Mavzu: Xususiy kapital va uning o’zgarishi hisobi


Investitsiyalangan kapital



Download 218,49 Kb.
bet5/8
Sana04.11.2022
Hajmi218,49 Kb.
#860280
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Asosiy vositalarning texnik holati va harakatini tahlili. - копия

Investitsiyalangan kapital oddiy va imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati, shuningdek, qo‘shimcha to‘langan kapital (aksiyalarning nominaldan yuqori qiymati) ni o‘z ichiga oladi. Bunga odatda beg‘araz olingan qimmatliklar ham kiritiladi.
To‘plangan kapital sof foyda taqsimlanishi natijasida yuzaga keluvchilar sifatida namoyon bo‘ladi (zaxira kapital, jamg‘arma fondi, taqsimlanmagan foyda, boshqa o‘xshash moddalar).
Moliyaviy tahlil uchun xususiy kapital miqdorini asoslash jiddiy masala hisoblanadi, chunki uni aniqlash borasida turli yondashuvlar kapital rentabelligi va tarkibini turlicha baholashga, o‘z navbatida, korxonaning moliyaviy holati turlicha talqin qilinishiga olib keladi.
Bo‘naklangan kapitalning ikkinchi qismi – qarz mablag‘larining farqli xususiyati shundaki, korxonalar ularni pul mablag‘larini kelgusida qaytarish yoki berilgan mulk qiymatini to‘lash va odatda, berilgan mulkdan vaqtincha foydalanganlik uchun foizlar to‘lash sharti bilan boshqa tashkilotlardan yoki tashqi jismoniy shaxslardan oladi.
Xususiy kapital jalb qilishning soddaligi, yanada barqaror moliyaviy holatni va bankrotlik riski pasayishini ta’minlashi bilan tavsiflanadi. Unga zarurat korxonaning o‘zini-o‘zi moliyalashtirish talablari bilan shartlangan. U mustaqillik va qaram bo‘lmaslik asosi sanaladi. Xususiy kapitalga xos xususiyat shundan iboratki, u uzoq muddatga investitsiya qilinadi va eng katta riskka ega bo‘ladi. Kapitalning umumiy miqdorida uning ulushi qancha ko‘p bo‘lsa va qarz mablag‘lari ulushi qancha kam bo‘lsa, kreditorlarni zararlardan himoyalash ham shuncha mustahkam yo‘lga qo‘yilgan, o‘z navbatida, yo‘qotish riski juda kam bo‘ladi.
Biroq xususiy kapital miqdoran chegaralangan. Bundan tashqari, korxona faoliyatini mablag‘larning faqatgina o‘z manbalari hisobiga moliyalashtirish uning uchun har doim ham foydali bo‘lmaydi. Buni ishlab chiqarish mavsumiy tusga ega bo‘lgan hollarda ayniqsa yaqqol kuzatish mumkin. Bunda ayrim davrlarda bankdagi hisobda ulkan mablag‘lar to‘planib qoladi, boshqa davrlarda esa ular yetishmaydi. Shuni ham nazarda tutish joizki, agar moliyaviy resurslar narxi yuqori bo‘lmasa, korxona esa kiritilgan kapitaldan kredit resurslar uchun to‘lanadiganga nisbatan yuqoriroq darajada qaytimni ta’minlay olsa, u holda qarz mablag‘ jalb qilarkan, o‘z bozor pozitsiyasini kuchaytirishi va o‘z (aksiyadorlik) kapitali rentabelligini oshirishi mumkin.
Moliyaviy manbalar tarkibi va tarkibi tahlili ularning dinamikasi va ichki tarkibini baholashdan boshlanadi. Bunda uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar hamda qarzlar, kreditorlik qarzi, jumladan buyurtmachi va xaridorlardan olingan bo‘naklar, dividendlar bo‘yicha to‘lovlar, boshqa qisqa muddatli passivlar kabi passivlar ko‘rib chiqilgan holda qarz mablag‘lar manbalari harakatini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Muddatida qaytarilmagan bank kreditlari va qarzlari ulushi va hajmining o‘zgarish tendensiyalari aniqlanadi. Ularning mutlaq miqdori va ulushi ortishi tashkilotda jiddiy moliyaviy qiyinchiliklar mavjudligidan darak beradi. Keyin esa balans aktivi va passivining tuzilmaviy dinamikasi vektorlarini taqqoslash, o‘z va qarz manbalar nisbatiga, o‘z navbatida, tashkilotning moliyaviy barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillarni baholash amalga oshiriladi.
Korxona faoliyatining tashqi va ichki shart-sharoitlari bilan shartlangan eng muhim omillar qatoriga, odatda, quyidagilar kiritiladi:

  • kredit uchun foiz stavkalari va dividendlar stavkalari miqdorlari farqi. Agar kredit uchun foiz stavkalari dividend stavkalaridan kam bo‘lsa, u holda qarz mablag‘lar ulushini oshirish talab qilinadi. O‘z mablag‘lari ulushini dividend stavkasi kredit uchun foiz stavkasidan ortq bo‘lganda oshirish maqsadga muvofiq;

  • Korxona faoliyati torayishi yoki kengayishi, shunga bog‘liq ravishda zaruriy tovar-moddiy zaxiralarni hosil qilish uchun qarz mablag‘lar jalb qilishga ehtiyoj ortadi yoki kamayadi;

  • Ortiqcha yoki kam foydalaniladigan eski uskunalar, materiallar, tayyor mahsulot, sotish uchun tovarlar to‘planishi, mablag‘larni shubhali debitorlik qarzlari vujudga kelishiga jalb qilish, bular ham qo‘shimcha qarz mablag‘lari jalb qilinishiga olib keladi;

  • faktoring operatsiyalardan foydalanish (debitorlarning qarzlarini bankka sotish).

12.1-jadval

Download 218,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish