Mavzu: Yalpi ichki mahsulot statistikasi Reja: Milliy iqtisodiyotni amal qilishining yalpi va pirovard natijalarini ta'riflovchi ko'rsatkichlar



Download 58,32 Kb.
bet5/9
Sana10.07.2022
Hajmi58,32 Kb.
#768720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abbosjonmavzu Yalpi ichki mahsulot statistikasi Reja

YAIM = YAQQ+ S1 - S
YAKK - iste'molchi bahodagi YAQQ;
S1 - mahsulot soliqlari;
S - mahsulot subsidiyalari.
Agar yalpi mahsulot ishlab chiqaruvchilar bahosida baholansa, YAIM bilan YAQQ yig'indilari
orasidagi tenglama quyidagi ko'rinshga ega bo'ladi:
YAIM = YAQ + QQS + S1 - S
YAQQ - ishlab chiqaruvchi bahosidagi qo'shilgan qiymat solig'i
S1 - import tovarlar solig'i.
S - importga subsidiyalar.

5.2. Yalpi ichki mahsulot xajmini aniqlash usullari

Yalpi ichki mahsulot xajmi quyidagi 3 usul bilan hisoblanishi mumkin:


1) Ishlab chiqarish usuli;
2) Taqsimot usuli;
3) Oxirgi foydalanish usuli.
1.Ishlab chiqarish usuli.
YAIM ko'rsatkichi ishlab chiqarish usuli bilan hisoblanganda, uning xajmi mamlakat iqtisodiy hududidagi barcha rezidentlar tomonidan yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat (YAQQ)lar yiindisiga teng bo'ladi:
YAIM = YAQQ
Yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichini ishlab chiqarish usuli bilan hisoblash uchun, dastlab yalpi ishlab chiqarish ko'rsatkichi aniqlanishi lozim.
MHT uslubiyatiga asosan hisobot davrida mamlakat iqtisodiy hududidagi rezidentlar ishlab chiqargan barcha mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlarning joriy baholardagi qiymati yig'indisiga - yalpi ishlab chiqarish deb ataladi.
MHTnipg uchinchi xalqaro standartiga asosan yalpi ishlab chiqarish quyidagi elementlardan tashkil topadi:
1) qaerda foydalanishidan qat'i nazar ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar (boshqa rezidentlarga jo'natilgan mahsulotlar hamda o'z iste'moli yoki jamg'arish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar);
2) boshqa rezidentlarga ko'rsatilgan bozor xizmatlari;
3) davlat boshqaruv idoralari va uy xo'jaliklariga xizmat ko'rsatuvchi notijorat tashkilotlarning nobozor xizmatlari;
4) Haqi to'lanadigan uy xizmatkorlarining uy xizmatlari;Haqi to'lanmaydigan uy xizmatlari iqtisodiy faoliyat sohasiga kiritilmaydi.
5) O'z extiyojlari uchun uy va kvartira egalari tomonidan ko'rsatiladigan uy-joy xizmatlari.
Qonun bilan ta'qiqlangan mahsulotlar ishlab chiqaradigan va xizmatlar ko'rsatadigan iqtisodiyot hamda qonunan ruxsat etilgan, ammo davlat boshqaruv idoralaridan daromadni yashiradigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan va xizmatlar ko'rsatadigan iqtisodiyot MHT uslubiyati bo'yicha iqtisodiy faoliyat sohasiga kiritiladi.
Yalpi ishlab chiqarish xajmi odatda bir yil uchun aniqlanadi. Shuning uchun mahsulotlar hisobga
olinish vaqtida tayyorgarlik darajasiga qarab uch xil ko'rinishda bo'ladi:

  1. tayyor mahsulotlar;

  2. yarim tayyor mahsulotlar;

  3. tugallanmagan mahsulotlar.

Iqtisodiy birliklar (korxonalar, tashkilotlar, fermer xo'jaliklari va xakozo) miqyosida ishlab chiqarilishi tugallangan mahsulotlar – tayyor mahsulotlar deyiladi. Ko'p hollarda ishlab chiqarilishi tugallangan tugallangai hamda belgilangan texnik talablarga javob beradigan mahsulotlarning tayyorgarlik darajasining qayd etilish vaqti texnik nazorat bo'limi tomonidan qabul qilinish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Boshqa hollarda ishlab chpqarilishi tugallangan mahsulotlarning tayyorgarlik darajasini qayd etilish vaqti realizatsiya vaqtiga mos keladi (qishloq xo'jalik maxsulotlarining davlatga sotilishi, umumiy ovqatlanish mahsulotlarining sotilishi). Ba'zi hollarda esa mahsulotlarning tayyorlik darajasi vaqti qayd etilmaydi. Qishloq xo'jaligida o'z iste'moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar). Bunday hollarda maxsulotlarning tayyorlik darajasi, vaqti ishlab chiqarish jarayonining tugallanish vaqtiga mos keladi.
Korxonadagi mavhum bir sexda ishlab chiqarilishi tugallangan hamda shu korxonaning boshqa sexlarida yoki boshqa korxonalarda qayta ishlanishi talab etiladigan mahsulotlar – yarim tayyor mahsulotlar deyiladi.
Yarim tayyor maxsulotlarga sanoat va umumiy ovkatlanish korxonalarining mahsulotlari kiradi Korxonaning ma'lum bir sexida ishlab chiqarish jarayoni boshlangan, lekin ishlab chiqarilgash
tugallanmagan mahsulotlar – tugallanmagan ishlab chiqarish deyiladi. (sanoat va umumiy ovqatlanish korxonalarida tugallanmagan ishlab chiqarishga, ma'lum bir ishlab chiqarish bosqichida ishlab chpqarilishi tugallanmagan mahsulotlar kiradi.
Qishloq xo'jaligining dehqonchilik tarmog'ida tugallanmagan ishlab chiqarish xajmi kelgusi yil xosilini yetishtirish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar summasi bilan aniklanadi. Chorvachilik tarmog'ida esa tugallanmagan ishlab chiqarish xajmi yosh chorva mollarini o'stirish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar summasi bilan aniqlanadi. Chorvachilik tarmog'ida esa tugallanmagan ishlab chiqarish xajmi yosh chorva molllarining o'stirish bilan bog'liq bo'lganxarajatlar summasiga teng bo'ladi.
Tugallanmagan qurilish xajmi qurilishi tugallanmagan hamda buyurtmachi haqini to'lagan ayrim qurilish ishlari yoki konstruktiv elementlar qiymati bilan aniqlanadi.Endi ayrim tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarish xajmini aniqlashning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqamiz:
Sanoat tarmoining yalpi ilpi ishlab chiqarishiga quyidagilar kiradi:
- korxonaning yalpi mahsuloti, tayyor mahsulotlar, o'zida ishlatilgandan tashqari yarim tayyor mahsulotlar, sanoat xususiyatiga ega bo'lgan xizmatlar va tugallanmagan ishlab chiqarishning davr oxiridagi xajmi bilan davr boshidagi xajmi qiymatlarining farqi;
- maishiy xizmatlar (kiyimlar, oyoq kiyimlar, trikotaj va yungli buyumlarni tashish va ta'mirlash).Uy xo'jaliklarining sanoat xususiyatiga ega bo'lgan faoliyatiga quyidagilar kiradi:
- sotish uchun va o'zi uchun ishlab chiqarilgan o'simlik yog'i, vino va qurilish materillari;
- sanoat va badiiy buyumlar ishlab chiqarish.
Qishloq xo'jaligining Yalpi ishlab chiqarish dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari va ko'rsatilgan bozor va nobozor qishloq xo'jaligi xizmatlari.
Qurilishning yalpi ishlab chiqarish, yangi qurilish ishlari qiymati, mavjud asosiy fondlarni kengaytirish va qayta qurish ishlari qiymati.
To'lovli xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi (komunal xo'jalik, maishiy xizmatlar ko'rsatish, to'lovli ilm olishi va sog'liqni saqlash, madaniy muassasalar va xakozo) bu xizmatlarni ko'rsatanligi uchun to'lovlar summalari yig'indisiga teng.To'lovsiz xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarish (to'lovsiz ilm olish va sog'liqni saqlash, madaniyat va san'at, mudofaa, boshqaruv , ichki ishlar vaziligi) bu xizmatlarni ko'rsatish uchun joriy xarajatlar qiymati.Moliyaviy sektor yalpi ishlab chiqarishi quyidagilarning yalpi ishlab chiqarish yig'indisidan tashkil topadi: Respublika xalq banki, tijorat banklari, moliyaviy kompaniya va korporatsiyalarning xususiy investitsion fondlari, sug'urta kompaniyalari va nafaqa fondlari.Mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish uchun ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan tovarlar asosida kapital isge'moli bundan mustasno) va xizmatlarning ishlab chiqarishiga kiritilishi vaqtida mavjud bo'lgan baholardagi qiymatiga - oraliq iste'moli deyiladi.Oraliq iste'moli quyidagi elementlardan tashkil topadi:
- moddiy xarajatlar;
- nomoddiy xizmatlar uchun to'lovlar;
- safar xarajatlari va mexmonxona xizmatlari;
- oraliq iste'molining boshqa xarajatlari.
Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat buyumlari moddiy xarajatlar deb yuritiladi.
Moddiy xarajatlarga quyidagi mehnat buyumlari kiradi:
a)xom ashyo materiallari;
b)yarim tayyor mahsulotlar va detallar;
v)energiya va yoqilg'ining barcha turlari
g)mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan korxonalarning ishlari va xizmatlari;
d) o'zining va chet korxonalarning transport xizmatlarni aloqa va
hisoblash markazlarining xizmatlari;
ye) o'rash materiallarining qiymati;
j) xodimlar uchun zaruriyiy instrumentlar, ish kiyimlarga xarajatlar;
z) korxonaning bir muassasasidan boshqa muassasaga ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun jo'natilgan tovarlar va xizmatlar;
i) tashrif buyuruvchilarga xizmat ko'rsatish uchun mexmonxona,restoran, kafelarning oziq-ovqat mahsulotlarining xarid qilishi, kasalxona va boshqa meditsina muassasalarining bemorlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sotib olishi;
k) uy xo'jaliklarining instrumentlar, ish kiyimlari, qurilishmateriallari, urug' va yem-xashak xarid qilishi;
l) xarbiy tashkilotlarning qurollanish va ularni keltirish uchun xarajatlari;
m) armiya uchun formali kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlarining xarid qilinishi;
Nomoddiy xizmatlar uchun to'lovlarga quyidagilar kiradi:
a) tovar sifatini tekshirish uchun to'lovlar;
b) ilmiy-tekshirish va eksperimental ishlar uchun to'lovlar;
v) moliyaviy vositachilarning xizmatlari uchun to'lovlar; sug'urta xizmatlari;
g) korxona xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash uchun o'quv muassasalariga to'lovlar (mahsulot tannarxiga kiritiladigan);
d) korxona xodimlarining sog'lig'ini saqlash uchun sog'liqni saqlash muassasalariga to'lovlar;
E) bino, inshaot, mashina va asbob-uskunalar uchun to'lovlar; reklama uchun to'lovlar;
i) tovarlarni ishlab chiqarish uchun ruxsatnomaga to'lovlar;
k) yong'indan saqlash va qorovullik xizmatlari uchun to'lovlar.
Safar xarajatlariga quyidagilar kiradi:
a) yo'l xarajatlari;
b) mexmonxona xarajatlari (ovqatlanish xarajatlari va maishiy xizmatlar mehnat xaqiga kiritiladi).Oraliq iste'moligaga quyidagilar kiritilmaydi:
a) bino va ishoatlarini kapital tuzatish yoki qurish uchun xarajatlar;
b) natural shakldagi ijtimoiy yordam, yerdan foydalanganlik uchun ijara tulovi;
v) xodimlar va ularning oila a'zolari uchun ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan ijtimoiy-madaniy xizmatlarning qiymati;
Demak, MHT uslubiyatiga asosan yalpi ichki maxsulot (YAIM) ko'rsatkichi "ishlab chiqarish" usuli bilan hisoblanganda, uning xajmi quyidagi tartida aniqlanadi:
1) YAKK=YAICH-OI;
2) YAIM= YAKK;

Download 58,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish