Ўзбекистондахристианлик Hozirgi kunda mamlakatimizda bir necha xris-tianlik oqimlari faoliyat olib boradi. Xris-tianlikning ham zardushtiylik, buddaviylik kabi O’rta Osiyo xalqlari tarixida o’ziga xos o’rni bor.
Bu din O’rta Osiyoga, xususan, O’zbekistonga ikki yo’l bilan kirib kelgan. Bu jarayon, birinchidan, xristianlikni targ’ib etuvchi missionerlarning targ’ibotchilik harakati orqali, ikkinchidan, O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e’tiqod qiluvchi aholining ushbu mintaqaga ko’plab ko’chib kelishi orqali amalga oshdi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar O’rta Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida kirib kelganlar. Masalan, 280 yilda Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo’lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik, missiyalar tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) yepiskoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo’lgan. Xurosonliklar va sug’diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddistlar bilan bir qatorda xristianlar ham bo’lganlar. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qarashli yerlarda yashaganlar.
Markaziy Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o’rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo’lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda provoslav metropoliyasi bo’lgan.
Provaslavie yo’nalishi O’zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O’rta Osiyo va Toshkent) yeparxiyasini ochishga qaror kilindi.
1880 yillarga kelib Rus pravoslav cherkovi (RPCH) o’zining yangi ibodatxonalari sonini ko’paytirishga harakat kildi. Bulardan eng ko’pi Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida qurildi.
1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug’i bilan Turkiston kafedral sobori Vernьsh Almatidan Toshkent shahriga ko’chirildi.
Ikkinchi jahon urushi va undan so’ng O’zbekistonga Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Moldova va Boltiqbo’yi mamlakatlaridan evakuatsiya qilingan millatlar xilma-xilligi ortib, pravoslaviega e’tiqod qiluvchi aholining soni taxminan 1 millionga yetdi.
1990 yil 20 iyuldan O’rta Osiyo va Toshkent yeparxiyasi yepiskop sifatida, so’ng 1991 yil 23 fevraldan e’tiboran, arxiepiskop Ikim Vasiliy Zaxarovich (ruhoniylik ismi Vladimir) rahbarligida boshqarib kelinmoqda. Uning tasarrufiga O’zbekistondan tashqari Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari kiradi. Rus pravoslav cherkovining O’rta Osiyo va Toshkent yeparxiyasi O’zbekistonning 11 ta hududiy tuzilmasida o’zining ibodatxonalari va markaziy boshqaruv organi hamda diniy o’quv yurtiga ega.
Xristianlikning O’zbekistonda tarqalgan oqimlaridan biri katolitsizmdir. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1912 yilda qurila boshlanib, 1917 yilda bitkazilgan. Hozirgi kunda bu bino tarixiy va ahamiyatga molik obida sifatida qayta ta’mirlanmoqda.
Vatikan davlati O’zbekistonning mustaqilligini 1992 yil 1 fevralda tan olib, shu yilning 17 oktyabr kuni ikki taraflama diplomatik aloqalar o’rnatildi. 1994 yil 31 oktyabrь kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Vatikan davlatining nuntsiy elchisi Marian Olesdan Ioann Pavel II ning ishonch yorlig’ini qabul qildi. SHundan so’ng Vatikanning Toshkentdagi elchixonasi rasman o’z ishini boshladi. M.Olesning qarorgohi Qozog’istonning sobiq poytaxti Almatida bo’lganligi sababli Toshkentdagi elchixona rahbarligini hozirgi vaqtga qadar K.Kukulka bajarib kelmokda.
O’zbekistonda tarqalgan xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri protestantizmdir. O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishganidan so’ng mahalliy koreys millatiga mansub shaxslar orasida protestantizm yo’nalishidagi diniy faoliyat jadallashdi. Ularning diniy e’tiqodi ajdodlari yurtiga qarindosh-urug’lari bilan diydor ko’rishish va boshqa maqsadlarda Janubiy Koreya, AQSH va boshqa rivojlangan davlatlarga borib kelishlari hisobiga ortdi. Mazkur oqimning Toshkentdagi birinchi jamoasi 1910 yilda tashkil etilib, bir yil ichida uning tarafdorlari 150 kishiga yetgan. Tashkilot 1912 yilda yashirin yig’ilishlar uyushtirganligi sababli tarqatib yuborilgan. 1917 yildan so’ng umumiy soni 450 kishilik tarafdori bilan Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand shahri va boshqa hududlarda faoliyat ko’rsata boshlagan. SHu davr ichida oqim tarafdorlari ko’payib, cherkov rahbarlari saylandi hamda tashkiliy ishlar amalga oshirildi.
Adventistlarning Janubi-SHarqiy ittifoqi tarkibida 1925 yili O’zbekistonda adventistlarning O’rta Osiyo boshqaruvi tashkil etildi. Uning birinchi qurultoyi 1926 yilda o’tkazilib, unda Butunittifoq adventistlar ittifoqi tarkibining beshinchi ittifoqi sifatida qayd etildi. 30-yillar oxiriga kelib dindorlar va ular katorida adventistlar jamoalari tarqatib yuborildi hamda ta’qib ostiga olinadigan bo’ldi. Barcha yo’nalishdagi jamoalar yashirin faoliyatga o’tib ketdi.
Ilk bor 1976 yil 26 avgust kuni Toshkentdagi adventistlar jamoasi davlat ro’yxatidan o’tdi. SHuningdek, adventistlarning Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda norasmiy jamoalari tuzila boshladi.
Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, 1967 yil Toshkentda V.A.SHelkov boshchiligidagi adventist-islohotchilar paydo bo’lgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, ularning faoliyati hozirgi davrga qadar davom etib kelmoqda. Adventistlar Respublikaning besh hududiy tuzilmasida 9 ta cherkoviga ega.
O’zbekistonda tarqalgan baptistik Turkiston o’lkalarida ilk baptistlar jamoasi 1891 yillarda paydo bo’ldi. Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 1909 yil 2 iyulda 60 kishilik baptist jamoalari uchun ibodat uyi ochishga ruxsat berildi. 1911 yil oktyabr oyida Samarqand jamoasi tuzildi.
1921 yildan e’tiboran Turkiston baptistlari orasida birlashish maqsadida boshqaruv organini saylash uchun harakat boshlandi. Ushbu boshqaruv organi 1922 yilda Toshkent baptistlar quriltoyida O’rta Osiyo baptistlar ittifoqi, so’ng Umumrossiya ittifoqi tarkibida Turkiston bo’limi tuzildi.
1946 yildan O’zbekiston xududida Yevangel xristian-baptistlar (EXB) jamoasi sifatida qayd etildi, 1948 yil oktyabr oyidan esa Butunittifoq YeXB kengashining O’zbekistondagi vakili etib T.Penьkov tayinlandi. 30-yillarga kelib baptistlarning 6 jamoasi rasman qayd etildi. 1958 yilga kelib O’zbekistonda baptistlar soni ikki ming kishini tashkil etdi. SHu davr ichida norasmiy 32 ta jamoa faoliyat ko’rsatgan.
1964 yilda bu jamoalar norasmiy O’rta Osiyo Yevangel xristian baptistlar cherkovlari kengashi markazini tuzdilar, keyinchalik «Osiyo janubi bo’yicha baptist birodarlar kengashi» deb nomlandi. 1992 yil noyabrь oyida Moskvada baptistlarning bo’lib o’tgan 1-qurultoyida Yevangel xristian baptistlar ittifoqi federatsiyasi Yevro-Osiyo YeXB ittifoqi nomiga o’zgartirildi. YeXBICH respublikaning 8 ta xududiy tuzilmasida o’zining cherkovlariga hamda markaziy boshqaruv organiga ega.
O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan To’liq Injil xristianlarining (Pyatidesyatniklik) asrimiz 20-yillari oxirlarida Toshkent shahrida birinchi jamoalari tuzildi.
Respublikamizda mavjud bo’lgan Lyuterchilik - lyuterchilar cherkovlari tomonidan e’tirof qilingan ta’limotdir. U protestantizmdagi eng yirik yo’nalishlardan biri xisoblanib, tarafdorlari taxminan 75 million kishini tashkil etadi. Lyuterchilar diniy ta’limoti XVI asrda Yevropa Reformatsiyasida M.Lyuter va uning tarafdorlari, birinchi navbatda, Melanxtonning kuch-g’ayrati bilan qaror topdi.
1989 yildan e’tiboran Rossiya, Ukraina, Qozog’icton va O’rta Osiyodagi Yevangel lyuterchilar cherkovi tarkibiga birlashtirilib qayd etildi. Hozirgi vaqtga qadar uning rahbari Georg Fridrix Karl Krechmar hisoblanadi. Lyuterchilarning oliy huquqiy organi Bosh sinoddir.
Mazkur cherkov MDH mamlakatlarida 5 yeparxiyaga bo’lingan bo’lib, uning markazlari Moskva, Omsk, Odessa, Almati hamda Toshkentda joylashgan.
Evangel-lyuterchilar O’zbekiston xududida 1877 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Lyuterchilar ibodatlarini rasman 1884 yildan amalga oshirganlar. 1890 yildan arxitektor A.L.Benua rahbarligida boshlangan cherkov qurilish ishlari 1896 yilning dekabr oyiga kelib bitkazildi.
O’zbekistonda yana bir cherkov Novoapostollik cherkovi bo’lib, u xristian dinining protestantlik yo’nalishiga mansub oqimdir. Novoapostol cherkovi O’zbekistondagi faoliyatini 1992 yildan boshlagan bo’lib, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Navoiy shaharlarida ro’yxatdan o’tgan. O’zbekistondagi Novoapostol cherkovlari Berlin-Brandenburg shahri okrugi tasarrufidadir, uning apostoli prezidenti Frits SHreder.
O’zbekistonda «Iegova shohidlari» protestant yo’nalishidagi diniy tashkilot ham faoliyat yuritmoqda. Mazkur diniy sektaga 1870 yilda amerikalik ishbilarmon CH.T.Rasselь tomonidan asos solingan. Sektaning markazi Bruklin shahri AKIOda joylashgan va 15 a’zodan iborat bo’lgan «Rahbar korporatsiyagagina» bo’ysunadilar.
Ayrim manbalar O’rta Osiyoda Iegova shohidlarining XX asrning 40-yillapida paydo bo’lganligini bildiradi. O’sha davrda ular o’zlarini «kanalistlar» deb atab kelganlar.
Iegova shohidlari nomi sifatida O’zbekistonda 1994 yildan Toshkent hamda Farg’ona viloyatlarida rasmiy ro’yxatdan o’tdi. 1998 yil yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun qabul qilinganidan so’ng qayta ro’yxatdan o’tish uchun respublikaning 3 ta hududiy tuzilmasidagi tashkilotlari hujjatlarini joylardagi adliya bo’limlariga topshirgan.
O’tilgan mavzu bo’yicha savollar:
Dinlar insoniyat uchun zarurmi? Fikringizni bayon qiling.
Din-jamiyat-inson-vazifa-burch so’zlari sizga mas’uliyat yuklaydimi?
Xristianlik birinchi bo’lib qaysi davrda va qaerda tarqaldi?
Xristianlikning asosiy aqidasi qanday?
Xristian cherkovi qanday bayramlarga e’tibor qaratgan? Sababini tushuntirib bera olasizmi?
Xristian cherkovidagi oqimlarni sanab bering. Qaysi oqimda aholi ko’pchilikni tashkil etadi?
Xristianlikning muqaddas kitobi qaysi?
Iisus Xristos shaxsi haqida nimalar bilasiz?
Hozirgi paytda xristianlikning asosiy markazlari qaerda?