III. Yangi mavzu bayoni: Bugungi mavzumiz musiqa cholg`ulari haqida. Hozir biz siz bilan fortepiano cholg`usida A.Gurilyovning,,Polka- mazurka, rubob cholg`usida o`zbek xalq kuylaridan “Tanovar” kuyini, nay cholg`usida “Ey sabo” kuylarining sehrli tovushlariga quloq solamiz. Musiqa yangragach o`quvchilar cholg`ularning sehrli tovushlari haqida o`zlarinig taassurotlarini so`zlashadi. O`qituvchi o`quvchilarga turli; dutor, chang, g`ijjak, karnay, skripka, gitara, truba, baraban kabi cholg`ularning rasmlarini ko`rsatib ular bilan tanishtiradi.Qanday ushlab, nima yordamida chalinishini, qaybiri o`zimizning milliy cholg`ularimiz ekanligi haqida aytib o`tadi.
Darhaqiqat qo`shiq jon madori - ruh ozigidir. Biz bugun sizlar bilan “O`ynaylik’’ qo`shig`ini o`rganamiz.Qo`shig`imiz yoqimli tovush chiqaruvchi dutor cholg`usi haqida.Qo`shiq o`qituvchi tomonidan ifodali o`qib,kuylab beriladi, o`quvchilar esa qo`shiq mazmunini so`zlashadi.Qoshiq musiqasi o`qituvchi tomonidan fortepianoda chalinadi. Qo`shiq avval she`rday yodlanadi,so`ngra musiqa jo`rligida qatorma - qator kuylanadi.
O`qituvchi; Endi esa o`quvchilar doira usullaridan tinglaysiz va jo`r bo`lasiz Buning uchun sizga ikkita qalam yoki ( qoshiq) kerak bo`ladi.Bunda siz men chalayotgan usullarni takrorlaysiz,men chalsam siz tinglaysiz,siz chalsangiz men tinglayman.Men ishora qilganimda birgalikda chalamiz.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
O`qituvchi: Mana bugun siz bilan musiqa cholqularining ayrimlari bilan tanishdik. Dunyoda turli xalq, millatlar bor. Millatlarning esa o`z cholg`ulari, o`z madaniyati mavjud. Biz mana shu millatlar madaniyatini, cholg`ularini hurmat qilishni,cholg`u asboblarini ardoqlashni o`rganishimiz kerak. Bejizga aytilmagan.,,San`at- chegara bilmas! Men hozir sizlarga ba`zi cholg`ularimiz haqida topishmoqlar beraman. ,, Topgan topaloq’’mashqi. Topishmoqlar:
O`zi uzun tut cho`pdan
Qulog`i bor naq beshta
Uni olib chalsang gar,
Tilga kirar bulbulday. (Rubob.)
Torlari bor ikkita
Tovishlari yoqimli
Uni ko`rsangiz agar
O`xshatasiz cho`michga (dutor.)
Usti do`mboq, o`xshar qovoqqa
Qo`rqib turar qiltiriq cho`pdan.
Egizak, og`a –iniday,
Yashay olmas bir – birisiz ham (Qo’sh nog’ora)
O`quvchilar topishmoqlarning nomlarinigina emas, balki ularning qanday chalinishini ham ko`rsatib berishadi. So`ngra esa slayddagi musiqa cholg`ularidan o`zimizning milliy cholg`ularni alohida, yevropa musiqa cholg`u asboblarini alohida ajratib mustaqil yozishadi.
V. Baholash. O`quvchilar dars mobaynida rag`bat kartochkalari bilan baholab,rag`batlantirib boriladi.
VI. Uyga vazifa. Musiqa cholg`ularidan chizib kelish, o`rganilgan qo`shiqning davomini yod olish.
E`tiboringiz uchun rahmat!
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.2-sinf musiqa fani darsligi
2.Ziyonet,internet.
Do'stlaringiz bilan baham: |