Mavzu: Yengil sanoat tarmog‘i korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari


Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda quydagi xulosalarga kelindi



Download 260 Kb.
bet8/9
Sana01.07.2022
Hajmi260 Kb.
#727540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUSTAQIL ISH

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda quydagi xulosalarga kelindi:
1.Ishlab chiqarishning o‘ziga xosligi sarflar tarkibini belgilaydi. Bunda ba’zi sarflar kata hajmga ega, demakki, ahamiyatliroq, boshqalari esa kam ahamiyatli, shuning uchun boshqalarining tarkibida yiriklashtirilgan holda hisobga olinishi mumkin. SHu sababli, ishlab chiqarish sarflarini hisobga olishni tashkil qilish mezonini ajratib ko‘rsatish lozim.
2. Avvalroq o‘tkazilgan sarflar tarkibi tahlili shuni ko‘rsatadiki, tannarxning darajasiga eng ko‘p ta’sir etuvchi quyidagi sarflar mavjud: xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va elektr energiyasi sarflari. Demak, bu holda “ahamiyatli sarflar”ni ushbu sarflar turlariga ko‘ra farqlash lozim.
3. Yengil sanoat korxonalarda moddiy xarajatlarning tasniflanishini shakllantirishni ta’minlovchi mezonlar sxemasi qo‘shma korxonalar turlari uchun mos keladi. Lekin, Yengil sanoat korxonalar faoliyatining o‘ziga xosligi uning tashkiliy tuzilishi va zamonaviy sharoitlarda ishlash maqsadlari sarflarni boshqarishni, demakki, korxona faoliyatining natijalariga ta’sir etuvchi boshqa omillariga etibor qaratish kerak.
4. Yengil sanoat korxonalar hisob tizimini tashkil etishda ushbu maqomga ega korxona xususiyatlarini inobatga olish, yengil sanoat korxonalarida xarajatlar hisobini samarali boshqarish muhim omillardan biridir. Bugungi kunda esa, sanoat korxonalarida xarajatlar hisobini yuritishda me’yoriy hujjatlar va korxonadagi amaliy ma’lumotlarga asoslangan holda takomillashtirishni talab etmoqda.

Xulosa va takliflar

Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning fundamental asosi ularning innovatsiyalar, strategiyalaridan qay darajada foydalanishiga bevosita bog’liq. Korxonalarning marketing strategiyalari ularning bozordagi maqsadlariga muvofiqligini ta’minlashni taqozo etadi. Korxona bozordagi raqobat muhiti va holatiga ko’ra marketing strategiyalarini shakllantirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishadi.


Dissertatsiyada raqobatbardoshlikni oshirish bo’yicha shakllangan strategiyalari tizimlashtirildi. Tahlilga ko’ra, yengil sanoatda shakllangan raqobat muhitida faoliyat yuritayotgan korxonalarning «raqobatda hamkorlik qilishi»,
«milliy brendni shakllantirishi», «assortiment bo’yicha ichki bozorda etakchilikni saqlashi» kabi strategiyalar ularning raqobatbardoshligini ta’minlashning asosiy strategiyasi sifatida belgilab berildi.
Tadqiqot natijalariga ko’ra, yengil sanoat korxonalari uchun mahalliy bozorda egallab olinmagan bozor bo’shlig’i mavjud. Ichki bozorni yuqori sifatli mahalliy tovarlar bilan to’ldirish va eksportini kengaytirishda milliy brendlarning xalqaro nufuzini oshirish, mahsulotlarni xalqaro talab va standartlarga muvofiqlashtirish, innovatsion rivojlanish bosqichiga jadal o’tish muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston tayyor kiyimlar bozorida faoliyat yuritayotgan asosiy raqobatchilar (Xitoy, Turkiya, Xindiston)ning ichki bozordagi ulushi yuqoriligi aniqlangan. Mahalliy bozorda taklif etilayotgan gazlamalarda Xitoyda ishlab chiqarilganlarining ulushi 49 foizni, ayollar kiyimlarida 33 foizni, ayollar poyabzalida 76 foizni, Turkiyaning shu tovarlardagi ulushi esa mos ravishda 22 foiz, 15 foiz va 2 foizni tashkil etmoqda. Demak, yengil sanoat korxonalari oldida hali juda katta egallab olinmagan bozor bo’shlig’i mavjud bo’lib, raqobatchi mamlakatlar tovarlarini ichki bozordan siqib chiqarishga yo’naltirilgan strategiyani amalga oshirish va asosiy e’tiborni moda industriyasini rivojlantirishga qaratish lozim.
Yengil sanoat sohasidagi ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribasiga tayangan holda O’zbekistonda moda industriyasini rivojlantirishning kontseptual yo’nalishlari belgilab berildi. Unga ko’ra xalqaro moda bozorida milliy brendlar nufuzini oshirish, jahondagi ommaviy dizaynga tezkor moslashish, innovatsion kiyimlar kollektsiyalarini eksportga yo’naltirish, nou-xau va dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish asosida korxonalar raqobatbardoshligini oshirishga erishiladi.
Yengil sanoat uchun kadrlar tayyorlovchi oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari hamda tarmoq korxonalarining o’zaro mustahkam aloqasini ta’minlovchi mukammal tizimni yaratish, klaster orqali ularning samarali integratsiyasini ta’minlash yengil sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirishning asosiy strategiyasi sifatida qaralishi lozim.
O’zbekiston to’qimachilik va yengil sanoati tizimida klasterlarni shakllantirish masalasi klaster nazariyasining mohiyatidan kelib chiqib, mamlakat miqyosida emas, balki mintaqalar – viloyatlardagi aniq ijtimoiyiqtisodiy shart sharoitlar, ishlab chiqarishning to’la tsiklini qamrab oluvchi vertikal va gorizantal integratsiyaga asoslangan innovatsion xizmatlarni uyg’unlashtirish asosida ilmiy markazlar doirasida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo’nalishi sifatida taklif etilayotgan klasterni shakllantirishning sinergiya samarasi prognozlandi. «tekstil klasteri»ni shakllantirishning samarasi viloyatlarda yengil sanoatni amaldagi rivojlanishiga nisbatan 2018 yilda 5,8 koeffitsientga, 2025 yilda esa 4,02 koeffitsientga yuqori bo’lishi, 2025 yilgacha viloyatda 843 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari tashkil etilishi, yalpi xududiy mahsulot hajmi 8,2 martaga, eksport salohiyati esa 8,5 martaga oshishi asoslandi.
Respublikamizda yengil korxonalar faoliyatini tashkil etish va samarali boshqarish, ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishda ularning raqobatbardoshligini oshirish borasida quyidagi takliflarni bersak, maqsadga muvofiq bo’ladi:
Birinchidan,asosiy ishlab chiqarish faoliyatiga qo’shimcha faoliyat va xizmat turlarini ko`rsatish yo`nalishida tashkil etishda olinadigan foyda miqdori
ko`payadi. Bu esa, o`z navbatida, asosiy sohani yanada rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash va qo`shimcha faoliyat turlarini yaratish yo`nalishidagi tadbirlarni ichki manbalar hisobidan moliyalashtirishimkonini beradi.
Ikkinchidan, qo`shimcha faoliyat sifatidagi xizmatlar ko`rsatish ishlarining asosiy ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga kiritilishi iste`molchilar uchun mahsulot tannarxini pasayishiga, ishlab chiqaruvchilar uchun foydani oshishiga olib kelib, ishlab chiqaruvchilar o`rtasida raqobat muhitining kuchayishiga, pirovardida esa ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko’rsatish sifatining yaxshilanishi va narxining pasayishiga olib keladi.
Uchinchidan,korxonalarda mahsulotlar yetishtirishni diversifikatsiyalash mahalliy va tashqi bozorlarni yangi texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilgan, raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta`minlanish imkonini yanada yaxshilaydi. Bu esa, o`z navbatida, xalqimiz turmush farovonligini yuksalishiga xizmat qiladi.
To`rtinchidan, yengil korxonalari moddiy-texnikbazasini mustahkamlash, ularni zamonaviytexnikalarbilan ta`minlash, istiqbolda ularni ishlab chiqarish faoliyatini yanada barqarorlashtirishga yordam beradi. Ushbu tadbirning amalga oshirilishi korxonada, bir tomondan, foyda miqdorining oshishiga sabab bo`lsa, ikkinchi tomondan ishlab chiqarish bo`yicha xo`jalik mustaqilligini beradi.
Beshinchidan, yengil korxonalarining istiqbolli yo`nalishlari doirasida ularni bozor bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`lanishi va bu orqali o`zlari ishlab chiqargan mahsulotlaridan ko`proq manfaatdor bo`lishini ta`minlaydigan tadbirlarni amalga oshirish ishlari mujassamlashgan. Bu esa pirovardida, ishlabchiqaruvchi korxonalarni iqtisodiyotimizdagi raqobatbardosh sub`ekt sifatida shakllantirishga yordam beradi. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi ishlab chiqaruvchi korxonalarning barqaror rivojlanishiga, aholini ehtiyojlarini qondiruvchi turli- tuman mahsulotlar bilan ta`minlashni yaxshilashga olib keladi



Download 260 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish