Mavzu: YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM
Reja:
Vatanim taraqqiyotiga mening hissam
“Bu mening Vatanim!”
Mamlakatimizda adabiyot, san’at va madaniyat sohalarida faoliyat yuritayotgan iste’dodli, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovini e’lon qiladi.
Vatanim taraqqiyotiga mening hissam
Termizda o‘tkazilgan yosh tadbirkor, fermer va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi shunday shior ostida tashkil etildi.
Masalan, “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!” ko’rgazmasi orqali ishtirokchilar yosh tadbirkorlar, hunarmandlarning ijodiy izlanishlari, ular ishlab chiqargan mahsulotlar bilan yaqindan tanishadilar. Turli musobaqalar sovrindorlari bo’lgan sportsevar yigit-qizlarning ko’rgazmali chiqishlari barkamol avlodning jismoniy va ma'naviy kamoloti yo’lida yaratilgan imkoniyatlar ko’rigiga aylanayapti.
Aytish lozimki, festivalning joriy yilgi tadbirlarida “Bu mening Vatanim!” shiori ostida Prezidentimizning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir” kitobi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan taqdimot, respublikamiz yosh ijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar namoyishiga yo’naltirilgan “Kichik filmdan — katta kinoga”, oliy ta'lim muassasalari teatr studiyalarining “Talabalar teatr studiyalari”, “Yoshlar jonli ijro tarafdori” kabi yangi loyihalar ham tashkil etiladi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Fermerlar kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida ushbu sohada mehnat qilayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani ta’kidlandi.
Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Ko‘rgazmada yuksak salohiyatli, faol, tashabbuskor va tadbirkorlik faoliyatida yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar “Yilning eng namunali yosh tadbirkori”, “Yilning eng namunali yosh fermeri”, “Yilning eng namunali yosh hunarmandi” yo‘nalishlari bo‘yicha munosib taqdirlandi. G‘oliblarga mamlakat bosqichiga yo‘llanma berildi.
– Bugun “Yilning eng namunali yosh tadbirkori” yo‘nalishi g‘olibi bo‘lganimdan juda xursandman, – deydi Termiz tumanidagi “Gulbahor nurli kelajak” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Dilafro‘z Karimova. – Bunday tadbirlar yosh ishbilarmonlarni yanada ko‘proq izlanishga undaydi. Korxonamizda tikilayotgan kiyimlar, yaratilayotgan yangiliklar aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotganidan faxrlanaman.
Tadbir doirasida bank, soliq, bojxona sohasi mutaxassislari yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kredit olish, soliq imtiyozlari, ulardan foydalanish qoidalari, bojxona xizmatlari xususida ma’lumot berdi.
Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag’ishlab “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur anjuman doirasida shahar va tumanlar markazlari, ta'lim muassasalarida turli ma'naviy-ma'rifiy, badiiy dasturlar o’tkazish rejalashtirilgan.
Navqiron avlodni mamlakatimizda istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, demokratik o’zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, ularda bu jarayonlarga nisbatan daxldorlik hamda shukronalik tuyg’usini shakllantirish, yoshlarni “ommaviy madaniyat” ta'sirlaridan asrash, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash kabi maqsadlar ko’zda tutilgan festival o’n sakkizta loyihani qamrab olgan. Jumladan, joylarda “Yurtimni obod etaman”, “Vatanim — mening faxrim”, “Marra bizniki!” singari tadbirlar uyushtirilmoqda.
Yoshlik hamda shijoat bayramining birinchi kunida viloyat markazidagi “Kamolot bog’i”da ko’ngillarga orom beruvchi musiqiy favvoraning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Kamalak rangida tovlanayotgan obihayot zarralarini 25 metr baland-likka ko’tarib berayotgan inshoot atrofida yigit-qizlar zavq-shavqqa to’lib, hordiq chiqardilar. Endilikda bu joy yoshlarning bo’sh vaqti yanada mazmunli o’tadigan so’lim maskanga aylanadi.
Shuningdek, To’raqo’rg’on, Chust va Kosonsoy tumanlarida ham bir qator uchrashuvlar tashkillashtirildi.
— Poytaxtdan kelgan ijodkorlar, san'atkorlar hamda iqtidorli yigit-qizlardan iborat targ’ibоt guruhi ishtirokidagi “Kamolot kutubxonasi” loyihasi doirasidagi viktorina menda katta taassurot qoldirdi, — deydi To’raqo’rg’on tumanidagi 16-umumta'lim maktabi o’quvchisi Qunduzoy Matkarimova. — Unga tashrif buyurgan aktyorlarning ko’pchiligini kinofilmlardagi rollari orqali yaqindan taniymiz. Savol-javoblar orqali ularning hayoti, ijodiy faoliyati bilan tanishdik. Viktorina chog’ida mehmonlarning qanday kitoblarni mutolaa qilayotganimiz, sevimli yozuvchilar va adabiy qahramonlarimiz haqida bergan savollariga biz ham batafsil javob qaytardik. Tadbir yakunida faol qatnashchilarga kitoblar sovg’a qilindi. Bundan behad xursandmiz.
Uch kun mobaynida bo’lib o’tadigan festival tadbirlariga davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va jamiyat hayotining turli sohalarida yutuqlarni qo’lga kiritayotgan yoshlar ham keng jalb etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |