Ozuqa zanjiri
Tabiatdagi tirik organizmlar o‘zaro ozuqa zanjiri orqali bog‘langan. Masalan:
O‘txo‘r hayvon bug‘u o‘tni yeydi. Bug‘uni esa go‘shtxo‘r hayvon bo‘ri tutib yeydi. Bunda «o‘t — bug‘u — bo‘ri» ozuqa zanjirini hosil qiladi
Chivin o‘t shirasi bilan oziqlanadi. O‘zi esa qurbaqaga ozuqa bo‘lishi mumkin. Qurbaqani ilon yutib yuboradi. Ilonning kushandasi esa boyo‘g‘lidir. Bu holda tirik organizmlar «o‘t — chivin — qurbaqa — ilon — boyo‘g‘li» ozuqa zanjiri orqali o‘zaro bog‘- langan Ozuqa zanjiri uzilib qolsa, tabiatda salbiy hodisalar yuz beradi,hayvonlar nobud bo‘ladi. O‘z navbatida, yirtqich hayvonlar ham o‘txo‘r hayvonlarni tutib yeyishdan mahrum bo‘ladi va ochlikdan nobud bo‘ladi.
Demak, tabiatda tirik organizmlar o‘zaro ozuqa zanjiri orqali bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |