Grigoriy kalendari. Yuliy kalendaridagi bu xatolik italiyalik Grigoriy boshchiligida tuzatilgan va yangi kalendar Grigoriy kalendari deb atala boshlangan.
Bu kalendarga ko‘ra 1582-yilning 4-oktabridan keyin o'rtada 10 kun tashlab yuborilib birdaniga 15-oktabrga o‘tilgan. Natijada, Yuliy kalendari bo'yicha yil hisobida vujudga kelgan 10 kunlik farq barham topgan. Bahorgi tengkunlik yana 21-martga qaytgan.
Grigoriy kalendarida avvalgi xatolik yana takrorlanmasligi uchun 28 kundan iborat fevral oyi har to'it yilda bir marta 29 kun davom etadi. Milodiy yil hisobi Grigoriy kalendari asosida olib boriladi. Bu kalendarga ko‘ra bir yil 365 kunga, fevral 29 kun bo‘lib kelganida esa 366 kunga tengdir.
Hozir Yer yuzining ko‘p davlatlarida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ham yil hisobi Grigoriy kalendari bo'yicha olib borilmoqda.
MMIBDO’: _______________
Mavzu: Kungaboqar nega quyoshga qarab turadi?
Maqsad: o’quvchilarga mavzulardan tashqari yangi va qiziqarli ma’lumorlar berish
Kungaboqar uning "ichki soatlari”ni o’zgartirib qo’ygan mutatsiya tufayli doimo Quyoshga qarab yuzlanish xususiyatiga ega. Bu shunday o’zgartirishki, ular o’simlikning hujayralari o’sishini boshqarib turadi hamda uni kunning yorug` qismida sharqdan g`arbga qarashga majbur qiladi. Bu haqida Science jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qilindi.
"O’simlik qachon va qayerdan Quyosh chiqishi haqida tasavvurga ega bo’lishi meni shunday taxminlarga olib keldi – kungaboqarlarning o’sishini boshqaruvchi oqsil va genlar zanjiri hamda "biosoatlar” o’rtasida bog`liqlik bor. Kungaboqar ko’proq nur olish bilan birga asalarilarni ham ko’proq jalb qiladi, chunki ular issiq joylarni yaxshi ko’rishadi”, - dedi Devisdagi Kaliforniya universitetida faoliyat olib boruvchi Steysi Harmer. Steysi va uning hamkasblari ana shunday taxminga tayanib, botanikaning eng qadimiy va qiziqarli jumbog`iga javob topishdi.
Buning uchun maqola mualliflari bir necha kungaboqarlarni o’stirishdi, ularning bir qismini doimiy ravishda chiroq yonib turgan labaratoriyada ekishdi, qolgan qismi esa oddiy dalada ekildi. Olimlar o’simliklarning bir qismini Quyosh ortidan o’girila olmaydigan qilib mustahkamlashdi, bu ularga bunday evolyutsion moslashishni inkor qilishning oqibatlarini baholash imkonini berdi.
Bu harakat tamoyillarini ochishda ularga maqola mualliflaridan biri o’ylab topgan topqir usul yordam berdi – biologlar marker olib, kungaboqarning poyasiga bir nechta nuqta qo’yib, belgilab qo’yishdi va ularni videokamera yordamida kuzatishdi. Agar ular orasidagi masofa o’zgarsa, bu gul poyasi nuqtalar qo’yilgan joyda o’sgan bo’lar edi.
Kuzatuvlarning ko’rsatishicha, gulning harkatida uning ichki soatlari "motor” vazifasini o’tagan – yorug`liksezuvchan oqsillar to’plami va ularga "mustahkamlangan” kun, tun, tong va oqshom tushishi bilan bog`liq turli hayotiy jarayonlarni boshqaruvchi genlar.
Agar kunning uzunligi sun’iy ravishda buzilsa, hattoki yorug`likning sun’iy manbasi xuddi tabiiy yorituvchidek harakatlansa ham, kungaboqarlar Quyoshga yo’nalish xususiyatini yo’qotishadi. Bu gulning o’sish tezligi, biomassa to’plami va urug`liklarning rivojlanishiga darhol salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Markerda qo’yilgan nuqtalar buning aynan qanday ro’y berishini ko’rsatib bergan – ma’lum bo’lishicha, bu soatlar gulning harakatiga ikki yo’l bilan ta’sir ko’rsatar ekan: o’sish tezligini nazorat qilib va poyaning bir tomonini boshqasidan tezroq o’sishga majbur qilgan. Shu tufayli kungaboqar kunning yorug` qismida Quyoshga talpinib o’giriladi.
Kungaboqarning bunday xususiyatining kutilmagan evolyutsion ijobiy tomoni bor – Harmer va uning hamkasblarining aniqlashicha, asalarilar issiq gullarni yaxshi ko’rishadi, ayniqsa ertalabki paytda; Quyosh tomon o’girilish gulga tezroq isinish va ko’proq changlatuvchilarni jalb qilishga yordam beradi.
MMIBDO’: ____________
Do'stlaringiz bilan baham: |