Mavzu: Xorijiy davlatlarda mavjud kredit turlari Reja


Yaponiyada kreditlash shakllarining tasniflanishi. (4-jadval)



Download 78,99 Kb.
bet9/9
Sana24.09.2021
Hajmi78,99 Kb.
#184253
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xorijiy kredit turlari

Yaponiyada kreditlash shakllarining tasniflanishi. (4-jadval)

Jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, Yaponiya banklari tomonidan aksariyat kreditlar qarz majburiyatlari va veksellarni garovga olish orqali beriladi va ular muddati jihatdan ham farq qiladi va bu kunchiqar mamlakat banklari kreditlash amaliyotining o‘ziga xos jihatlari hisoblanadi.




  1. Xorij tajribasi asosida O’zbekiston Respublikasining tijorat banklarida kreditlash jarayonini takomillashtirish masalalari.

Hozirgi kunda mamlakatimiz tijorat banklarida mijozlar uchun ko’plab kredit turlari taqdim etilmoqda. Tijorat banklari amalyoti yildan yilga rivojlangan mamlakatlar bank tizimiga moslashib bormoqda. Hozirda tijorat banklari mijoz larga yuqorida sanalgan kredit shakllarining aksariyat qismini taklif etmoqda. Lekin, tijorat banklari kreditning zamonaviy shakllarini taklif etmayapti bu esa tijorat banklarining rivojlanish darajasini pasaytirmoqda.

Bizning bank amaliyotimizda ushbu kreditning overdraft shakli mavjud va u yaqinda 2017-yil 10-iyunda Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan amalga oshiriladi. Mazkur nuzomga muvofiq overdraft kreditining eng kam miqdori eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdori etib belgilandi va hosirda tijorat banklari tomonidan mijozlarga taqdim etilmoqda.

Ko‘rinib turganidek hozircha tijorat banklari overdraft kreditini faqat jismoniy shaxslarga taqdim etmoqdalar.

Mamlakatimizda faktoring kreditida foydalaniladi. Faktoring kreditining huquqiy asoslari yaratilgan ular: “Fuqarolik kodeksi”ning 313-323, 749-758 moddalari va Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligidan 2000-yil 3-avgustda 953-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi hisoblanadi. Hozirda banklarimiz faktoring kreditini taqdim etmoqda. Buni Asaka bank misolida ko’rishimiz mumkin.

Faktoring – xo’jalik yurituvchi-yetkazib beruvchi sub’yektlar faoliyatini moliyalashtirish xizmati, evaziga moliyaviy agent-bank foydasiga yetkazib berilgan mol, taqdim etilgan xizmat va bajarilgan ishlar uchun aktsept qilingan, ammo to’lovchi tomonidan amalga oshirilmagan to’lovlarni olish huquqi o’tadi.

«Asaka» bank faktoring xizmatini erkin ayirboshlanadigan valuta hamda milliy valuta – so’mda taqdim etadi.

Faktoring xizmatini erkin ayirboshlanadigan valuta 60 kungacha bo’lgan muddatga, milliy valuta esa, 90 kungacha bo’lgan muddatga taqdim etiladi.

Tomonlar faktoring shartnomasini imzolagandan so’ng, bank mablag’larni xo’jalik yurituvchi sub’yektning talab qilguncha asosiy depozit hisob raqamiga o’tkazadi, mablag’ miqdori shartnomada belgilanadi, ammo xo’jalik yurituvchi sub’yektning to’lov talabnomasida ko’rsatilgan miqdorning 80% dan ortiq bo’lishi mumkin emas.

To’lovning qolgan qismi to’lovchidan mablag’ tushgandan so’ng bank tomonidan amalga oshiriladi.

Shartnoma tuzish uchin mijoz-yetkazib beruvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:



  • Tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va to’lovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlar bajarish yoki xizmat ko’rsatish to’g’risida shartnoma

  • Moddiy boyliklar yetkazib berilganini, ish bajarilganini yoki xizmat ko’rsatilganini tadiqlovchi hujjatlar (mol-transport yuk xatlari, ishonchnoma nusxalari, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalari va hokazo)

  • To’lovchiga taqdim etilgan to’lov talabnomasining nusxasi va to’lovchining ushbu talabnoma boyicha to’lov qilishga roziligi (aktsept)

  • Oxirgi hisobot sanasiga tuzilgan buxgalteriya balansi, unda debitor va kreditor qarzdorligi oshilgan va muddati o’tgan debitor qarzdorlikning butin miqdori bo’yicha solishtirish dalolatnomalari ilova qilingan bo’lishi kerak.

  • Foyda va ziyonlar hisoboti

  • Boshqa kreditorlardan qarzga olinishi mumkin bo’lgan mablag’lar hamda boshqa banklarda saqlanayotgan erkin mablag’lar mavjudligi to’g’risida ma’lumotnoma

  • Boshqa banklarda ochilgan hisob raqamlar ro’yxati.

O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan sindikatsiyali kreditlashni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yil 16-iyuldagi 613-sonli “Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sindikatsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005-yil 20-avgustda 1509-raqam bilan ro‘yxatga olingan.

O’zbekiston Respublikasi bank sohasini rivojlantirish bo’yicha mamlakatimizda ko’plab qarorlar va farmonlar qabul qilindi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev bank sohasini zamonaviy bank amalyotiga moslashtirishva pul kredit tizimini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. 2017-yil 12-senyabrda “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3270-son qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5177-sonli farmoni, shuningdek, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, bank tavakkalchiligini baholashni takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning zamonaviy tamoyillari hamda mexanizmlarini joriy etish maqsadida:



2017-yilning 1-oktabridan ustav kapitalining (fondining) minimal miqdori yangi tashkil etiladigan:

  • tijorat banklariga — 100,0 mlrd.so‘m;

  • mikrokredit tashkilotlariga — 2,0 mlrd. so‘m;

lombardlarga — 500 mln.so‘m etib belgilansin.

1 http://www.worldbank.org

2 http://www.fci.org

3 http://www.worldbank.org

Download 78,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish