Mavzu: Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja


“Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish”



Download 359,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/24
Sana15.04.2022
Hajmi359,72 Kb.
#554592
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Mavzu Yangilanayotgan O‘zbekiston milliy tiklanishdan – milliy

“Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” 
yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi qarorida: 
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan 
birgalikda uch oy muddatda eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy 
indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan 
mavqeini chuqur o‘rganishni ta’minlasin”,
deya qayd etilgan edi. Bu esa O‘zLiDeP 
uchun ham nihoyatda muhim masalalar sirasiga kiradi. Zero, Harakatlar 
strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish borasida mas’uliyatni his 
etayotgan siyosiy kuch, partiyamizning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar esa 
investitsiyalarning kirib kelishidan bevosita manfaatdor qatlamdir. 
Yana mavzuga qaytib, shuni ta’kidlashimiz zarurki, reytinglar ichida eng 
mashhurlari, investitsiya jalb qilinishida muhim o‘rin tutadiganlari sirasiga 
“Standard and Poor’s”, “Moody’s”, “Fitch Ratings” agentliklari hamda yirik 
auditorlik va konsalting kompaniyalari tomonidan e’lon qilib boriladigan baholash 
mezonlarini ham kiritish mumkin. Hozirgi kunda yuqorida qayd etilgan agentliklar 
tomonidan e’lon qilinadigan suveren kredit reytingiga O‘zbekistonning ham 
kiritilishi bo‘yicha ishlar boshlangani, albatta, ijobiy holat. Biroq bu ishlarni 
hozircha ko‘ngildagidek deb bo‘lmaydi. Aytaylik, bir qator indekslar bevosita 
investitsion faoliyat bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni e’lon qiladi. Jumladan, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri investitsiyalar indeksi (FDI index) 62 ta mamlakatda 22 sohani o‘z ichiga 
qamrab olgan holda qonunchilik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning 
kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni tahlil etadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalarning ishonchlilik darajasini ko‘rsatuvchi “FDI Confidence” indeksi 
global konsultatsion kompaniya bo‘lmish “A.T.Kearney” tomonidan belgilanib, 40 
ta mamlakat bo‘yicha tahlillarni reyting ko‘rinishida chop etadi. Afsuski, mazkur 
indekslardan o‘rin olgan davlatlar qatorida hozircha mamlakatimiz yo‘q. Bu esa 
yurtimizga potensial investorlarning kirib kelishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Mamlakat ichkarisida investitsion muhit qanchalik qulay va jozibador bo‘lmasin, 
uning xalqaro maydondagi targ‘iboti yetarli darajada bo‘lmas ekan, bir joyda 
depsinib turilaveradi. 
Yuqorida bayon qilingan jihatlarga alohida to‘xtalish, birma-bir sharhlash, 
kamchilik va yutuqlarni sanash keng ko‘lamli tadqiqot va chuqur o‘rganishni talab 
qiladi. Bu boradagi ishlar allaqachon boshlab yuborilgan, xususan, partiyamiz ayni 
yo‘nalishda Bank-moliya akademiyasi bilan yaqin hamkorlik qilib, o‘rganishlar olib 
boryapti. Jumladan, Prezidentimizning “Jahon banki va Xalqaro moliya 
korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining 


reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash 
bo‘yicha mas’ul idoralarga quyidagi aniq takliflar bildirilgan: 
O‘zbekistonning yetakchi global indekslarda, birinchi navbatda Global 
raqobatbardoshlik reytingida (GCI, Global Competitiveness Index) ishtirok etishi 
uchun tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilishi, xususan, bu bo‘yicha milliy markazlar 
loyihasini shakllantirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz;
ekspertlar jamoasini shakllantirish va Global raqobatbardoshlik indeksida 
O‘zbekistonning tegishli munosib o‘rnini aniqlash uchun milliy tadqiqotlar 
o‘tkazish, keyin esa ushbu reytingda mamlakatning kuchli va zaif pozitsiyalarini 
aniqlash;
bu yo‘nalishda muvaffaqiyat qozonayotgan MDH mamlakatlarining xalqaro 
indekslar bo‘yicha ilg‘or taklif va fikrlarini to‘plash, muhokama qilish hamda 
umumlashtiruvchi tajriba va ishtirok modellarini yig‘ish, muvofiqlashtirishga 
qaratilgan kompyuterlashtirilgan kraudsorsing platformasini ishlab chiqish va 
tatbiq etish;
yetakchi xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlarining ekspertlari, 
mashhur olim va mutaxassislar ishtirokida maxsus xalqaro konferensiyalar 
o‘tkazish, shu orqali O‘zbekistonning xalqaro indekslarga bosqichma-bosqich kirib 
kelishi uchun chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
Global raqobatbardoshlik reytingi ko‘rsatkichlari bilan aniqlangan 
nomuvofiqlikni bartaraf etish va amaldagi xo‘jalik yuritish mexanizmlarini 
takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha 
milliy dasturni qabul qilish;
– investitsiya muhitini takomillashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirishga oid yangi qonun, farmon va qarorlar 
ishlab chiqishda “global indekslar talablariga muvofiqlikni ta’minlash shartligi” 
majburiy prinsipini amalga oshirish.
Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv 
jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi 
bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga 
yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. 
Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va 
ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi. 
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning 
rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining 
turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy 
investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi 
muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida 
ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan 
rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran 
mazmun kasb etadi.

Download 359,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish