3-2 Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
YaMM (mlrd US$ da)
|
259,7
|
306,6
|
345,5
|
431,5
|
591,7
|
764,5
|
986,9
|
1066,8
|
YaMMning o`sishi (%, o`tgan yilga nisbatan)
|
10
|
5
|
5
|
7
|
7
|
6
|
7
|
8
|
Aholi soni (mln kishi)
|
146,3
|
145,9
|
145,3
|
144,6
|
143,8
|
143,1
|
142,5
|
142,6
|
YaMMning kishi boshiga ulushi (US$/kishi)
|
1775
|
2100
|
2377
|
2984
|
4110
|
5340
|
6925
|
7481
|
3-1 jadvalda Rossiya federatsiyasining har tomonlama makroiqtisodiy ko`rsatkichlari havola qilingan. YaMMning Sobiq SSR davlati parchalanib ketganidan so`ng o`tgan yillardagi rivojlanish bosqichlaridan shuni ko`rishimiz mumkinki:
1990-1999 yillarda YaMM holati beqaror bo`lgan: 1995-1996 yillar YaMM ko`rsatkichi tushgan bo`lsa, 1997-yil yana1,4 % gagina ko`tarilgan;
1999-2007-yillarda ahvol ancha yaxshilangan, bir so`z bilan aytganda shu yillarda Rossiya Federatsiyasi o`z rivojlanish yo`lini topib oldi.
b) holatda iqtisodiy rivojlanish yildan-yilga ko`tarilib bormoqda, YaMMning o`sish surati oshib bormoqda, o`tgan yili YaMM o`sish surati eng katta natijaga ko`tarilgani fikrimiz isboti desak bo`ladi.
Sanoat maxsulotlarining YaMMdagi ulushi ortib bormoqda, qishloq xo`jaligining ulushi sezilar-sezilmas pasayayotganini jadvalimizdan ko`rib olishimiz mumkin. Sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarish 1997-yildan ancha izga tushdi, chunki shu yilda e’tiboran sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish o`sib kelmoqda, o`tgan yili sanoat maxsulotlarining o`sishi 6,3 %ni tashkil qilgan.
Federatsiyaning eksport tarkibi ham o`tgan yillar davomida o`zgarib turdi, asosiy eksport maxsulotlari neft, gaz va boshqa tabiiy boyliklar hisoblanadi. Misol tariqasida aytishimiz mumkinki, 2006-2007 yillarda eksport-import hajmi keskin oshib ketdi: birgina 2007-yilda Rossiyaning hamdo`stlik mamlakatlariga eksporti 24,3 % ga, boshqa chet mamlakatlarga 15,8 %ga ko`tarilib ketgan bo`lsa, import borasida hamdo`stlik mamlakatlaridan qilinadigan import o`tgan yilga nisbatan 33,4 %ga, boshqa mamlakatlarining o`sish surati 47,2% ni tashkil qildi.
3-2 jadvalda ham YaMM ning 2000-2007 yillardagi AQSh $ dagi ifodasi, YaMMning o`tgan yilga nisbatan necha protsentga o`sganligi, aholi soni, YaMMning kishi boshiga to`g`ri keladigan ulushi batafsil yoritib berilgan. Unga ko`ra Rossiyaning YaMM miqdori 2007-yili 1,0668 trillion AQSh $ini tashkil qilgan, aholi jon boshiga to`g`ri keladigan mablag` ham 7480 AQSh$ dan oshib ketgan. Shu ko`rsatkichning o`ziyoq Rossiya iqtisodiy siyosatining qanchalik to`g`ri amalga oshirilayotganidan dalolat.
Do'stlaringiz bilan baham: |