Fan: Musiqa
Sinf : 6- sinflar
Mavzu: Yevropa mumtoz musiqasi
Vaqti: 45 daqiqa
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarda Yevropa mumtoz musiqasining kelib chiqishi haqidagi bilim va ko’nikmalarini hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad: professional yo’nalishiga xos eng sara musiqiy namunalarni bir-biriga taqqoslash ko’nikmasini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Vatanga, milliy musiqamiz-ga bo’lgan muhabbat hissini oshirish.Yuksak malakaga ega bo’lgan, Yevropa mumtoz musiqasi va bastakorlari haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Dars jihozi: Kompyuter, tinglash uchun kuy
va qo’shiqlardan namunalar, bastakorlar
sur’atlari , tarqatma materiallar, fortepiano
Dars jarayoni: O’quvchilar soniga qarab guruhlar
tashkil etiladi. Uy vazifasi bo’yicha savol -javob
o’tkazilgandan so’ng,o’qituvchi yangi darsning
mavzusi va maqsadini e’lon qiladi.
Dars usuli: interfaol
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Uyga vazifa qilib berilgan mavzu bo’yicha savollardan namunalar
- O’zbekistonda birinchi folklor guruhi nechanchi yil va qayerda tashkil topgan ?
- Birinchi folklor guruhining nomi nima ?
- Estrada so’zining ma’nosi nimani anglatadi ?
- O’zbek estrada janriga kim asos solgan?
- Botir Zokirov kim bo’lgan?
- Uning qaysi qo’shiqlarini bilasiz ?
- “Yalla” guruhi nechanchi yilda tashkil topgan ?
-“Yalla” guruhi qayerda va qaysi festivalda birinchi o’rinni egallagan?
To’g’ri javoblar
1. O’zbekistonda birinchi folklor guruhi 1978 - yil Toshkent viloyatining
Bo’stonliq tumanida tashkil topgan.
2. Birinchi folklor guruhining nomi ”Gulyor”.
3. Estrada so’zining ma’nosi ”Tepalik”, ”Supa” ma’nolarini anglatadi.
4. O’zbek estrada janriga Botir Zokirov asos solgan.
5. Botir Zokirov xonanda, rejisyor, rassom, dramaturg, sozanda bo’lgan.
6. ”Maftun bo’ldim”, ”Arab tangosi”, ”Ra’no” , ”Xabiba”.
7. ”Yalla” guruhi 1971- yilda tashkil topgan.
8. “Yalla” guruhi Moskva shahrida bo’lib o’tgan IX- xalqaro festivalda faxrli
I- o’rinni egalladi.
Yangi mavzu: Yevropa mumtoz musiqasi
Kantata va oratoriya janrlari esa opera bilan bir paytda paydo bo’lgan. Ular yakkaxon, xor va orkestr uchun yozilgan ko’p qismli yirik asarlar hisoblanadi.
Balet – fransuzchadan olingan so’z bo’lib, “raqs tushaman , o’ynayman” degan ma’noni
anglatadi. Fransuz kompozitori J.B. Lyulli bu janrda ilk namunalarni yaratib, turli raqs kuylaridan, o’lchovlaridan foydalangan.
Simfoniya XVIII asrda paydo bo’lgan, tez orada yirik va murakkab musiqa janri sifatida
butun dunyoga tarqalgan. Betxoven, Motsart, Shubert, Chaykovskiy, Borodin kabi dunyo
tan olgan kompozitorlar simfoniyaning mumtoz namunalarini yaratganlar.
Yevropa mumtoz musiqasida “sonata”, “ballada”, “prelyudiya”, “kvartet” kabi o’nlab musiqa janrlari paydo bo’ldi. V.A. Motsart, I.Gaydn, L.V.Betxoven kabi kompozitorlar bu janrlarning yuksak namunalarini yaratdilar.
Rag’batlantirish: Guruhlar yig’gan ballari hisoblanib, har bir guruh ishtirokchilari
baholanadilar.
Uyga vazifa:
1.“Yevropa mumtoz musiqasi” mavzusini o’qish.
2. Qo’shiq so’zlarini yod olish.
3. Mavzuga oid ma’lumotlarni radio va televideniye orqali to’plash.
Toshkent shahar Sergeli tumani
300-DIUMning musiqa madaniyati fani o’qituvchisi Ishmuradova Ziyodaning “Yevropa mumtoz musiqasi” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars ishlanmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |