Mavzu: Xristianlikning vujudga kelishi mavzusini o‘qitishda tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirish usullari


II-BOB. Xristianlik dini paydo bo‘lgan davr mavzusini yoritishda interfaol metodlardan foydalanish



Download 86,19 Kb.
bet5/6
Sana29.06.2021
Hajmi86,19 Kb.
#104612
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi tayyor

II-BOB. Xristianlik dini paydo bo‘lgan davr mavzusini yoritishda interfaol metodlardan foydalanish

2.1 Interfaol metodlardan foydalanish va ularni dars samaradorligini oshirishdagi o‘rni

Istiqlolni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Respublikasi barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’im sohasida ham isloxatlar o‘tkazilib o‘quv jarayonida tubdan o‘zgarishlar ro‘y berdi.Ta’limni islox qilishga ”Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, Davlat ta’lim standarti, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va yangi pedagogik texnologiyalar yutuqlari tamal toshini qo‘ydi.

Zamonaviy ta’lim – tarbiya berish, pedagoglarning faoliyatini ham zamonaviylashtirishini asosiy omil qilib belgiladi. Endigi yosh avlodni shu omil asosida, yuqori darajada fikrlaydigan, zamonaviy talablarga javob beradigan darajada ta’lim berish va tarbiyalashimiz lozim.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratiQ xuquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdeQ ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlantirishning yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jahon xamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu maqsadlarning ijobiy natijasiga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarni puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini xosil qilish, ma’naviy – axloqiy sifatlarini shakllantirish borasidagi ta’limiy – tarbiyaviy ishlarni samarali tashqil etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jaxonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy – madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining rivojlvngan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir. O‘zbekiston Resp ublikasining birinchi PrezidentiI.A.Karimov ta’kidlaganidek “Bugungi kunda hayotimizni kompyuter texnikasi, axborot texnologiyalari, internet, mobil telefon aloqasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.”

Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talaba (yoki o‘quvchi)larni faqat tayyor bilimlarni egalashga o‘rgatib kelingan edi. Bunday usul talaba (yoki o‘quvchi)larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so‘ndirar edi.Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (inovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talaba (yoki o‘quvchi)lar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni xam o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchiliQ yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi.

Pedagog – olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida

Nega o‘qitamiz? Nimani o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz? Savollariga javob izlash bilan bir qatorda Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? – degan savoliga xam javob qidirdilar.

Bu esa, olim va amaliyotchilarni o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o‘qitishni ishlab-chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan Texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi.Bunday fikrning tug‘ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi.

Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga aloxida e’tibor berilayotganining asosiy sababi quydagilardir:

Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayorlash milliy dasturi»da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga aloxida e’tibor qaratilgan.

Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvni keng joriy etish imkoniyatini beradi.

Uchinchidan, pedagogik texnologiya bo‘lajak o‘qituvchini talim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini to‘zish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan Texnologik zanjirni oldindan loyhalashtirib olishga undaydi.

To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi «Kadrlar tayorlash milliy dasturi» talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi.

O‘quv - tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘kituvchining bu jarayonda asosiy tashqilotchi yoki maslaxatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talaba (yoki o‘quvchi)dan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.

Har qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiy harakterdan kelib chiqqan xolda, talaba (yoki o‘quvchi)ni kim o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq.

Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim xayotiy yutuq va muammolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtaiy nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.

Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarni o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabo‘l qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak

Shuning uchun ham, ta’lim muasasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari – interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va axamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talaba (yoki o‘quvchi)larni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydilar.

Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o‘rganayotgan ba’zi o‘qituvchilar,tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya – faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayonda qo‘llanishi zarur bo‘lgan o‘qitishning texnik vositalari, kompyuter, masofali o‘qish yoki turli xil texnik vositalar. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi –o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi)ning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga xamkrolikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalarigan bog‘liq. O‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafoatlangan natijaga erishishda qo‘laniladigan xar bir ta’lim texnologiyasi o‘qiuvchi va talaba (yoki o‘quvchi) o‘rtasida xamkorlik faoliyatini tashqil eta olsa, xar ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa,o‘quv jarayonida talaba (yoki o‘quvchi)lar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib,taxlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruxga, gurux esa ularga baxo bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu – o‘qitish jarayonining asosi xisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor. O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u talaba (yoki o‘quvchi)ning extiyojidan kelib chiqqan xolda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan puxta loyxalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Pedagogik maqsadning amalga oshish va kafolatlangan natijaga erishish o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi)ning xamkorlikdagi faoliyati, ular qo‘ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vosita, ya’ni texnologiyaga bog‘liq.O‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi)ning maqsaddan natijaga erishishda qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki xar ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo‘lib, bunda talaba (yoki o‘quvchi)larning bilim saviyasi, gurux xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki,kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki fil’m (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar ) kerak bo‘lar. Bo‘larning xammasi o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi)larga bog‘liq.

Shu bilan birga o‘quv jarayonini oldindan loyxalashtirish zarur. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, talaba (yoki o‘quvchi)larning imkoniyati va ehtiyojini va hamkorlikdagi faoliyatini tashqil eta olishini hisobga olishi kerak Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin.

O‘qituvchi tomonidan xar bir darsni yaxlit xolatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo‘lajak dars jarayonini loyxalashtirib olish kerak Bunda o‘qituvchi uchun bo‘lajak darsni Texnologik xaritasini to‘zib olish katta axamiyatga egadir, chunki darsning Texnologik xaritasi har bir mavzu, xar bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, talaba (yoki o‘quvchi)larning imkoniyati va extiyojidan kelib chiqqan xolda to‘ziladi.

Texnologik xaritani to‘zish oson ish emas, chunki buning uchun o‘qituvchi pedagogika, psixalogiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi, shuningdeQ juda ko‘p uslub va usullarni bilish kerak Xar bir darsning rang-barang, qiziqarli bo‘lishi avvalo puxta o‘ylab to‘zulgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq.

Darsning Texnologik xaritasini qay ko‘rinish (yoki shakl)da to‘zish, bu o‘qituvchining tajribasi, qo‘ygan maqsadi va ixtiyoriga bog‘liq. Texnologik xarita qanday to‘zilgan bo‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit xolda aks etgan bo‘lishi xamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashqil etishning texnologiyasi to‘liq o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak Texnologik xaritaning to‘zilishi o‘qituvchini darsni kengaytirilgan kanspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining xamda o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi) faoliyatining barcha qirralari o‘z aksini topadi.Quyida dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qoidalari va fazalliklari shuningdek dars samaradorligini oshirishi borasidagi fikrlarimizni bayon etamiz. Masalan.Kichik guruhlarda ishlash qoidasiv1. O‘quvchilar ishni bajarish uchun zarur bilim va malakalarga ega bo‘lmog‘i lozim.v2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog‘i lozim.v3. Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi. 4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tayziqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur. 5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o‘qituvchi ularga yo‘riqnoma berishi lozim. 6. Nima bo‘lganda ham muloqotda bo‘ling, o‘z fikringizni erkin namoyon eting.

“Qora quti” texnologiyasi. Bu texnologiya asosida yechiladigan masalalar aniq vaziyatni taxlil qilishi orqali amalga oshiriladi. Taxlil davomida ishtirokchilar bevosita kamchiliklarga duch keladi va kamchiliklar sababi yo‘l yo‘lakay aniqlanadi. Bunda o‘quvchilarning ijodiy tashabuskorliklari rivojlantiriladi. “Qora quti” texnologiyasi “Turkistonda sovet hokimiyatinng o‘rnatilishi.Turkiston muxtoriyati ” mavzusida foydalanishi mumkin. Bunda taxlil uchun ikki guruxga ikki savol beriladi.

1. Nima uchun Iso payg‘ambarning da'vati ko'pchilik hukmdorlarga yoqmas edi?

2.Nima uchun Milodning IV asridan boshlab xristianlik cherkovi oliy tabaqa ruhoniylarni vaqti-vaqti bilan Butun Olam Soborlariga yig‘ib turadi?

Bu savollarga javob topishda o‘quvchilar baxs munozara olib boradilar, o‘quvchilar yuzaga kelgan muammolarni dars jarayonida o‘qituvchi bilan birgalikda xal qiladilar.

Dars jarayonida samaradorlikga erishish maqsadida ayniqsa O‘zbekiston tarixi darslarida quyidagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

“6-6 texnologiyasi”“6-6 texnologiyasi” Olti kishidan kam bo‘lmagan gurux olti minut davomida gurux oldida turgan muammolarni yechishga yordam beradigan aniq g‘oyani shakllantirishga harakat qiladilar.

Muhokama jarayonida o‘ta xattoli qarashlar chiqarib tashlanada, munozarali masalalarga aniqlik kiritiladi, boshqa barcha aniqlangan xususiyatlar guruxlashtiriladi. Vazifa-bir necha muxim muqobillarni saralab olish, ishtirokchilar miqdoriga nisbatan kam bo‘lishi lozim.

“Sinektika” texnologiyasi Bu texnologiyalarni akademik litseylarda tarix darslarida qo‘llash mumkin, chunki “sinektika” texnologiyasi o‘quvchilarda aqil yuritish, moyilligi, baslarga kirishib keta olish, bog‘lanib qolishi xafi bo‘lgan g‘oyalardan o‘zoqlashish, boshqalar fikrini xurmat bilan tinglash, safdoshi bildirgan g‘oyalarga nisbatan chidamli bo‘lishi, odatdagilar ichidan g‘ayriodatiylarini, g‘ayriodatiylar ichidan odatdagilarni topish kabi sinektik fikirlashga bo‘lgan qobiliyatlarni shakllantiradi.

“Klaster” (tarmoqlar) texnologiyasi Bu texnologiya o‘quvchilarning u yoki bu mavzu bo‘yicha erkin va bemalol o‘ylashga yordam beradi. “Klaster” texnologiyasi O‘rta maxsus talim tizimi o‘quvchilariga qo‘llanishi mumkin. Bu texnologiya g‘oyalar orasidagi bog‘lanishlarni, fikirlashni talab qiladi va miya faoliyatini rivojlantiradi.

“Klaster” texnologiyasi quyidagicha amalga oshiriladi 1. O‘quvchi xushiga kelgan barcha fikrlarni yozib oladi. Bu fikrlari muhokama qilmaslik lozim, shunchaki yozib oladi. Xatni kechiktiradigan imlo va boshqa omillarga xam parvo qilmaslik kerak

3. Berilgan vaqit (4 minut) nihoyasiga yetmaguncha yozishdan to‘xtamaslik kerak O‘quvchi miyasiga fikr kelishidan to‘xtab qolsa to yangi fikr kelgunicha qog‘ozda nimalarnidir chizib o‘tirish lozim.

4. Imkon boricha, bog‘lanishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni tizib chiqish. “Kubiklar” texnologiyasi xam darslarda keng foydalanish mumkin. Xar tomonida 2 tadan 4 tagacha bo‘lgan savollar berilgan kubiklardan foydalaniladi. Kubikni – biror quticha olib, yoniga qog‘ozlar yopishtirish bilan yasash mumkin. O‘quvchilar guruh tarzida o‘tiradi va stolning o‘rtasiga kubiklar qo‘yiladi. Kubikning 6 ta tomoniga quyidagi ko‘rsatmalar yoziladi: buni tasvirlang buni tushuntiring, o‘qituvchilar o‘quvchilarni kubik to‘zishdan boshlab borib belgilangan mavzu bo‘yicha erkin yozma ishga (2-4 minut) qisqa vaqt beriladi.

Shunday ko‘rsatmalar bilan yo‘naltirilgan o‘quvchilar belgilangan vaqtda, ma’lum mavzu bo‘yicha erkin fikirlab, yozib, belgilab beradilar. O‘qituvchi o‘z fikirlarini aytadi. O‘z sherigi nima yozganini o‘qib beradi.

Shunday qilib bu pedagogik texnologiya o‘quvchilarni fikrlashdan g‘oyalar orasidagi farqlarni topishga harakat qiladi. Darslarda pedagogik texnologiya o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatini faollashtirishi va jadallashtirishi vositalariga ega bo‘ladi.

Darslarda pedagogik texnologiya o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatini faollashtirishi va jadallashtirishi vositalariga ega bo‘ladi. Bunday texnologiyalarga quydagilarni keltirsh mumkin:

Ta’lim tizimiga pedagoglarimiz ko‘proq o‘yinli texnologiyalarni tafsiya etadilar. O‘yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini o‘quvchilarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashqil etadi.

O‘yinli texnologiyalardan foydalanib dars o‘tish uchun xissiy ko‘tarinqilik ijodiy mexnat bo‘lishi kerak

“fikrlar hujumi”

Bu texnologiya katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni bir xil fikrlash inersiyasidan xoli qilishi, noto‘g‘ri fikrlarni yengib, to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi.

Bu texnologiya O.F.Osborn tomonidan kiritilgan. Texnologiya qoidasi talabalar 15 kishidan iborat bo‘lib, bir soat vaqt beriladi. Texnologiya tamoili-talabalar ishlab chiqqan g‘oyalar tanqidini ta'qiqlash, har qanday xazil taiqasidagi fikrni, luqmani rag‘batlantirishdir. “Fikrlar hujumi” texnologiyasi bob yakuniga bag‘ishlangan darslarda qo‘llaniladi.

Talabalar bob mavzulari bo‘yicha o‘z fikrlarini yozib boradi. So‘ng bir talaba o‘zining erkin fikrini bildiradi. Bu jarayon tartibini o‘qituvchi nazorat qilib borishi lozim. Dars yakunida barcha talabalar ham o‘z shaxsiy fikrlarini ham bildiradilar. Barcha talabalar o‘qituqchi tomonidan xolisona baxolanadilar. Shundagina talaba bilimiga yarasha rag‘bat oladi. Masalan tarix darslarida ushbu pedagogik texnologiyadan foydalanish taklif etiladi. “Kundalik to‘tish” texnologiyasi. Bu texnologiya talabalarni fikrini ochiq va aniq bildirishga, auditoriyada mavjud barcha fikrlarni o‘z qarashlari bilan solishtirib to‘g‘rilarini tanlab olishga yordam beradi. “Kundalik texnologiya”si qoidasi - 12 ta talabadan iborat bo‘ladi. 2 ta gurux 6 kishidan iborat bo‘lib, qarama-qarshi bo‘lgan stullarga o‘tirishadi. Guruxning har bir a’zosiga yon cho‘ntak daftarchasi tarqatiladi. Unga bir xaftalik o‘tilgan mavzulardagi muhokama qilinadigan mavzular bo‘yicha tug‘ilgan fikrlar qayd qilib boriladi. Barcha ishtirokchilarni yozib borgan fikrlari faollar tomonidan taxlil qilinib tayyorlangan material oxirgi muhokamaga olib chiqiladi.“Yalpi fikrlar hujumi.” Bu texnologiya J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan. U katta guruxlarda (20 tadan 60 tagacha) yangi g‘oyalar ishlab chiqish samaradorligini oshiradi. Barcha ishtirokchilar kichik-kichik 6-10 kishidan iborat guruxlarga bo‘ladi va har bir gurux o‘ziga berilgan ijodiy vazifa bo‘yicha 15 minut davomida mustaqil ravshda “fikrlar hujumi” o‘tkazadi. Shundan so‘ng har bir kichik gurux vaqili o‘z guruxlarida ishlab chiqilgan g‘oya xaqida axborot beradilar va o‘qituvchi raxbaligida jamoa bo‘lib unga baxo beradilar hamda ularning eng yaxshilarini tanlab olinadi. Demak bu texnologiya talabalani mustaqil o‘qishga, intilishga va shaxsiy fikrlarini rivojlantirishga yordam beradi. Talabalarning barchasi ijodiy mexnat qila olmaydi, begona shaxslar oldida ayniqsa boshqalar baxsga aralashib turganda g‘oyalar ishlab chiqara olmaydi, lekin ularning g‘oyalar ishlab chiqarishga uquvlvri bor, balki ular yolg‘izlikka va sokinlikka muhtoj bo‘ladilar. Shu tufayli G.S.Altshuller va uning maktabi tomonidan quyidagi metod ishlab chiqildi.

“Yashirin fikrlarning shiddatli hujumi” texnologiyasi. Bu texnologiya qoidasi-talabalar 20 ta kishidan iborat bo‘ladi. 2 ta g‘oyalar ishlab chiqaruvchi guruxcha: biri - odatdagi “fikrlarni shiddatli hujumi” davomida g‘oyani olg‘a suruvchilar; 2-yashirin, ya’ni ular birinchi guruxni muxokamlarida qatnashmaydilar, ulr uchun “yashirin xona” tashki etiladi va joylashtiriladi. Ular telemonitor vositasida 1-guruxning baxslarini ko‘zatadilar hamda yuzaga kelgan g‘oyalarni o‘z daftarlariga yozib boradilar va ularni ekspertlarga o‘zatadi.

Bu texnolgiya darsga barcha talabalarni qatnashishiga majbur qiladi. Biror bir talaba baxolanmay qolmaydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ta’lim tizimida o‘yinli tex’nalogiyalardan foydalanishda o‘qituvchi faqat bosh yo‘naltiruvchi bo‘ladi. Dars davomini esa o‘quvchilar davom etiradi. O‘quvchilardan xam katta bilim va faoliyat talab etiladi. Bunda ular bir-birini fikrini xurmat qilishni, baqirib chaqirib tartibni bo‘zmaslikni, dunyoqarashlarini kengaytiradi va mavzu bo‘yicha tegishli xulosa chiqarishni o‘rganadilar.

Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib kelmoqda. Ayniqsa bu xolni umumiy o‘rta va kasb xunar ta’lim tizimida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ta’lim doirasida natijani qo‘lga kiritish uchun zarur bo‘lgan vositalar tizimini rejalshtirish va tadbiq etishda pedaggik texnologiyalar asos bo‘lib xizmat qilmoqda

Ta’lim jarayonini zamonaviylashtirish va texnologiyalashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida devorni yo‘qotishga, o‘ituvchini zamonaviy bilimlarni chuqur egallashga, o‘quvchini xam dars jarayonida passiv bo‘lib qolmaslikka yordam beradi. Darslarda ta’limni takomillashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning o‘yinli texnologiyalari, yangi innteraktiv loyixalar, munozarali darslarni ko‘proq olib borish, o‘quv faoliyatini boshqarishning yangi shakllari talab qilinadi. Darslarda o‘quvchilarning yosh psixalogiyasi, fikrlash doirasi xisobga olingan xolda, pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi.

Demak xulosa qilib aytadigan bo‘lsak dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish bir tomondan o‘qituvchi faoliyat ishin,engillashtiradi, samarasini oshiradi. Dars jarayonida o‘qituvchi ishtirokini kamaytiradi, u faqat faol ko‘zatuvchi bo‘ladi. Oz vaqt – kam kuch sarflab katta natijalarga erishishini ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan munosabatini xam tubdan o‘zgartiradi. Birorta ham passiv o‘quvchi bo‘lmaydi, barchasi faol xarakat qiladilar. Biroq bir jixatni aloxida ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalardan o‘z o‘rnida foydalansagina, uning xar tomonlama maqsadga muvofiq amalga oshirishga zamin yaratiladi. Pedagogik inovatsion jarayonlar sifatli xolatga o‘tish yangilik kiritish ichki mantiq va yo‘nalishga ega bo‘lish yangilik g‘oyasi vujudga kelishidan uning foydalanila boshlanishigacha bo‘lgan xarakatlarni rivojlantirish xamda inovatsion jarayon ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat mantiqini ifodalaydi. Yangilik kiritish dinamik tizim bo‘lib ichki mantiq kabi vaqt davomida qonuniy rivojlanishni ifodalaydi. Shunday ekan o‘qituvchi kelajakda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishmog‘i yo‘lida tinmay izlanishi maxoratini oshirishi va o‘z kasbiga bo‘lgan fidoiyligini unutmasligi lozim. Shu bilan birga o‘qituvchi – kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisidir.

2.2. Xristianlikning vujudga kelishi mavzusining texnologik xaritasi




Download 86,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish