Savollar:
1.Yer deganda nimani tushunasiz?
Ona vatanimiz.
Quyosh sistemasidagi sayyora.
Yer bu ekin maydoni
2.Yer bizga nima beradi?
Paxta va g’alla
Sabzavot va mevalar
Inshoatlar quramiz
3.Yerdan yaxshi hosil olish uchun nima qilish kerak?
Mehnat qilish kerak
O’g’it solish kerak
Unumdorligini oshirish kerak
4.Ota-onangiz yerga qanday ishlov berishini ko’rgansiz?
Chirindi va go’ng soladi
Chopadi va ishlov beradi
Sug’oradi
O’qituvchi: Sizlar bergan javoblardan bugungi mavzuning nomini bilib oldik.
«Chamanzor» deb nomlangan ko'rgazma bolalarni hozirjavoblikka hamda tabiatga oqilona munosabatda bo'lishga o'rgatishga qaratilgan. O‘quvchilar «Chamanzor»dagi sehrli qushni tutqunlikdan ozod etishlari uchun qafas bandlaridaqi savollarga tezkorlik bilan javob berishlari lozim. Agar savollarga to‘g‘ri javob berilsa, qafas bandlari ochiladi va ilon ortga chekinadi, aks holda, ilon oldinga qarab siljishi tushuntiriladi hamda o'qituvchi o'quvchilarni qushni uning hamlasidan qutqarishga undaydi. O‘quvchilar savollarga javob berib borishi bilan qafas devorlari yaproqqa aylanib boradi va uning o'rnida gul ustida xonish etib, butun chamanzorni «yashna- tayotgan» qush paydo bo‘ladi. Qafas bandlarining ichki tarafiga dars mavzusi yashiringan bo`lishi mumkin.
Mavzu: Yer unumdorligi va ekin hosildorligini o`shirishda o’g’itlarning ahamiyati va o’g’it turlari.
Reja:
1.Yer unumdorligi va ekin hosildorligini oshirishda o’g’itlarning ahamiyati.
2.O’g’it turlari.
3.O’g’it solish meyori, muddati va samaradorligi.
Yer-Ona vatanimiz. Yer-bizning rizq-ro’zimiz unadigan makon.
Yer-Quyosh sistemasidagi sayyora. Biz yer sayyorasida yashaymiz. Bu sizlarga tabiatshunoslik va geografiya fanidan ma’lum.
Yer-bu biz yashab turgan ona zamin. Bu zaminda biz yashaymiz, ulg’ayamiz. Shuning uchun biz ona vatanimizni qadrlaymiz, e’zozlaymiz, tuprog’ini ko’zga surtamiz. Yerdan biz oziqlanamiz, hayotimiz uchun zarur bo’lgan oziq ovqat mahsulotlari, sabzavot va mevalar mana shu yerda yetishtiriladi. Bozorlarimizning, dasturxonlarimizning to’kinligi, turli-tumanligi shu ne’matlar tufaylidir. Bunda mehnatkash xalqimizning mehnat samarasini ko’rishimiz mumkin.
Dehqonchilik-mo’jiza yaratish bilan barobardir.
Dunyoda O’zbek dehqoniga teng keladigan zaxmatkash va mirishkor insonlarni topishning o’zi qiyin. (I.Karimov)
Tuproq unumdorligini saqlash va tiklash uchun kuzgi mavsumda birinchi navbatda bajariladigan ishlar qatoriga, tuproqlarni faol gumusga boyitish maqsadida, yerlarga organik o’g’itlar, turli organo-mineral kompostlar solish, shuningdek oraliq ekinlarni ekish tavsiya etiladi. Mineral oziq elementlari -azot, fosfor, kaliyning miqdori sug’oriladigan tuproqlarda ko’pincha qishloq xo’jalik ekinlari talabini to’la qondira olmaydi. Ularning yetishmagan qismi mineral o’g’itlar hisobiga to’ldiriladi. Hozirgi vaqtda sug’oriladigan paxta maydonlarining bir gektariga 200-250 kg, ba’zi joylarda undan ham ko’p azotli o’g’itlar ishlatiladi. Tuproqlarda fosfor va kaliyning umumiy miqdori yetarrli darajada. Lekin, fosfor birikmalarining kam eruvchanligi tufayli fosforning tabiiy birikmalari hisobiga o’simliklar fosfor bilan ta’minlana olmaydi. Fosforli o’g’itlar o’ta taqchil bo’lgan paytda tuproqdagi fosfor zahiralarini qo’llash masalasi keskin tus oladi. Harakatchan fosfor bilan o’rtacha ta’minlangan tuproqlarda paxtadan 30 st/ga hosil olish imkoni yaratiladi. Muhim mineral elementlardan biri bu kaliy bo’lib bu o’simliklarning ob-havo o’zgarishlariga qarshilik ko’rsata olishi, kasalliklar va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Kaliy yetarli bo’lmaganda o’simliklarning kasalliklarga chalinishi kuchayadi, shuningdek ba’zi bir texnologik ko’rsatkichlari ham yomonlashadi. Shuning uchun, kaliyning azot va fosforni o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtirishga qulaylik yaratishini sedan chiqarmaslik kerak.
Mineral o’g’itlar fosforli, azotli va kaliyli turlarga bo’linadi, ular kimyo zavodlarida ishlab chiqariladi.Azotli va kaliyli o’g’tlar suvda yaxshi eriydi, shuning uchun ular yerga ekin ekishdan oldin yoki yozgi oziqlantirish vaqtida beriladi. Azot o’simlik va poya barglarining tez o’sishini taminlaydi.Fosforli va kaliyli o’g’itlar hosildorlikni oshiradi, hosilning tez pishib yetishiga yordam beradi.
Har xil chiqindilarni tuproq yoki torfda chiritib mahalliy o’g’it (kompost) tayyorlash mumkin (rasmda).U o’simliklar qoldiqlari, torf, go’ng, tuproq aralashmasidan iborat bo’ladi.Kompostga mineral (asosan fosforli) o’g’itlar xam qo’shiladi: o’n kilogram o’simlik qoldig’iga 100-200 gr mineral o’g’it qo’shiladi.
«Kompost» so’zi o’zi aralashma degan ma’noni anglatadi.Kompost tarkibiy qismlar qatlamlaridan iborat qilib to’shaladi.Har bir qatlam 25-30 sm bo’lishi zarur, to’plamning kengligi taxminan 2-2.5 m, balandligi 1-1.5 m bo’lishi kerak, uzunligi to’plangan material miqdoriga bog’liq bo’ladi va taxminan haftada bir marotaba suv sepiladi. Bu o’simlik qoldiqlarining tezroq chirishiga yordam beradi.
Kompost uyumini to’playotganda, uning chetlarini o’rtasidan balanroq qilish kerak, shunda suv butun uyumga singib boradi. Uyumning ustini to’l yoki polietilen plyonka bilan yopib qo’yish lozim.
Yoz kunlari bu uyumni bir marotaba ag’darib qo’yish zarur. Kompostni yerga bir yildan keyin solish mumkin, lekin odatda bu ishni 2-3 yildan keyin amalga oshiradilar.
O’g’itlash meyori, solish usullari, muddati va samaradorligi.
Tuproqni o’simliklar oziqlanadigan elementlar bilan boyitish bazi maydonlarda maxsus o’simliklar ekiladi va keyin bu yerlar haydaladi (yashil o’g’itlar). Bunday o’simliklarga beda, oq va qashqar beda kiradi.
Organik o’g’itlar tirik organizmlar chiqindilari sanaladi. Ulardanqishloq xo’jaligida keng foydalaniladi. Mineral o’g’itlarga qaraganda ular samaraliroq, yer ekologiyasi uchun zararsiz sanaladi.
Xamma ekinlaega go’ng yoki compost beriladi. Bodringga yangi go’ng qolgan xammasiga chirigan go’ng beriladi. Hosilni yig’ishtirib olgach, tuproqning yuza qismi yumshatib chiqiladi, bu namlikni saqlashga, begona o’tlarni yo’qotishga yordam beradi.
O’g’it yerni haydash paytida beriladi. Yer 20-35 sm chuqurlikda haydalib tuproq bilan aralashtiriladi. Yerni haydash chuqurligi o’simlik turiga hamda tuproq hususiyatiga bog’liq bo’ladi.
Quyidagi o’g’it sepish usullari qo’llaniladi: ekishgacha (asosiy) , ekiladigan vaqtdagi (qator oralig’iga yoki kam dozada o’simlik ekiladigan chuqurchalarga yaqinroq qilib o’g’it tashlash) va ekishdan so’ng (o’simliklarni oziqlantirish maqsadida ularning o’sish davrida).
Azot (N)
Fosfor (P)
Kaliy (K)
Do'stlaringiz bilan baham: |