Mavzu: Yalpi milliy maxsulot, uning tarkibi, hisoblash usullari


Turli iqtisodiy tizimlardagi ijtimoiy



Download 28,88 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi28,88 Kb.
#218392
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
#65

Turli iqtisodiy tizimlardagi ijtimoiy ishlab chiqarish tushunchasi

Har qanday iqtisodiy tizimda asosiy jarayonlar shundan iboratki, qachonki ularning natijasida milliy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan bo’lsa. Bu ja-rayonlarning yig`indisini ijtimoiy ishlab chiqarish deb ataladi. Har bir mamlakatda ijtimoiy ishlab chiqarish chegaralari, hisoblash uslubiyati undagi hukmron iqtisodiy nazariyaga, tarixan tarkib topgan amaliyotga muvofiq aniqlanadi. Lekin "Ijtimomy ishlab chiqarish" tushunchasi sotsialistik va kapitalistik deb nomlanuvchi tuzumdagi mamlakatlarda bir-biridan tubdan farq qilgan.

Sobiq sotsialistik mamlakatlarda, Marksning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish nazariyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarishning tor ma’nodagi tushunchasi qo’llanilgan. Bu nazariyada ijtimoiy ishlab chiqarishga faqat moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida, ya’ni sanoat, qishloq xo’jaligi, kapital qurilish, moddiy-texnika ta’minoti, savdo, transport va aloqadagi ishlab chiqarish kiritilgan. Shu tarmoqlarda jami ishlab chiqarilgan mahsulotlar yalpi ijtimoiy mahsulot, ularda yaratilgan daromadlar mil­liy daromad deb ataladi. Ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishiing takrorlanadigan yig`indisi takror ishlab chiqarish deb atalgan. Ijtimoiy ishlab chiqarishning bu tushunchasi shuning uchun ham tor ma’nodaki, u o’ziga zamonaviy iqtisodiyotda muhim o’rin tutuvchi xizmatlarni yaratish va iste’mol qilish jarayonlarini qo’shmagan.

Bozor iqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy ishlab chiqarish - iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha sohalarning ishlab chiqarishdir. Bu yerda moddiy ishlab chiqarish sohalaridan tashqari, pulli xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug`urta, sog`liqni saqlash, maorif va boshqalar) ham ijtimoiy ishlab chiqarishga kiradi. Shu sababli, bozor iqtisodi mamlakatlarida yaratilgan ijtimoiy mahsulot tarkibiga tovarlar ham, xizmatlar ham, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar hisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda faqat bepul xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va har qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat byudjet hisobiga faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish tushunchasidagi farq natijasida, mamlakatlar o’zining mazmuniga ko’ra ajralib turuvchi ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni hisoblashning turli uslublari qo’llaniladi.

Sobiq sotsialistik mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarish xalq xo’jaligi balansi (XXB) deb ataluvchi hujjatda aks ettirilgan. Jadvallar yordamida yalpi ijtimoiy mahsulot (YaIM) va milliy daromad (MD) hisoblangan. Bu mamlakatlarda bozor munosabatlariga o’tilishi bilan ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasi ham iqtisodiy hayotga tadbiq etilmoqda, uning hisobot va istiqbolini belgilash uslubiyati to’liq qayta ko’rib chiqilmoqda. Uzoq yillar mobaynida makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashning birdan-bir vositasi bo’lgan xalq xo’jaligi balansi o’rniga sobiq sotsialistik mamlakatlarda yangi "milliy hisobchilik tizimi" joriy etilmoqda.

Download 28,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish