koʻrsatkichlari 100 ballik tizimda 25 ballni tashkil qilayotgani salbiy natijadir. Qayd
etilgan ball koʻrsatkichi 2018-yilga nisbatan (Maʼlumot uchun: 2018-yilda 23 ball)
bor-yoʻgʻi 2 ballga koʻtarilgan.
Ikkinchidan, bu masalada hozirga qadar juda koʻp gapirilgan, amalda
koʻplab ishlar bajarilgan boʻlsa-da, lekin baribir yana vaziyat shuni taqozo etmoqda.
Bu mamlakatda qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini takomillashtirish
vazifasidir. Maʼlumki, davlatimiz rahbarining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston
Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini
yaxshilash chor-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetiga Huquq
ustuvorligi indeksi (The Rule of law index) boʻyicha milliy monitoring tizimi
faoliyatini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Biroq bugun aniq raqamlarga murojaat
qiladigan boʻlsak, xalqaro qonun ustuvorligi loyihasining 2019-yilgi
koʻrsatkichlariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi mazkur indeksga kiritilgan 128
ta davlat ichida 92 oʻrinda (maʼlumot uchun: ushbu roʻyxatda 91-oʻrinda Filippin,
93-oʻrinda Tanzaniya) ekanligi, bu yilgi oʻsish surati atigi toʻrttaga yuqorilaganlik
fakti ham bu boradagi ishlarni yana-da jadallashtirish zaruriyatini anglatadi. Shu
munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi milliy sudlov tizimini yangi bosqichga
koʻtarib, sudga qadar ish yuritishning barcha bosqichlarini tubdan isloh qilish hamda
uzogʻi bilan 2022-yilga qadar mazkur indeksda Oʻzbekiston Respublikasining
oʻrnini qirqtaga yuqorilashiga (kamida 50 oʻrin) erishish zarur. Buning uchun esa,
ilgʻor xorijiy davlatlarning qonunchilik tizimlarini chuqur qiyosiy tahlillar asosida
oʻrganish zarurdir.
Uchinchidan, ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritish uchun
mamlakatda aniq huquqiy kafolatlar tizimini yaratish, shu jumladan,
axborot
manbalarini huquqiy himoyalash mexanizmlarini ishlab chiqish sohasida tegishli
chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bundan koʻzlangan maqsad mamlakatimizni
Worldwide press freedom index “Chegarasiz reportyorlar” xalqaro nohukumat
tashkiloti (Reporters Without Borders) reytingida oʻrnini sezilarli yaxshilashdir.
Hozirgi kunda tashkilotning hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekiston mazkur indeksda
156-oʻrinni (2019-yilda 160-oʻrin) band qilib turmoqda. Bu esa mamlakatimizni
xalqaro hamjamiyatda axborot resurslaridan foydalanishida koʻplab
cheklovlarga
duchor qilishi mumkin.
Toʻrtinchidan, mamlakatimizni The Economist Intelligence Unit tadqiqot
markazining beshta muhim kategoriyalari boʻyicha koʻrsatkichlarining nihoyatda
pastligi, bugun Oʻzbekiston Respublikasini mazkur xalqaro indeksdagi 165 ta
suveren davlat ichida 157-oʻrinni egallab qolishiga olib kelmoqda. Shu munosabat
bilan, Oʻzbekistonni mazkur xalqaro reytingda oʻrnini yaxshilash uchun milliy
saylov tizimidagi huquqiy muammolarga yana bir bor eʼtibor qaratish lozimdir.
Shuningdek, fuqarolar erkinligi hamda siyosiy madaniyat borasida qonunchilik
tarmoqlarini qayta isloh qilish zarurdir. Mazkur indeksning oʻziga
xosligi uni
baholash mezonlarining murakkabligi va qoʻyilgan talablarni amalga oshirish
faqatgina davlatga bogʻliq boʻlib qolmay, balki fuqarolarning siyosiy faolligini ham
taqozo etishidadir. Shu jihatdan olib qaraganda, ushbu indikator talablariga
bosqichma-bosqich oʻtishning milliy monitoring tizimini yaratish maqsadga
muvofiqdir.