Mavzu: Daryolar bilan qo`shni davlatlar
Maqsad: o’quvchilarga mavzulardan tashqari yangi va qiziqarli ma’lumorlar berish
Dunyoda davlatlar qo`shni mamlakatlar bilan chegarasi tog`lar, dengizlar, qo`ltiqlar, bo`g`izlar bilan o`tadi. Jahonda shunday davlatlar borki chegaralari daryolar orqali o`tadi. Masalan, shu natijani materiklar misolida ko`rsak:
Shimoliy Amerikada AQShning janubiy chegarasi Meksikaning shimoliy-sharqiy qismi Rio-Grandedaryosi orqali, Gonduras bilan Nikaragua davlatlari Koko daryosi orqali chegaradosh.
Gvatemala bilan Meksika Usumasinto daryosi orqali shimoliy-g`arbiy tomondan, Janubiy Amerikada esa Peru bilan KolumbiyaAmazonka daryosining Isa irmog`i orqali, Braziliya janubi-g`arbiy tomondan Boliviya bilan Amazonka daryosining Madeyra irmog`i bilan chegara o`tgan. Parana daryosi Argentina bilan Paragvayni chegara qilib turibdi. Urugvay daryosi esa xuddi shu vazifani Urugvay bilan Argentinani orasida chegara vazifasini bajaryapti, qisman janubi-g`arbiy tomonidan Braziliyani ayirib turibdi.
Afrikada Kongo Demokratik Respublikasi bilan Kongoni Kongo daryosi Markaziy Afrika Respublikasi bilan Kongo Demokratik Respublikasini uning Ubangi irmog`i chegara qilib turibdi.
Oranj daryosi Namibiyani janubini JAR bilan chegaralagan, Limpopo esa JARni Zimbabve va Bostvana bilan ajratib turibdi.
Zambezi daryosi Zambiya va Zimbabveni, Ruvuma daryosi Tanzaniya bilan Mozambikni, Senegal daryosi Mavritaniya bilan Senegalning shimol tomonidan chegaralab tursa, xuddi shu davlatning sharq tomonidan Mali bilan ajratib turibdi.
Yevrosiyo materigini esa ikkiga bo`lib o`rgansak, Osiyoning sharqidagi Koreya yarimoroli Xitoy bilanYalutszyan (Amnokkan) daryosi, Rossiya bilan shimoliy chegarasini Tuminszyan (Tumangan) daryosi orqali chegaralangan, Laos bilan Myanma Mekong daryosi orqali, janub tomondan chegara o`tkazilgan. Panj daryosi Afg`oniston bilan Tojikistonni chegaralasa, Araks daryosi Ozarbayjon bilan Eronni, Armaniston bilan Eronni, Armaniston bilan Turkiyani ajratadi. Samur daryosi Rossiya bilan Ozarbayjonning shimolini chegaralasa, Tatar bo`giziga kelib quyilayotgan Amur daryosi Rossiyani Xitoy bilan chegaralab turibdi.
Yevropa qit`asidagiDunay daryosi Prut irmog`i Ruminiyani shimol-sharq tomonidan Moldavani, xuddi shu davlatni shimoli-sharq tomondan Dnestr daryosi Ukrainadan ajratadi. DunayBolgariya bilan Ruminiyani, Ruminiya bilan Ukrainani, shimoliy-sharqiy Serbiyani Ruminiyadan, Xorvatiya bilan Serbiya orasidagi devor vazifasini o`tab turibdi. Uning Sava irmog`i Bostvana va Gersogovanani to`liq shimol tomondan Xorvatiya bilan ajratib turibdi. Dunayning yana bir irmog`i esa Xorvatiya bilan Vengriyani, Vengriyadan shimoliy-g`arb tomondan kata masofada Slovakiyani ayirib turibdi. Rossiyani Boltiq dengizidagi qismini (Kaliningrad obl.) esa shimol tomondan Litva bilan Nyamunos daryosi bog`lab turibdi.
Finlandiyani Shvetsiya bilan Muonioeiven daryosi ajratib turibdi, Finlandiyani shimoliy-sharqdan Norvegiya bilan chegarasi Tenoyoki daryosi orqali o`tadi.
MMIBDO’: ______________
Do'stlaringiz bilan baham: |