat etiladi.

Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yoʻnalishli boʻlaklarni ajratayotgan 1.9 chizigʻini istalgan tomondan bosib oʻtishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor oʻchirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chizigʻidan oʻngga qayta tizilishlari kerak.

Reversiv svetofor oʻchirilgan boʻlsa, qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizigʻini bosib oʻtish taqiqlanadi.

1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.


Koʻchma tirgakka oʻrnatilgan vaqtinchalik yoʻl belgilari va chiziqlar maʼno jihatidan bir-biriga zid kelsa, haydovchilar vaqtinchalik yoʻl belgilariga amal qilishlari kerak.

2. TIK CHIZIQLAR



Tik chiziqlar — yoʻl inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yoʻl-yoʻl oq-qora chiziqlar majmuasidan iborat boʻlib, ularning oʻlchamlarini koʻrsatishda, koʻz bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.
2.1 — harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tugʻdiradigan yoʻl inshootlarining tik elementlari (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgich va estakadalar, ustunlar va h. k.)ni bildiradi;
2.2 — tunnellar, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgich va estakadalarning pastki peshtoqini bildiradi;
2.3 — ajratish boʻlaklaridagi yoki xavfsizlik orolchalaridagi dumaloq ustunlarni bildiradi;
2.4 — yoʻnaltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, toʻsiq tirgaklar va hokazolarni bildiradi;
2.5 — yoʻlning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yoʻl toʻsiqlarining yon yuzalarini bildiradi;
2.6 — boshqa joylardagi toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi;
2.7 — xavfli joylardagi toʻsiqni (bordyurni) va yoʻl sathidan baland boʻlgan xavfsizlik orolchalarini bildiradi.




Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish