Ikkinchi bob bo’yicha xulosa
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llashga bo’lgan qiziqish, e'tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda, buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o’quvchi - talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, taqlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan ta'lim jarayonida o’quvchi - talaba asosiy figuraga aylanadi.
Shu bois, BMI II-bobida “5-sinf o’quvchilariga o’g’itlar va ulardan foydalanish haqida ma’lumot berish ” bayon qilingan.
Ikkinchi bob bo’yicha quyidagi xulosalarga ega bo’ldim:
1. O’quvchilarga qishloq xo’jaligi mashinalari ya’ni o’g’it solish mashinalarini o’rgatishda foydalaniladigan zamonaviy ta’lim metodlarini tanlay olish zarurligi;
2. Zamonaviy ta’lim metodlari va ularning ahamiyati, mavzularga mosligini ajrata olish;
3.tuproqqa o’g’it solishda qaysi turdagi mashinalardan foydalanishlik;
4. Dars ishlanmalarini tayyorlash va ulardan samarali foydalanish usullarini, texnologik xarita tuzishni bilishlik;
5. Qishloq xo’jalik mashinalaridan to’g’ri foydalanishlik;
6. Adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalariga ega bo’lish zarurligini;
7. Qishloq xo’jalik mashinalarini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishish va ulardan foydalanish usullari haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ldim.
Umumiy xulosa va tavsiyalar
Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarga qishloq xo’jalik mashinalaridan foydalnish ishlarini o’rgatish muhim amaliy ahamiyatga egadir. CHunki bunda o’quvchilarni kelgusida kasb tanlashga, ishlab chiqarish sohalariga tayyorlash uchun katta imkoniyatlar mavjud. SHuning uchun ham o’qituvchi bu sohaga oid mashg’ulotlarni jonli va qiziqarli qilib o’tishga harakat qilishi zarur.
O’quvchilarga qishloq xo’jalik mashinalari ishlarini samarali tashkil etish uchun, bizningcha, o’qituvchi quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishi zarur:
1. Qishloq xo’jalik sohasida, ayniqsa, mashina qurollari asosiy vosita bo’lib hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi takomillashgan sari undagi qurollarning tuzilishi va ish bajarish funksiyasi o’zgarib boradi.
2. Qishloq xo’jalik texnikasidan to’g’ri va oqilona foydalanish uchun avvalo har bir agregatning tuzilishini, asosiy qismlarini va ulardan foydalanishni yaxshi bilib olish kerak. Buning uchun texnika elementlarini, detalь, buyum, mexanizm, mashina kabi tushunchalarning ma’nosini bilish kerak.
3. Qishloq xo’jalik mashinalari – murakkab texnologik mashina hisoblanadi. SHuning uchun ularning tuzilishini va undan foydalanish ishlarini osonlashtirish uchun o’qituvchi agregatning qismlari qanday detalь va mexanizmlardan tashkil topganligini o’quvchilarga tushuntirib borishi kerak.
4. O’quvchilarga qishloq xo’jalik agregatlari ish bajarish qanday amallar – operasiyalar asosida amalga oshirilishini alohida uqtirib borish kerak. Xususan bunda aytaylik tuproqqa o’g’it solishda qaysi amallarini qanday bajarilishini o’rgatib borish kerak.
5. O’quvchilarga qishloq xo’jalik mashinalarida ishlashni o’rgatishni ilmiy asosda tashkil etishga diqqat qaratish zarur. CHunki ishni ilmiy asosda tashkil etish orqali o’uvchilarni ehtiyotkor, tejamkor, mustaqil ishlashaga o’rgatish mumkin. Bular esa o’z navbatida kelgusida o’quvchilarda mehnat madaniyatini shakllanishiga xizmat qiladi.
6. O’ylaymanki, kelajakda kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladigan darslarni tashkil etishda BMIni tayyorlash jarayonida to’plangan tajribalar o’z natijasini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |