Mavzu: Yalpi ichki mahsulot statistikasi Reja: Milliy iqtisodiyotni amal qilishining yalpi va pirovard natijalarini ta'riflovchi ko'rsatkichlar



Download 58,32 Kb.
bet6/9
Sana10.07.2022
Hajmi58,32 Kb.
#768720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abbosjonmavzu Yalpi ichki mahsulot statistikasi Reja

2.Taqsimlash usuli
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko'rsatkichi taqsimlash usuli bilan hisoblanganda, uning mamlakat iqtisodiy hududidagi barcha rezident va norezidentlarning to'langan birlamchi daromadlari yig'indisiga teng bo'ladi:
YAIM = BD
1993 yilda statistika amaliyotiga kiritilgan MHT ning uchinchi xalqaro standarti bo'yicha quyidagi daromadlar birlamchi daromadlar hisoblanadi: 1. Ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlar:
a) yollanma xodimlarning mehnat xaqi;
b) ishlab chiqarish va import sof solig'i;
v) yalpi foyda va yalpi aralash daromad.
2. Mulkdan olingan daromadlar, ya'ni boshqa iqtisodiy birliklar foydalashi uchun ularning ixtiyoriga berilgan moliyaviy va nomoliyaviy aktivlardan olingan daromadlar:
a) foizlar;
b) dividentlar;
v)chet el investitsiyalarini qayta investitsiyalash natijasida olinadigan tushum;
g) sug'urta polislarining egalariga beriladigan mulkdan olinadigan daromadlar;
d) renta.
Xisobot davrida yollanma xodimlar bajargan ishlar uchun ish beruvchilar tomonidan ularning pul yoki natura shaklidagi rag'batlantirilishi - yollanma xodimlarning mehnat xaqi deb ataladi.
Mamlakat iqtisodiy hududidagi rezident va norezidentlarga to'langan meqnat xaqi hisoblangan summalar asosida hisobga olnnadi va ikki qismdan tashkil topadi:
1) yalpi ish xaqi;
2) ijtimony sug'urta ajratmalari;
Daromad solig'i va ajratmalar uchun to'lanadigan to'lovlar xam yalpi ish xaqi xajmida ko'rsatiladi.
Pul shaklidagi yalpi ish haqiga quyidagi elementlar kiritiadi:
a) hisobot davrida yollanma xodimlar bajargan ishlari uchun ishbay narxlar, tarif stavkalari va lavozim maoshlari bo'yicha hisoblangan ish haqi;
b) ishbay narxlar, tarif stavkalari va lavozim maoshlariga kushimcha va ustaama xaqlar; og'ir sharoitlarda bajarilgan ishlar uchun to'lovlar; ishbay vaqtidan tashqari va to'g'ri vaqtlarda bajarilgan ishlar uchun qo'shimcha xaqlar; dam olish va bayram kunlarida bajarilgan ishlar uchun to'lovlar;
v) chakana narxlarning o'zgarish munosobati bilan to'langan ustama haqlar:
g) ishlab chiqarishda erishilgan yutuqlari va ko'p yillik yutuqlari uchun mukofot va
rag'batlantirishlar;
d) xodimlarning xar yilgi ta'tili uchun va qo'shimcha to'lovlar;
e) xodimlar malakasini oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash maqsadida ishlab chiqarishda
ishtirok etmaydigan xodimlarning o'qish davri uchun to'langan ish haqi;
z) xodimlarni tibbiy tekshirish uchun ularga tibbiyot muassasalarida bo'lgan vaqtlari uchun to'lovlar;
i) mehnat shartnomasida ko'rsatilgan foydaning bir qismi;
k) komission va choy puli;
l) yollanma xizmatkorlarning ish haqi;
Natura shaklidagi yalpi ish xaqiga quyidagi elementlar kiritiladi:
a) korxonalarning yollanma xodimlariga bajargan ishlari uchun berilgan, ya'ni shu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymati;
b) ayrim tarmoqlarning o'z xodimlariga (qonunga muvofiq) tekinga berilgan uy-joy xizmatlari, oziq-ovqatmahsulotlari, tovarlar, shu jumladan formali kiyim-kechaklarningqiymati yoki ularning pasaytirilgan narxlarda sotilishi munosobati bilan imtiyozli summalar;
v) xodimlarning yashaydigan uy-joylari uchun korxona tomonidan to'lanadigan xarajatlar;
g) xodimlarning oshxona, bufet va davolanish joylarida tekinga yoki imtiyozli summalar bo'yicha ovqatlanishi;
d) xodimlarni ish joylariga olib kelish uchun transport to'lovlari;
e)ayrim yollanma xodimlar uchun korxona tomonidan to'lanadigan sug'urta to'lovlari;
j)ayrim yollanma xodimlar uchun korxona tomonidan nodavlat ijtimoiy fondlarga to'lanadigan ajratmalar;
z) maktabgacha ta'lim muassasarida bolalarni tarbiya qilish uchun to'lovlar; davolanish maqsadida xodimlar va ularning oila a'zolari uchun yo'llanma haqi;
i) xodimlarni rag'batlantirish maqsadida tekinga berilgan aktsiyalarning qiymati yoki aktsiyalarga egalik qilish uchun ularga berilgan imtiyozlar va patura shaklidagi mehnat haqining boshqa turlari;
MHT uslubiyati bo'yicha yollanma - ishchilar uchun hisoblangan ish xaqlarining hisoblash metodikasi quyidagi jadvalda ifodalanadi:
Yalpi ish haqi
Ko'rsatkichlar Qator raqami
1. Ro'yxatdagi xodimlarning pul va
natura shaklidagi ish haqi fondi 01
2. Ro'yxatdagi xodimlarning ish haqi
fondiga kiritilmaydigan xarajatlar, MHT
uslubiyati bo'yicha esa ish xaqi fondiga
kiritilgan (03 + 04 4- 05 + 06 + 07) 02
Shu jumladan:
a) bir kecha kunduzlik xarajatlar na yo'l haqi 03
6) kashfiyotlar ixtirolar va
ratsionalizatorlik takliflari
uchun rag'batlantirishlar 04
v) shaxsiy sug'urta polisiga ko'ra ayrim yollanma
xodimlar uchun ish beruvchilar tomonidan
nodavlat ijtimoiy fondlarga to'lanadigan ajratmalar 05
g) yollanma xizmatkorlarning ish haqi 00
d) choy puli, sovg'alar 07
ye) shartnoma bo'yicha davolash muassasalarining
xizmatlari uchun ish xaqi fondida hisobga olinadigan
korxona xarajatlari, MHT uslubiyati bo'yicha
esa ish haqi fondiga kiritilmagan 08
j) mexnat statistikasi hisobotida hisobga
olinmagan ish xaqi 09
z) Jami ish xaqi (01+02-08 + 09) 10

Ijitimoiy sug'urta ajratmalari ikki xil bo'lishi mumkin:


a) ijtimoiy sug'urtaga haqiqiy ajratmalar;
b) ijtimoiy sug'urtaga shartli hisoblangan ajratmalar;
Yollanma xodimlarning kelgusi davrlarda ijtimoiy ta'mirlash maqsadida korxona va tashkilotlarning davlat ijtimoiy sug'urtasi, nafaqa va tibbiy sug'urta fondlarga qadimgi to'llovlari - ijtimoiy sug'urtaga xaq shartli ajratmalar bo'lib xisoblanadi.Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalanishi munosabati bilan ishlab chiqarish birliklari tomonidan davlat boshqaruv idoralariga o'tkaziladigan majburiy tekin qaytarilmaydigan to'lovlari ishlab chiqarish va import solig'i deb ataladi.ishlab chiqarish va import solig'i ikki xil bo'ladi:
-maxsulot va import solig'i;
-ishlab chiqarishning boshqa soliqlari.
Rezidentlar ishlab chiqaradigan soxadagi yoki chet ellardan keltiriladigan tovar va
xizmatlarning qiymatiga munosib ravishda ulardan olinadigan soliqlar mahsulot yoki import solig'i xisoblanadi.
Mahsulot va import solig'iga quyidagilar kiritiladi:
a)qo'shilgan kiymat solig'i;
b)aktsiz solig'i;
v)oborot solig'i:
g) reklama solig'i,
d) foyda solig'i;
g)import va eksport solig'i;
Rezidentlarning ishlab chiqarish omillaridan foydadalanishi hamda qandaydir talab chiqarish faoliyat bilan shug'ullanishi uchun ruxsatnomaga ulardan olinadigan soliqlar ishlab chiqarishning boshqa soliqlar hisoblanadi.Iqtisodiy birliklari ixtiyorida yollanma xodimlarga mehnat xaqi, davlat boshqaruviga ishlab chiqarish va import solig'i to'langandan keyin qoladigan yalpi qo'shilgan qiymatning bir qismiga yalpi foyda deb ataladi.Mehnat xaqi va foyda birga qo'shilgan daromad aralash daromad bo'lib hisoblanadi

Download 58,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish