Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligi tahlili
O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoatining tarkibi mukammallashib bormoqda, agar oldingi asrning 20-yillarida asosiy mahsulotning 4/5 qismini paxta tozalash sanoati tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda yuqori sur’atlar bilan to‘qimachilik, trikotaj-tikuvchilik, ipakchilik va charm-poyabzal tarmoqlari ham rivojlanayapti.
Hozirgi kunda Respublika yengil sanoat Davlat aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zbekyengilsanoat” tarkibida 285 ta korxona va tashkilotlar bo‘lib, undan 134 tasi to‘qimachilik korxonalari, 116 tasi tikuvchilik-trikotaj tarmog‘i korxonalari, 35tasi ipakchilik tarmog‘i korxonalari va 7 tasi tarkibiy tuzilma tashkilotlaridir. “O‘zbekyengilsanoat” DAK tarkibidagi korxonalarning 120 tasi qo‘shma korxonalar hisoblanadi. SHuni ta’kidlash kerakki, qo‘shma korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlar sanoatda ishlab chiqarilgan mahsulotning 30 foizini tashkil etadi va ular ishlab chiqargan mahsulotlarining 88,1foiz eksport qilinadi. Bugungi kunda Respublikamiz sanoat tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning 1/3 qismi yengil sanoatida faoliyat olib bormoqda, yengil sanoat mahsulotlarining salmog‘i jami sanoat mahsulotiga nisbatan 13,4foiz ni, iste’mol tovarlariga nisbatan 55foiz ni tashkil etadi.
Eksport ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston jahon bozorida «oq oltin» eksporti bo‘yicha oldingi o‘rinlarni egallagan holda, to‘qimachilik mahsulotlari, gazmollar, trikotaj-tikuvchilik buyumlarini kam miqdorda chetga chiqaradi. Sanoat tovarlari eksporti umumiy hajmida to‘qimachilik mahsulotlari ulushi yuqori bo‘lgan mamlakatlar ichida etakchilar bo‘lib, Bangladesh - 95 foiz, Laos - 93 foiz, Makao - 89 foiz, Kombodja - 83 foiz, Pokiston - 73 foiz, SHri-Lanka - 71 foiz, Nepal - 61 foiz, Tunis - 46 foiz, Marokko - 43 foiz, Turkiya - 38 foiz, Hindiston - 30 foiz va Ruminiya - 27 foiz salmoqqa ega.
To‘qimachilik mahsulotlari va kiyim ishlab chiqaruvchi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning asosiy raqibi hisoblangan Xitoyda bu ko‘rsatkich 12 foizga teng. Umuman, to‘qimachilik, tikuvchilik va charm-poyabzal tarmoqlari valyuta tushumini Mavrikiyada 3/5, Portugaliyada 1/3, Ruminiyada 1/4, Italiya, Litva va Marokoshda 1/5 qismini beradi. SHuni aytish kerakki, bu mamlakatlar o‘zlarining paxta va xom ipak ashyolariga ega emas, shuningdek, jun va teriga ham boy emas.
To‘qimachilik sanoati Respublikamiz yengil sanoatining asosiy tarmoqlaridan biridir. To‘qimachilik sanoati korxonalarida kimyoviy va tabiiy tolalardan birgalikda tayyorlangan gazmollar, tabiiy ip, jun, ipak, kanop va trikotaj gazlamalari ishlab chiqariladi.To‘qimachilik sanoatining rivojlanishi jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan. Bu maqsadda AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Italiya va Hindiston kabi yirik mamlakatlar bilan qo‘shma korxonalar tashkil qilinmoqda. Bu sohani rivojlantirish strategik ahamiyatga ega ekanligi va xalqimizning sifatli to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida Respublika Vazirlar mahkamasi qaroriga binoan to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirishning 2017-2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra Respublika hududida chet el investitsiyasini jalb etish, tijorat banklari qarzi va o‘z mablag‘i hisobiga 70 dan ortiq ob’ektlarni texnik qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va yangi qurilishlarni barpo etish ishlari amalga oshirildi. Natijada, 2017 yilda 174,3 ming tonna kalava ipi, 107,2 mln. m2 tayyor ip gazlama, 25,1 mln. m2 noto‘qima mahsulotlar, 104,1 mln. dona trikotaj mahsulotlari, 22500 ming juft paypoq mahsulotlari ishlab chiqarildi. 2017 yil jami 29 ta korxona ishga tushirilib, natijada, tayyor mahsulot turlarini avvalgi davrga nisbatan 1,8 marta, ip gazlamalari 1,26 marta, trikotaj buyumlari 1,2 marta, paypoq mahsulotlari 2,5 marta, tayyor tikuvchilik mahsulotlari 2,9 marta o‘sishiga erishildi.
«O‘zbekyengilsanoat» DAK korxonalarida importni o‘rnini bosadigan mahsulot turlaridan 50 dan ortig‘ini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 2017 yili 2016 yilga nisbatan Respublika hududida chetdan keltiriladigan mahsulotlar hajmi 95 foizga qisqardi. SHu jumladan, faqat trikotaj mahsulotlaridan 1000 dan ortiq turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Aholining tayyor mahsulotlarga nisbatan ehtiyojini qondirish maqsadida 400 tadan ortiq kichik va o‘rta biznes korxonalarining har biri kichik partiyalarda, o‘rtacha 1124,6 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishga erishildi.
Importning o‘rnini bosuvchi xom ashyo, materiallar va iste’mol mollarini 2017 yilda avvalgi yilning shu davriga nisbatan 102,9 foizga, yoki 14,0 mln. AQSH dollariga ortiq ishlab chiqarildi. Respublikamizda ishlab chiqarilgan yengil sanoat mahsulotlarini eksport qilish 2000 yilga nisbatan 25 marta ortdi. Eksport hajmi umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 70,2 foizni tashkil etdi.20
“O‘zbekyengilsanoat” DAK investitsiyalarni faol jalb qilgan holda, ishlab chiqarish va eksport hajmining barqaror o‘sishini ta’minlamoqda. 2017 yilda kompaniya tomonidan 1734,9 mlrd. so‘mlik mahsulot sotildi, ya’ni 2016 yilga nisbatan o‘sish sur’atlari 120 foizni tashkil qildi. SHuningdek, 607,2 mlrd. so‘mlik keng iste’mol mollari o‘z xaridorlarini topdi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 33,3 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish hajmi esa, 419,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Eksportning umumiy hajmida to‘qimachilik yarim tayyor mahsulotlari ulushi 14,4 foizga teng bo‘ldi.21
Kompaniyaning mahsulot eksport qilish gegrafiyasi yil sayin kengayib bormoqda. 2017 yil kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 43 ta davlatga, EI va MDH davlatlari, shuningdek, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, BAA va boshqa mamlakatlarga eksport qilindi. Xususan, eksport hajmi Turkiyaga – 19 foizni, EI mamlakatlariga - 15,0 foizni, Janubiy Koreyaga – 5 foizni, Xitoy xalq Respublikasiga – 16 foizni, MDH davlatlariga - 37,0 foizi, 6 foizi esa boshqa davlatlarga jo‘natildi.
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish murakkab, ko‘p bosqichli texnologik jarayondir. To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy muammo kiruvchi va chiquvchi mahsulot sifatidadir. Ip yigirish va to‘kuvchilik korxonalariga keltirilayotgan tolaning 20-30 foizi uzilish yuki va turli xil ingichkalikka egaligi bilan mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Deyarli barcha mahalliy eski uskunalar bilan jihozlangan ip yigirish va to‘quvchilik korxonalarida jahon bozori talabidagi sifatli mahsulot etishtirishga imkon bermayapti. Bu esa uz navbatida korxonalarning eksport imkoniyatlarini cheklab qo‘ymokda.
Zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan va sifatning maxsus sertifikatlariga ega to‘quvchilik qo‘shma korxonalari sifatli xom ashyora ega bo‘lgan holda, jaxon bozorlarida raqobat kilish imkoniyatiga ega. 2009 yildan 2017 yilga qadar O‘zbekistonda ishlab chikarilayotgan kalava ipning Evropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish hajmi, shu mamlakatlarga import qilinayotgan kalava ip hajmida 1,5 foizdan 9 foizga o‘sdi.
Hozirgi vaqtda Respublikaning eski uskunalar bilan jihozlangan korxonalarida ishlab chiqarilayotgan kalava ipning 20 foizi ichki bozorda iste’mol qilinadi, hamda uning texnik sifati past darajada bo‘lib, ip va aralash gazmollar ishlab chiqarishning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, omborlarda sifatsiz mahsulotlarning zahirasining ko‘payishiga olib keladi.
O‘zbekistonda ip gazlamalar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan qo‘shma korxonalar nisbatan kam. SHu sababli, ip gazlamalarning asosiy qismini mahalliy korxonalar eski uskunalarda tarash usulida olingan chiziqiy zichligi 18-50 Teks bo‘lgan ip (kardnaya pryaja)dan ishlab chiqarmoqda. Bu esa assortimentni kengeytirishga imkon bermaydi, jumladan nafis ipak gazlama (shifon), shtapel, madepolam, erkaklar ko‘ylagi uchun gazlama kabilar.
Ip gazlamalar, trikotaj matoning sifati xom matoni oqartirish va bo‘yashning texnologik jarayonlariga bog‘liqdir. Sifatli ximikatlar va bo‘yoq moddalari bilan bog‘liq muammolar import (Rossiya, Germaniya, SHveysariya, CHexiya,
Hindiston) hamda lokalizatsiya ("Kraxmal" AJ da ishlab chiqariladigan texnik kraxmal) hisobiga hal qilinayotgan bo‘lsada, ularning qiymat omillari ko‘pgina korxonalar uchun etarli darajada yuqori.
Xorijda tarkibida 35 foizgacha sintetik qo‘shimachalarga ega bo‘lgan gazmol 100 foiz tabiiy hisoblanadi. Nitron tolalardan tashqari, barcha turlardagi (viskoza, lavsan, yarimefir tolalar, elastik, spandeks va boshqalar) import qilinadi. Respublikada aralash gazmollar ishlab chiqarishning gazmollar va matolar ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 0,2 foizni tashkil qiladi. Xaridorlar talabiga javob beruvchi erkaklar ko‘ylagi uchun aralash gazmollarning ishlab chiqarilmasligi tikuvchilik korxonalarida ishlab chiqarishning kengayishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi hamda tashkil bo‘lgan defitsit arzon import tayyor buyumlari hisobiga qoplanadi.
To‘qimachilik sanoatining keyingi rivojlanishi trikotaj -tikuvchilik tarmog‘i rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Hozirgi kunda "O‘zbekyengilsanoat" DAK korxonalari ishlab chiqariyotgan mahsulotlar umumiy hajmida tayyor trikotaj - tikuvchilik mahsulotlari 23 foizni tashkil qiladi. Sifatli tikuvchilik va trikotaj buyumlari ishlab chiqarishda boshqa omillar bilan birgalikda inson omili ham asosiy o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va bozorda unga bo‘lgan talab marketing tadqiqotlariga tayangan holda, dizayner va modelerlarga bog‘liqdir.
Tarmoqdagi asosiy muammolarni hal etishga to‘qimachilik sanoatidagi ishlab chiqarishning texnologik darajasi ham ta’sir etadi. 2017 yil ko‘rsatkichlarga ko‘ra "O‘zbekyengilsanoat" DAK tarkibida 285 ta korxona bo‘lib, ularning 65 foizi yangi texnologik uskunalar bilan jihozlangan bo‘lsa, ulardan 70 tasi yigirish- to‘qishga ixtisoslashgan, 74 tasida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi.
«O‘zbekyengilsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2015-2023 yillarda tarkibiy o'zgarishlarni ta’minlash, ishlab chiqarishni modemizatsiya va diversifikatsiya qilish chora-tadbiriari dasturiga binoan 79 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |