Bog'liq Abbosjonmavzu Yalpi ichki mahsulot statistikasi Reja
Yalpi ichki mahsulot xajmini aniqlashda qo'llaniladigan baholar tizimi Statitika va xisobning xalqaro andozalarga o'tkazish O'zbekiston Respublikasi statimstika amaliyotida qo'llaniladigan tushuncha va kategoriyalarning mazmuniga muxim o'zgarishlar kiritdi, ya'ni iqtisodiy tushunchalar o'zgardi; uning chegaralari va natijalari to'g'risidagi tushunchalar o'zgardi; ichki va yalpi milliy mahsulot ko'rsatkichlari hosil bo'ladi; xizmat ko'rsatish soxalarining moddiy ne'matlar yaratishdagi roli qaytadan ko'rib chiqildi; iqtisodiyotning tarmoqlar va sektorlarga bo'linishi aniqlashtirildi va xakozolar.
Milliy Hisoblar Tizimining birinchi xalqaro standarti 1950 yilda BMT tomonidan tayyorlangan; BMT huzuridagi statistika komissiyasi tomonidan – 1998 yilda ma'qullangan ikkinchi xalqaro standart bo'yicha iqtisodiy faoliyat natijalarini o'rganish uchun xalqaro statistika amaliyotida ichki va milliy iqtisodiyot tushunchalarining qo'llanishi, o'z navbatida, yalpi milliy mahsulot ko'rsatkichlarini aniqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Mamlakatning iqtisodiy hududidagi rezident va norezidentlarning iqtisodiy faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiyot – ichki iqtisodiyot deb; qaerdan bo'lishdan qat'i nazar faqat rezidentlarning iqtisodiy faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiyot esa – milliy iqtisodiyot deb yuritiladi.
MHTda ichki iqtisodiyot chegarasini aniqlash uchun quyidagi tushunchalar qo'llaniladi:
a) iqtisodiy hudud;
b) rezident;
v) iqtisodiy qiziqish maqsadi.
Shaxslar tovarlar va pul mablag'larining erkin harakat qilishi kuzatiladigan hamda mamlakat hukumati bilan ma'muriy boshqariladigan hududga - iqtisodiy hudud deb ataladi. Mamlakatning geografik hududidan farqli ravishda iqtisodiy hududga boshqa davlatlarnng elchixonalari, konsulliklari va bashqa diplomatik muassasalari kiritilmaydi.
Qanday davlatga qarashligi va fuqaroligidan qag`iy nazar mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy qiziqish markazida ega bo'lgan hamda bir muddatdan kam bo'lmagan davr ichida iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi yoki yashovchi barcha iqtisodiy birliklar rezidentlar deb ataladi.
Statistika va hisobotning xalqaro mstodologiyasi bo'yicha rezidentlar iqtisodiy faoliyatning oxirgi natijaga ega bo'lib, mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish hisoblanadi. Mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish sohalarida iqtisodiy faoliyat natijalarini hisobga olish uchun quyidagi tushunchalar qo'llaniladi:
a) mahsulotlar;
b) xizmatlar;
Moddiy shaklga ega bo'lgan to'g'ri, foydali mehnat natijalari va energiya mahsulot hisoblanadi.
Shaxsiy va jamiyat a'zolari extiyojini qondiradigan moddiy shaklga ega bo'lmagan mehnat natijalari xizmat hisoblanadi. Iqtisodiy birliklar (korxonalar va uy xo'jaliklari) o'z iste'molchi uchun yaratgan qandaydir xizmat, boshqa rezidentlar tomonidap ishlab chiqarilmasa iqtisodiy faoliyatnatijasi bo'lib hisoblanmaydi. Demak, sport bilan shug'ullashni va fizologik extiyojlarni qondirilish iqtisodiy faoliyat tarkibiga kiritilmaydi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini qoplaydigan baholarda sotish uchun mo'ljallangan mahsulotlar va xizmatlarga – tovarlar deb yuritiladi.Yalpi Ichki mahsulot ko'rsatkichining ta'rifida uning 3 asosiy xususiyati ko'rsatilgan:
1.Yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi – oxiri iste'mol uchun ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati bo'lib hisoblanadi, ya'ni YAIM hajmida oraliq iste'molning qiymati aks ettirilmaydi.
2.Yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi – oxirgi iste'mol uchun ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati bo'lib hisoblanadi, ya'ni YAIM xajmida oraliq iste'molning qiymati aks ettiradi. O'zining mustaqil balansi hamda huquqiy shaxs maqomiga ega bo'lgan birlikka – iqtisodiy birlik deb yuritiladi.
3.Yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi xajmida asosiy kapitalning iste'moli ham aks ettiriladi.
Yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi bilan asosiy kapitalning iste'moli o'rtasidagi farq – sof ichki mahsulot ko'rsatkichini ifodalaydi. Sof ichki mahsulot ko'rsatkichini aniqlash uchun asosiy kapitalning amortizatsiyasi to'g'risidagi ma'lumotlar talab qilinadi. Buxgalteriya hisobining asosiy kapital amortizatsiyasi to'g'risidagi ma'lumotlari esa MHT metodologiyasiga mos kelmaydi. Chunki, buxgalteriya balansida asosiy kapitalning qiymati ikki xil bahoda: dastlabki va to'la tiklash baholarida hisobga olinadi. Shuning uchun, MHT metodologiyasi bo'yicha iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalash uchun yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi qo'llanadi. Agar mamlakat iqtisodiyoti tashqi dunyoga bog'liq bo'lmasa, yalpi ichki mahsulot qiymati ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan rezidentlarning yalpi daromadiga teng bo'ladi. Haqiqatda esa mamlakat iqtisodiyoti tashqi dunyoga bog'liq bo'lmaganligi sababli yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy daromad ko'rsatkichlari bir-biriga teng bo'ladi. Yalpi va sof ichki mahsulotlar hamda yalpi va sof milliy daromad ko'rsatkichlari o'rtasidagi bog'lanishlarni quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
1) Sof ichki mahsulot yalpi ichiki mahsulot – asosiy kapitalning qiymati;
2) Yalpi milliy daromad yalpi ichki mahsulot Q birlamchi daromad qoldig'i;
3) Sof milliy daromad q yalpi milliy daromad – asosiy kapitalning iste'moli;
4) Sof milliy daromad q sof ichki mahsulot Q birlamchi daromad qoldig'i;
1993 yildagi MHTning uchinchi xalqaro standarti bo'yicha yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichini aniqlash uchun statistika amaliyotida quyidagi baholar qo'llaniladi:
a) omilli baho;
b) asosiy baho;
v) ishlab chiqarish bahosi;
g) xaridor bahosi.
MHTdagi baholarning xosil bo'lishini quyidagi tartibda ifodalash mumkin:
1) Omil baho q mehnat xaki Q oralik ists'moli Q yalpi foyda.
2) Asosiy baho q omil baho Q ishlab chiqarish sof solig'i;
3) Ishlab chiqarish baxosi q asosiy baho Q mahsulot sof solig'i.
4) Xaridor baxosi q ishlab chiqarish bahosi Q savdo-transport ugtamasi.
Omilli baho – ishlab chiqarishdagi 4 omilning qiymatini o'zida aks ettiradi ( ishchi kuchi, asosiy, oborot foidlar, tadbirkorlik) va undan tarmoqlararo balans tuzishda foydalanildi.
Asosiy baxo – bozor bahosi bo'lib, omil bahoga ishlab chiqarish sof solig'i qo'shiladi. U o'z navbatida shplab chiqaruvchilar va xaridorlar bahosiga bo'linadi.
Ishlab chiqaruvchilarning bozor bahosi - ishlab chiqarunchi tomonndan mahsulot birligining sotilgan bahosini anglatadi. Bunda asosiy bahoga maxsulotlarga bo'lgan soliq qo'shiladi (qo'shilgan qiymat va import solig'idan tashqari) va mahsulotlarga bo'lgan subsidiyalar ayriladi. Subsidiyalardan tashqari solpqlar – sof soliqlar deb ataladi.
Xaridorlar bozor baxosi – xaridor tomonidai mahsulot va xixmatlarga to'langan to'lovlardir. Bularga mahsulotlarga bo'lgan sof soliqlar va savdo-transport ustamalari qo'shiladi.
YAIM (YAMM) omil baho (asosiy bahoda) va xaridorlar bozor bahosida baholanishi mumkin. Omilni bahoda hisoblash yuqorida qayd qilinganidek faqat ishlab chiqarish xarajatlarini yoki asosiy fondlar amortizatsiyasi, oborot fondlar qiymati, ish xaqi na foydani o'z ichiga oladi. Bozor bahosiga ega undan tashqari yana sof va teskari soliqlar qushiladi.
MHT va tarmoqlarraro balanslardagi har xil baholash usullarida qo'shilgan qiymatning xosil bo'lishini quyidagicha hisoblash mumkpn:
1. Ish haqi;
2. Q Foyda;
3. Omilli bahodagi qo'shilgan qiymat;
4. Q Ishlab chiqarish solig'i;
5. -Ishlab chiqarish subsidiyalari,
6. Asosiy bahodagi qo'shilgan qiymat;
7. Q Mahsulotlarga soliqlar;
8. -Mahsulotlarga subsidiyalar;
9. Ishlab chiqaruvchi bahosidagi qo'shilgan qiymat;
YAIM bilan YAQQ yig'indilari orasidagi tenglama quyidagi ko'rinishga ega: