insonni falsafaning yagona, umumiy
va oliy mavzusiga aylantiradi
»
1
. Shundan ko‘rinadiki, Feyerbax
moddiyunchiligi
antropologik
xususiyat kasb etadi. Insonni vujudga keltiradigan
yagona sabab yoki asos tabiatdir. Shuning uchun, falsafaning vazifasiga qayta
to‘xtab, Feyerbax yozadiki, uni ta'limotini «ikki og‘iz so‘zda ifodalash
mumkin:
tabiat va inson
».
Tabiat (yoki olam) Feyerbax uchun abstrakt tushuniladigan substansiya emas,
balki o‘zining butun xilma-xil va behisob ko‘rinishlarida berilgan hissiy hodisadir:
«tabiat tushunchasi ostida men shuni tushunamanki, - deb yozadi faylasuf, - u
insonni o‘zidan boshqa insoniy bo‘lmagan barcha hissiy kuchlar, narsalar va
mavjudotlardan farq qiladigan majmuadir… Tabiat inson uchun bevosita uning
hayotining asosi va mavzusi sifatida hissiy jihatdan namoyon bo‘ladigan barcha
narsadir»
.
Xuddi shuningdek, cheksizlik, kuch-qudrat, birlik, zaruriyat, abadiylik
kabi tabiatning xususiyatlari, ya'ni «barcha hissiy xususiyatlarni chiqarib
tashlangandan keyingi qolgan mohiyat», «tabiatning mavhum mohiyatidan» yoki
fikrdagi tabiatdan boshqa narsa emas.
Tabiat abadiy bo‘lib, hyech kim tomonidan yaratilgan emas. U o‘z-o‘zining
sababi bo‘lib, «fikrda yoki niyatda va iroda hukmlarida emas, balki astronomik
yoki samoviy, mexanik, kimyoviy, fizik, fiziologik yoki organik kuch yoki
sabablarda»
3
o‘zining asosiga ega. Biror bir vaqtda tabiat (olam) bo‘lmagan edi
degan tasavvurni faylasuf «be'mani va asossiz uydirma» deb ataydi. Tabiat doimiy
ravishda rivojlanish jarayonidadir. Hozirgi yer qurasi o‘zining avvalgi holatidan
farq qiladi. Hayot murakkab kimyoviy o‘zaro ta'sirlar (reaksiyalar) mahsuli sifatida
paydo bo‘lgan. Ilgari mavjud bo‘lgan ko‘plab hayvonlar va o‘simliklar hozir
vaqtda qirilib ketgan. Inson va uning ongi ham tabiat rivojining mahsulidir.
Idealizmni tanqid qilib, Feyerbax borliq bilan ongning bir-biriga nisbati haqidagi
masalaning moddiyuncha yechimini ifodalab beradi: «borliq - sub'ekt (ega), ong -
predikat (kesim)»
4
. «Fikriy borliq haqiqiy ongdan tashqaridagi siymosi modda
bo‘lib, voqyeylikning umumiy asosidir»
5
.
Feyerbax nuqtai nazaricha, idealizm va din umumiy ildizlarga ega. «Agar siz
idealizmni inkor etsangiz, u vaqtda Xudoni ham inkor etasiz! – deb yozadi u. Faqat
Xudogina idealizmning asoschisidir»
6
. Feyerbax yoshlik yillaridayoq o‘z ismini
yashirgan holda «O‘lim va abadiy yashash haqida fikrlar» degan asarini nashr
qildirib, unda jonning o‘lmasligi haqidagi e'tiqodni tanqid ostiga olgan edi. Buning
kim tomonidan yozilganligi aniqlangandan keyin, kitob musodara qilinib, uning
muallifi esa dars berish huquqidan mahrum qilinib, universitetdan bo‘shatildi.
yetuk yoshda Feyerbax ochiqdan-ochiq xudosizlik nuqtai nazariga o‘tib, uni u
«insondan farq qiluvchi Xudodan yuz o‘girish» sifatida ifodaladi.
Feyerbax tug‘ma diniy his-tuyg‘ular haqidagi nazariyaga qarshi chiqib, dinni
tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida qarab chiqadi. Xudo, Feyerbax qarashicha,
insonlarning o‘zlari tomonidan o‘z mohiyatlarini ifodalash sifatida vujudga
keltirilgan ob'ektga aylantirilgan abstrakt tushunchadir. Dinning ildizlarini
Feyerbax kishilar hayotining sharoitidan, va avvalo, unga tobe bo‘lmagan va hissiy
jihatdan tashqi ta'siri insonga tushib turadigan kuchlarda ko‘radi. Inson hamma
vaqt o‘z ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ammo uning bu intilishlari
insonning tabiat kuchlari oldidagi ojizligiga borib taqaladi. Uydirma va xayol
xudolar to‘g‘risidagi tasavvurlarni tug‘diradiki, ular insonning amalga oshirib
bo‘lmaydigan ehtiyojlarini qondirishga qoldirdilar. Din insonga uning hayotini
o‘zgartirish, orzulariga yetkazish imkonini beradigan umid va kuch bag‘ishlovchi
uydirma va xayol mahsulidir. «Xudo, - deb yozadi faylasuf, - shunday zotki, inson
o‘zining mavjudligi uchun unga ehtiyoj sezadi»
7
. Feyerbax fikricha, dinning
ildizlari bashariyat tarixi jarayonida o‘zgaradi. Agar ma'jusiylik dinlarining
ildizlari insonning tabiat kuchlari oldida ojizligi va undan tobeligida yashiringan
bo‘lsa, hozirgi zamon jamiyatda ular ijtimoiy kuchlar sohasida yotadilar.
Diniy axloqqa Feyerbax insonning baxt-saodatga bo‘lgan tabiiy intilishi asosiga
qurilgan «xudbinlik axloqi»ni qarama-qarshi qo‘yadi. Shu bilan birga, faylasuf
baxt-saodatni alohida olingan kishining emas, balki bashariyatniki sifatida nazarda
tutadi. «Ayrim olingan baxt-saodat» g‘oyasini u «umumiy baxt-saodat» g‘oyasi
bilan almashtiradi. Bu baxt - saodatga erishish imkoniyati faqat kishilarning bir -
birlariga muhabbati asosidagina amalga oshishi mumkin. Feyerbax fikricha, aynan
«muhabbat axloqi»gina jamiyatda uyg‘unlikka olib keladi va ijtimoiy
adolatsizlikka barham beradi.
Yangi zamon ratsionalizmining asoschisi bo‘lgan
Dekart
barcha fanlar uchun
umumiy bo‘lgan usulni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydiki, u ko‘p hollarda bilimlar
natijasini belgilab beruvchi inson aqlida borligi taxmin qilingan «tug‘ma g‘oyalar»
yoki aksiomalar deb atalgan narsalarni taqozo etar edi. Tug‘ma aksiomalar qatoriga
u matematika va mantiqning ko‘pchilik qoidalarini qo‘ydi, masalan, «to‘g‘ri to‘rt
burchak to‘rtdan ko‘proq tomonlarga ega emas». Dekartning tabiatga qarashlari
mexanistik xususiyatga ega. Xudo dunyoning mavjud bo‘lishlik va taraqqiyotiga
birinchi turtkini beradi, ammo keyinchalik uning rivoji moddaning mustaqil ijodiy
energiyasi orqali rag‘batlantiriladi. Dekart evolyusiya g‘oyasini ishlab
chiqqanlarning birinchilaridan biridir (garchi mexanistik asosda bo‘lsa ham). U bu
g‘oyani tabiat haqidagi barcha soha ta'limotlariga – yulduzlar va sayyoralarning
tashkil topishidan tortib o‘simliklar, hayvonlar va insonlarning paydo
bo‘lishlarigacha tatbiq etdi. Dekart fikricha, yulduz va sayyoralarning tizimlari
moddaning quyunsimon harakati natijasida tashkil topadilar. Dunyoviy modda
cheksiz, bir xil bo‘lib, bo‘shliqqa ega emas va cheksiz ravishda bo‘linishi mumkin.
U mexanik qonunlar tomonidan belgilangan to‘xtovsiz ravishda miqdoriy va sifatiy
jihatdan o‘zgarib turadigan holatdadir. Tirik mavjudotlar dunyosi ham ushbu
qonunlarga bo‘ysunadi: hayvonlar – bular murakkab mashinalardir. Inson esa,
hayvonlardan farqli o‘laroq, aqlga ega, shuning uchun u mexanika qonunlari
doirasidan tashqariga chiqadi. Dekart moddiy javhar bilan bir qatorda (uning
tomonidan uzunlik sifatida tushuniladigan) Xudoning va uning tomonidan
yaratilgan ruhiy, fikrlovchi javhar jonning mavjudiligini tan olishga majbur bo‘ldi.
Shunday qilib, Dekart falsafasining alohida xususiyati dualizm edi.
Dekart uchun muhim muammo haqiqat bilimlarni hosil qilish va usul muammosi
ediki, uning vositasida ana shunday bilim olish imkoniyati vujudga kelsin. Bilim
mohiyati shunda ediki, har qanday bilimga yoyiladigan keskin shubhaning taqozosi
haqiqiy bilim olish imkoniyatini tasdiqlashga olib kelishi mumkin. Men barcha
narsaga shubha qilishga boshlayman, - deb mulohaza yuritadi Dekart, negaki,
shuni tushunamanki, meni yovuz va xiylagar shayton yoki qandaydir boshqa bir
aldamchi aldayapti. Ammo shu bilan birga men shunga shubha qilmaymanki,
mening shubham mavjuddir, ya'ni fikr bordir. Shu yerdan Dekartning mashhur
xulosasi sarchashma oladi: «Men fikrlayapman, demak, men mavjudman!». Fikr
haqiqiyligi va fikrlovchi mohiyati borligidan, u ashyolar borlig‘ining haqiqiyligiga
yetib boradi.
Dekartning bilish usulini tahliliy yoki aqliy sifatida ta'riflash mumkin. Aqliy
(ratsionalizm) - aql yoki fikrni bilish manbai va uning haqiqiyligi me'yori deb tan
oluvchi falsafiy qarashdir. Ratsionalizm usuli fikrning aniqligi va uning o‘zining
amallarining bir-biriga qarama-qarshi emasligini, fikr ob'ektini oddiy qismlarga
bo‘lib va ularning har birini alohida o‘rganishni, keyin esa fikr harakatini soddadan
murakkabga tomon borishini taqozo etadi. Dekart fikricha, hyech qanday uzoq
narsa yo‘qki, uni kashf etishga erishib bo‘lmasin.
Dekart
ratsionalizmi juda ko‘plab o‘z davomchilariga ega bo‘ldiki, ular ichida
eng yirigi Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1667) edi. Alohida olingan
maxsus javhar (substansiya) sifatidagi fikr haqidagi tasavvurni rad etib, Spinoza
Xudoni yagona cheksiz javharga qo‘shdi, ya'ni g‘oyaviylik va moddiylikni
birlashtirdi. Ushbu javhar o‘z o‘zining sababi bo‘lib, hyech qanday boshqa
sabablarga muhtoj emas. Shaxs sifatida mutlaq mahrum bo‘lgan Spinoza
talqinidagi Xudo tabiatga ayniyatdadir. Yagona javhar bo‘lgan Xudo -tabiat ikki
sifatga - uzunlik (masofa) va ongga ega. Garchi turli darajada bo‘lsa ham, fikrlash
qoibiliyati eng oddiy ashyolardan tortib inson miyasigacha tarqalgandinr. Fikr
Spinoza tomonidan tabiatni o‘z-o‘zini idrok etishi sifatida talqin qilinadi. Bundan
muhim xulosa kelib chiqadi: g‘oyalarning tartib va aloqasi, ashyolarning tartib va
aloqasi kabidir. Fikrning yetukligi uning tabiat qonunlari bilan muvofiqligi me'yori
bilan ifodalanadi va aynan shunga o‘xshash bilib olingan bilimlarning shakllari va
dunyoning qonunlari fikrning haqiqiy qoidalaridir. Narsani bilish uning yakkaligi
vositasida umumiylik unsurini ko‘ra bilish, ayrimlik ko‘rinish - modusdan javhar
(substansiya) tomon borish demakdir.
Spinozaning diqqat markazida ozodlik masalasi turadi. Uning tushunishicha,
javharda zaruriyat va ozodlik qo‘shilib ketadi. Xudo (javhar) ozoddir, negaki, u
nimaiki qilsa, o‘zining zaruriyatidan kelib chiqadi. Tabiatda, unga esa Spinoza
insonni ham kiritadi, sababiy bog‘langanlik (determinizm), ya'ni zaruriyat
hukmronlik qiladi. Birok, inson alohida ko‘rinishga ega bo‘lgan modusdir. Unga
fikr yuritish xosdir. Insoniy iroda chegaralangandir. Inson ozodligi aql bilan
irodaning birligidan tashkil topadi, shuning uchun ozodlik darajasi ham aqliy bilim
darajasi orqali ifodalanadi. Ozodlik va zaruriyat bir-birini taqozo etadi. Spinoza
fikricha, zaruriyatning qarama-qarshisi ozodlik emas, balki o‘zboshimchalikdir.
Insonning hatti - harakati o‘zini saqlash (instinkt) g‘arizasi ta'siri ostida va undan
kelib chiqadigan (affektlar) jazavalar doirasida yotadiki, ularning asosiylari
shodlik, g‘am-alam va istakdir. Hamonamki, inson ularga bo‘ysunar ekan, u ozod
emas. Insonning ozodlik muammosi ular ta'siridan kutilishdan iboratdir. Bu esa
ochiq va aniq bilishni mo‘ljallaydi. Shunday tarzda Spinoza «ozodlik idrok etilgan
zaruriyat» ekanligini tushunishga yetib keladi.
Ingliz faylasufi, ruxshunosi, tarixchisi va iqtisodchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |