Bolajonlar : Vatan
O’qituvchi: Mana shu erkin va farovon ,yurtimizni yanada rivojlantirish yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha muhtaram yurtboshimiz tomonidan beshta muhim tashabbus g’oyasi ilgari surildi.
O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash
O’qituvchi : Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi . Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi,o’quvchilar javob yozganlaridan so’ng ,guruhlar bir-birlari bilan yozganlarini almashtiradilar va qo’shimcha yozadilar ,so’ngra har bir guruh yozganlarini himoya etadi
1- guruh Jonli tabiat , 2- guruh Jonsiz tabiat , 3- guruh Tabiat hodisalari
1.Tabiat nima?
Javob: osmonda oy ,yulduz chiqishi ,quyosh yer yuzini yoritishi va quyosh nuridan o’t-o’lanlar ,daraxtlarning o’sib rivojlanishi ,qushlarning parvoz etishi ,bulutlar paydo bo’lishi yomg’ir yog’ishi ,qor ,yomg’ir suvlaridan daryolarning paydo bo’lishi inson qo’li bilan yaratiladigan narsalardan tashqari barcha atrofimizdagi olam tabiatdir.
2. Biz kundalik faoliyatimizda foydalanadigan gaz,toshko’mir qayerdan olinadi?
Javob: Yer ostidan
1.Tabiat necha xil bo’ladi?
Javob: jonli va jonsiz tabiat
2.Jonsiz tabiatga nimalar kiradi?
Quyosh ,yulduzlar ,tosh,qum,oy ,bulut,tabiiy gaz
1.Jonli tabiatga nimlar kiradi?
Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlar kiradi.Ular o’sadi,rivojlanadi,nafas oladi,ko’payadi
2.Tabiat hodisalariga nimalar kiradi?
Vulqon otilishi,momoqaldiroq gumburlashi,chaqmoq chaqishi,shamol esishi,yomg’ir yog’ishi
Yangi mavzu bayoni
Tayanch so‘zlar: globus, okean, dengiz, yerusti suvlari,
daryo, ko‘l, yerosti suvlari, buloq, quduq.
Ona zaminimiz – Yer sharsimon shaklga ega. Yer yuzini o‘rganish uchun globusdan foydalaniladi.Globus – Yer sharining kichraytirilgan shakli
Globus sirtining katta qismini havorangda tasvirlangan suv egallagan. Bu – okean va dengizlardir. Okeanning quruqlikka tutashgan qismida dengizlar joylashgan Dengiz – okeanning bir qismidir. Ba’zi dengizlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan. Okean va dengizlarning suvi sho‘r bo‘ladi va ichishga yaramaydi. Odamlar okean va dengizlardan ko‘p miqdorda baliq ovlaydilar. Ulkan kemalarda yuklarni okean va dengizlar orqali tashiydilar. Okean va dengizlar ostidan ko‘p miqdorda neft va gaz qazib olinadi. Globusda havorang egri-bugri chiziqlar bor. Bunday chiziqlar daryolarni
bildiradi.Daryolar, asosan, tog‘lardan boshlanadigan jilg‘alardan hosil bo‘ladi
Daryolar o‘z yo‘lidasharsharalarni hosil qilishi mumkin . Ularning suvi, asosan, okean, dengiz va ko‘llarga quyiladi.Daryolar suvidan dala va bog‘larni sug‘orishda, aholiehtiyojini qondirishda foydalaniladi.O‘lkamiz hududidan Amudaryo va Sirdaryo kabi yirikdaryolar oqib o‘tadi. Yer yuzining ba’zi botiq joylarida tabiiy ravishdako‘p miqdorda suv yig‘ilib qoladi. Bunday suv to‘plangan joy ko‘l deb ataladi Bir qismi o‘lkamiz hududiga tegishli bo‘lgan Oroldengizi aslida ko‘ldir. U qadimdan dengiz kabi katta,suvi sho‘r va taxir bo‘lgani uchun dengiz deb atalgan.Hozir esa qurib, bir nechta ko‘llarga ajralgan.O‘lkamizda Sariqamish, Aydarko‘l va Arnasoy kabiyirik ko‘llar ham mavjud.Okean, dengiz, daryo va ko‘l suvlari yer usti suvlarinitashkil etadi.
Muzliklar. Yerosti suvlari
Yerning Shimoliy va Janubiy qutblar atroflari engsovuq joylardir. Bu qutbning atrofiniqoplagan muzliklar yozda ham erimaydi.Baland tog‘larning yuqori qismidagi qor va muzlarham yozda erimaydi . Yomg‘ir va qor suvlari hisobiga dala va bog‘larsug‘oriladi. Suvlarning bir qismi yerostiga singibketadi. Bu suvlar yerosti suvlarini hosil qiladi.Ayrim joylarda yerostidagi suvlar buloq bo‘lib, oqib
chiqadi.Yog‘in kam yog‘adigan, daryo suvlari bormaganjoylarda yerosti suvlari quvurlar orqali tortibchiqariladi. Ba’zi joylarda chuqur quduq qazib ham yerosti suvlaridan foydalaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |