Ustav kapitaliga ulushlari bo‘yicha ta’sischilar qarzlarining tashkil etilishi
4610
8310, 8320, 8330
2.
Ta’sischilar qarzlarining asosiy vositalar tarzida tulanishi
0110-0190
4610
3.
Ta’sischilar qarzlarining nomoddiy aktivlar tarzida tulanishi
0410-0490
4610
4.
Ta’sischilar qarzlarining pul mablag‘larini berish yuli bilan to‘lanishi
5010, 5110, 5210
4610
5.
Ta’sischilar qarzlarining boshqa aktivlar tarzida to‘lanishi
1010-1090, 2910
4610
3. Qo‘shilgan hamda rezerv kapitali hisobi Korxonada qo‘shilgan kapital hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi: 8410-«Emission daromad» 8420-«Ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha kursdagi fark».
Ushbu hisobvaraqlar passiv bulib, ular oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha nominal qiymatdan yuqori bahoda olingan summalarni va ularning harakatini umumlashtirish uchun muljallangan.
Korxonada qo‘shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida vujudga kelishi mumkin:
emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yukori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishida;
kursdagi farkni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar ustav kapitalini shakllantirish paytida.
Amaldagi qonunchilikka binoan korxonada rezerv kapitali tashkil etiladi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 15 foizidan kam bo‘lmasligi kerak Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o‘tkazish yuli bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguncha tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona kurgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun dividend to‘lash, aksiyadorlar talabiga ko‘ra aksiyalarni kayta sotib olish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv kapitali hisobvaraqlari Uzoq muddatli aktivlarni kdyta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo‘ljallangan.
Rezerv kapitali hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi: 8510-«Aktivlarni kayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»; 8520-«Rezerv kapitali»; 8530-«Beg‘araz olingan mol-mulk».
8510-«Aktivlarni kayta baholash bo‘yicha to‘zatishlar» hisobvarag‘i kayta baholash natijasida aktivlar qiymatining oshishini hisobga oladi.
4. Taqsimlanmagan foyda va dividendlar hisobi Taksimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo‘jalik yurituvchi subyekt
ixtiyorida koladigan sof foyda (foydaning bir qismi)dir. Taqsimlanmagan foyda
(koplanmagan zarar)ni hisobga olishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalaniladi:
8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)» hisobvarag‘ida
korxona faoliyatining butun hisobot yilidagi taksimlanmagan foydasi (koplanmagan
zarari) hisobga olib boriladi.
8720-«Jamgarilgan foyda (koplanmagan zarar)» hisobvarag‘ida korxonaning butun faoliyati davomidagi zarar, dividendlar bo‘yicha to‘lovlar hamda ustav kapitaliga kayta
investitsiyalangan foydani chegirgan holda sof foyda summasini ifodalovchi jamlangan foyda hisobga olib boriladi.Hisobot davridagi sof foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi va u quyidagicha ~provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 8710-«Hisobot davridagi taksimlanmagan foyda qkoplanmagan zarar)».
Bizga ma’lumki, korxona sof foydasidan aksiyadorlarga dividend to‘lanadi. Korxonada dividendlar hisobi va ta’sischilar oldidagi boshqa majburiyatlarni hisobga elish uchun quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish ko‘zda tutilgan:
6610-«To‘lov uchun dividendlar» hisobvarag‘i;
b620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha qarzlar» hisobvarag‘i.Bu hisobvaraqlar passiv hisoblanadi va ular bo‘yicha saldo faqat kredit tomonda bo‘ladi. Ushbu hisobvaraqlar krediti bo‘yicha oborotlar hisoblangan dividendlarni yoki chiqib ketayotgan muassislarning ulushiga doir majburiyatlarni, debeti bo‘yicha oborotlar esa dividendlar to‘lovi hamda muassislar oldidagi qarzlarning qoplanishini ifodalaydi.
Dividendlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taksimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)»
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar».
Dividendlardan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliq to‘lov manbaida bo‘ladi:
D-t 6610-«To‘lov uchun divideidlar»
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar».
Soliq summasi byudjetga o‘tkazilganida:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar». K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Kassadan dividendlar to‘langanida: D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar» K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari».
Agarda muassis chiqib ketayotgan bo‘lsa, u holda jamiyatning muassislar oldidagi qarzlari quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 8310, 8320, 8330-U stav kapitalini xo‘isobga olish hisobvaraqlari
K-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha qarzlar».To‘lov paytida:
D-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha qarzlar»
K-t 5110, 5010-Pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Hisobot yilidagi taksimlanmagan foyda (zarar) summasi dividendlar hisoblanganidan so‘ng
8720-«Jamgarilgan foyda (koplanmagan zarar)» hisobvarag‘iga hisoblab o‘tkaziladi.
Foyda olingan holatda:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)»
K-t 8720-«Jamg‘arilgan foyda (koplanmagan zarar)».
Zarar ko‘rilganda:
D-t 8720-«Jamgarilgan foyda (koplanmagan zarar)»
K-t 8710-«>o‘isobot davridagi taksimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)».
Aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlar va barcha qoldiqlar to‘langandan keyin korxonada koladigan foydaning bir qismi dividend hisoblanadi. Odatda, dividendlar hisobot yili yakunlari bo‘yicha hisoblanadi. Biroq AJlari har chorakda va yarim yilda bir marta, agar bu jamiyat ustavida taqiqlanmagan bo‘lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Yillik dividendlarni to‘lash sanasi AJ ustavida yoki aksiyadorlar yigilishi qarori bilan belgilanadi.Korxona rahbariyati tomonidan dividendlarni to‘lash e’lon kylinganidan sung, agar ular kelasi yil uchun to‘lanadigan bo‘lsa, joriy majburiyatlar sifatida hisobda aks ettiriladi. AJ quyidagi hollarda dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga
haqli emas:
jamiyatning ustav kapitali to‘lik to‘languniga qadar;
agar dividendlarni to‘lash paytida u bankrotlik belgilariga javob bersa yoki jamiyatda
dividendlarni to‘lash natijasida bankrotlik alomatlari paydo bo‘lsa;
agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va rezerv kapitali summalaridan
kam bo‘lsa.
Dividendlar, nafaqat, pul mablag‘lari, balki aksiyalar bilan ham to‘lanishi mumkin.Aksiyalar ko‘rinishidagi dividendlar «kapitallashtirish»da taksimlanmagan foyda sifatida ifodalanuvchi, aksiyadorlar uchun qo‘shimcha aksiyalar chiqarishdir.
Aksiyalar bilan dividendlar tulanganida AJning majburiyatlari yoki aktivlarida o‘zgarish yuz bermaydi, chunki dividendlar pul mablag‘lari kurinishida to‘lanadigan holatdagi kabi korxona mablag‘lari taqsimlanmaydi. Ya’ni dividendlar aksiyalar bilan tulanganida xususiy kapital hajmi o‘zgarmaydi, faqat uning tuzilmasi o‘zgaradi. Bundan tashqari, aksiyalar ko‘rinishida olingan dividendlar jismoniy shaxslarda soliada tortishdan ozod qilinadi. Dividendlar, shuningdek natura kurinishida ham berilishi mumkin. Misol. 200 ming sumlik summadagi dividendlarni tannarxi 160 ming so‘mga teng bo‘lgan tayyor mahsulot bilan to‘lashga qaror kilindi. Aksiyadorlarga tayyor mahsulot dividend sifatida berilganida ham KQS hisoblanadi. QQS to‘lovchisi bo‘lgan korxona esa mahsulot sotilishi bo‘yicha oborotdan ham QQS hisoblashishi kerak
Dividendlar hisoblab yozildi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»*-200 ming sum
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming sum.
QQS bilan mahsulot sotilishi aks ettirilgan:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming sum
K-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming sum o‘ K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»-33,4 ming sum. Tayyor mahsulot tannarxi hisobdan chiqarildi:
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-160 ming sum _-. K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»-160 ming sum.
Mazkur holatda ham 15%lik stavka bo‘yicha dividenddan soliq hisoblanadi va aksiyadorlar bu summani korxona kassasiga to‘laydilar.
Dividendlar dan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliq to‘lov manbaida bo‘ladi:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-30 ming sum
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»-30 ming sum.
Aksiyadorlarga natura holida dividend berish natijasida moliyaviy natija aniqlandi:
D-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming sum
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-166,6 ming sum
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-160 ming sum
K-t9110-«Sotilganmahsulotningtannarxi»-160mingsum.
9900-Hisobvaraqdagi saldo ushbu tadbirdagi foyda (zarar)ni ko‘rsatdi. Ushbu holatda 9900-hisobvaraq bo‘yicha kredit saldosi korxona tomonidan bu tadbirda olingan 6,6 ming sum summadagi foydani aks ettiradi va korxona bu summadan soliq to‘lashi lozim.