xususiy kapitalda mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni aniqlash;
uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va hokazolar. Xususiy kapital tahlilini olib borishda axborot manbayi bo‘lib,
«Buxgalteriya balansi»ning passiv 1-bo‘limi va «Xususiy kapital to‘g‘- risida»gi hisobot shakllari kiradi. Bu hujjat shakllaridan foydalangan holda biz tahlil ishlarini olib boramiz. Mazkur mavzuning hisobi 12-
«Jurnal orderi» da yuritilib, ushbu hujjat formasi ham manbalar sifatida ko‘rilishi mumkin.
Jami bo‘naklangan (kiritilgan) kapital shakllanish manbalariga bog‘liq ravishda ikki tarkibiy qism bilan ifodalanishi mumkin: o‘z va qarz mablag‘lari.
Xususiy kapital (mablag‘lar)xo‘jalik subyektining aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi farqni o‘zida aks ettiradi. Balans passivi tarkibini tahlil qilish ushbu manbalarning turlari, tarkibi va o‘ziga xosliklarini belgilashga imkon beradi.
12.1-chizma. Balans passivi tarkibi Mulkdorlarning yoki ustav kapitali ko‘rinishidagi ishtirokchi- larning mablag‘lari, taqsimlanmagan foyda va o‘z mablag‘lari fondlari; qarz mablag‘lar, bank va boshqa investorlardan olingan ssuda va qarzlar; vaqtinchalik jalb qilingan mablag‘lar – kreditorlar resurslari o‘z mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi.
12.2-chizma. Tashkilotning xususiy kapitali tarkibi. Foydalanish muddatiga ko‘ra kapital uzoqmuddatli(permanent) va qisqamuddatlibo‘ladi. Mablag‘larning manbalari tarkibi, uning ijobiy yoki salbiy dinamikasi sabablari har bir tashkilotda turlicha bo‘lishi mumkin. Ularni tahlil qilish tashkilotning moliyaviy holatini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususiy kapital tahlilini o‘tkazishda hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar sirasiga quyidagilar kiritiladi:
o‘z mablag‘larini shakllantirish manbalarini aniqlash va tashkilotning moliyaviy holatiga dinamikasi ta’sirini baholash;